60
qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz
xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir.
Taqqoslash mohiyati
–
turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yo-
ki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy
va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash ishlari bajariladi, o‘rganila-
yotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivoj-
lanishi qonuniyatlari, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi.
Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqos-
lanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik,
makoniy va b.), taqqoslash ishlari bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot
davr rejasi, etalon korxona va boshqalar), obyektlarni qiyoslash amalga
oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini tanlash, taqqoslash shkalasini tanlash.
Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi:
gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli.
Gorizontal qiyosiy tahlil
o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning
haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan
va ilg‘or tajriba yutuqlari) absolut va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun
foydalaniladi.
Vertikal qiyosiy tahlil
yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi
va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini
hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma
salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy
va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkich-
larning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi
o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi.
Trend tahlil
o‘rganishda bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar
uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda
qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari
tadqiq qilinadi.
Dinamik taqqoslash
o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning davriy o‘zga-
rishini o‘rganish uchun qo‘llaniladi, statik taqqoslash
– turli xo‘jalik
subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun.
Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta
ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich
bo‘yicha taqqoslash ishlari bajariladi.
Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar
(bo‘linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyat natijalari
taqqoslanadi.
61
Taqqoslash bazasiga bog‘liqligiga ko‘ra u quyidagi turlarga
ajratiladi (4-jadval).
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: