Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va
boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojla-
nishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy- iqtisodiy
samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa
faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish,
ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning
o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil
fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari
va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har
bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan
sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish,
qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi-ilg‘or voqeliklarning
paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va
uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda
korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
48
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli jihatlari ham
ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil
qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur.
Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda
miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va
davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo‘ljallan-
magan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur
holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, ya’ni ko‘rsatkichlarning
o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida
muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni
(omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos
xususiyatidir, chunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va
ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa
hamda ta’sir natijasida sodir bo‘ladi. Tahlil vositasida mazkur holatlar,
ya’ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o‘rganiladi. Ta’kidlash kerakki,
ayrim olingan omillar oxirgi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi
va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham
xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ularning omillar ko‘rinishida
yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi, demak, ko‘rsatkichlar-
ga ta’sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillarni aniqlash ularni tasnif-
lash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablarni
aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil
qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rgani-
layotgan ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq
hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma’lumki, korxona ishlab chiqaradigan
mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va
mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. O‘z navbatida, har bir
guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi
kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha
guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa
ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan
o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi - bir
yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir
ishchining yil davomida ishlagan ishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan
har bir ko‘rsatkich, o‘z navbatida, boshqa omillarga bevosita bog‘liq.
Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha ish kunlari qo‘shimcha dam
49
olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli
ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta’sir
ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki korxona iqtisodiy
faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib
ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda
ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil
jarayonida e’tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning
natijalarni noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilarni noto‘g‘ri xulosalariga
olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining
muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida
tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning
o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda
iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun,
ya’ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta’siri o‘rganila-
yotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta’sir
etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin. Odatda ilmiy
usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvaffaqiyatli
chiqadi. Tahlil qilishning to‘g‘ri tanlangan usuli ko‘pincha uning
natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda fanni tekshirish ko‘pincha,
dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli,
hamma hodisa va jarayonlarni muntazam harakatda, o‘zgarishda,
rivojlanishda ko‘rish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy tahlil usullarining
xarakterli jihatlaridan biri – muntazam taqqoslab turishdir. Dialektika
har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi
deb qarash kerakligini o‘rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni
ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqish
zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir.
Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik
faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga
olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa to‘g‘ri
tushunchaga ega bo‘lmaydi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan
biridir. Tahlilning muhim uslubiy jihatlaridan biri, u sabab-oqibatlarni
aniqlabgina qolmay, balki son jihatdan tavsif beradi, ya’ni har bir
omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi,
bu esa iqtisodiy tahlilning yanada osonroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Sistemali yondoshish esa o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni
bosqichma-bosqich tahlil qilish, ularni o‘zaro bog‘liq holda tekshirish
mufassal detallarda o‘rganilishini ko‘zda tutadi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |