Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Induksiya metodlari barcha ko‘rsatkichlarning alohida omillarga nisba-

tan o‘zgarishidagi ta’sirchanlikni kompleks baholash uchun qo‘llaniladi. 

Deduksiya  yordamida  tadqiq  etilayotgan  natijaviy  ko‘rsatkichni  shakl-

lantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi. 

Bilishning  dialektik  metodiga  muvofiq  har  bir  jarayon,  har  bir 

iqtisodiy hodisani tizim va tizimga o‘zaro bog‘liq elementlar  majmuasi 

sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bularning har biri uning rivojlanishi uchun 

munosib  hissa  qo‘shadi.  Tizim  elementlaridan  biriga  ichki  yoki  tashqi 

tavsifidagi  ixtiyoriy  ta’sir  uning  boshqa  elementlarida  ham  o‘z  aksini 

topadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati 

kelib  chiqadi,  bu  tadqiqot  metodologiyasining  yo‘nalishlaridan  biri 

hisoblanadi.  Tizimli  yondashuv  tahlil  obyektini  chuqur  o‘rganishga,  u 

haqda  yanada  to‘liq  va  yaxlit  tasavvur  olishga,  bu  obyektning  alohida 

qismlari o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi. 

Tizimli  yondashuvning  asosiy  xususiyati  –  dinamizm,  o‘zaro 

ta’sir,  o‘zaro  bog‘liqlik,  tizim  elementlarining  o‘zaro  aloqasi,  komp-

lekslilik, yaxlitlilik, tobelik, yetakchi bo‘g‘in ajratilishi kabilardir. 



 

52

Tizimli yondashuv elementlari o‘rganilayotgan hodisalar va jara-



yonlarning  maksimal  detallashtirish  (xususiy  tahlil)  va  ularning  tizim-

lashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarki-

biy  qismlarga  ajratish)  o‘rganilayotgan  obyektda  yanada  jiddiy  va  aso-

siysini aniqlash uchun zarur bo‘lgan darajada olib boriladi. U obyekt va 

tahlil maqsadiga bog‘liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo‘lib, 

analitikdan  iqtisodiy  hodisalar  mohiyati,  shuningdek,  ularning  rivoj-

lanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi. 

Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o‘zaro aloqadorligi va 

o‘zaro  ta’sirini  o‘rganish  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  asosiy  kompo-

nentlarni,  funksiyalarni,  tizim  elementlari  tobeligini  aniqlashga, 

o‘rganilayotgan  obyekt  (tizim)  ning  taxminiy  tuzilishli-mantiqiy  tahlil 

modelini  tuzishga  imkon  beradi.  Grafik  jihatdan  u,  odatda,  rasm  ko‘ri-

nishida  taqdim  etiladi,  bu  yerda  har  bir  elementga  muayyan  blok  mos 

keladi.  Alohida  bloklar  o‘zaro  strelkalar  bilan  bog‘liq,  ular  ichki  va 

tashqi  tizim  aloqalari  mavjudligi  va  yo‘nalishini  ko‘rsatadi.  tuzilishli-

mantiqiy  chizmalar  asosida  matematik  bog‘liqlik  shakllari  belgilanadi, 

tizimning  elementlari  o‘zaro  aloqa  o‘rtasidagi  tavsiflovchi  matematik 

modellar  tuziladi,  ularning  parametrlari  aniqlanadi.  Tizimlashtirish 

tahlildagi o‘ta mas’uliyatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omil-

larni tasodifiylaridan ajratish, ko‘plab o‘rganilayotgan omillarning to‘p-

lamidan faoliyat natijalari bog‘liq bo‘lgan asosiylarini aniqlash zarur. 

Iqtisodiy  tahlilning  yuqorida  qayd  qilingan  tomonlar  bilan 

bevosita  shartlangan  muhim  metodologik  jihati,  korxonaning  xo‘jalik 

faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini 

kompleks,  tizimli  tadqiq  qilish  uchun  zaruriy  sanaluvchi  ko‘rsatkichlar 

tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi. 

Tahlilda tizimli  yondashuv bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv 

mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli 

hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vazi-

yat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyat-

ni  baholash  va  uning  istiqbolda  rivojlanishini  prognozlash  zarur. 

Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlil-

ning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, 

eng  dolzarb  omillarni  ajratadi,  qo‘yilgan  maqsadlarga  yanada  samarali 

usullar  bilan  erishish  mumkin  bo‘lganlariga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Vaziyatli 

yondashuv  hozirgi  vaqtda  iqtisodiy  tahlilni  rivojlantirish  metodologiya 

va metodikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi. 



 

53


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish