Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi



Download 9,79 Mb.
bet10/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:

  • Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealar rivojlanishini, o‘zgarishini obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish;

  • O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish;

  • Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va hisoblash;

  • Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata olish;

  • Ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash yo‘nalishlarini belgilash;

Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki, aksincha o‘rganiladi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarining iqtisodiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risidagi real ahvol buxgalteriya hisobi yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondoshilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, boshqaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi. Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan, biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondoshishni keltirib chiqaradi, chunki, uning o‘ziga xos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud. Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalalarini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi. Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:

  1. boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;

  2. mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni tanlaydi;

d) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish