Moddiy resurslar ta’minoti rejasi bajarilishi tahlili
Talabni
qoplash
manbayi
Material-
lar turi
Material-
larga
bo‘lgan
talab, tn
ichki tashqi
Shartnoma
tuzildi,
tonna
Talabni
shartnoma
bo‘yicha
qoplanishi,
%
Material-
larni
kelib
tushishi,
tonna
Shartno-
ma
bajari-
lishi, %
A
25000
500
24500
23300
95,1
21902
94,0
B
47000
50
4650
4420
95,0
4190
94,8
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, «A» xomashyo turiga
tuzilgan tashqi shartnoma 95,1 (23300:24500x100) foizga, «B» turi
bo‘yicha 95,0 foizga bajarilgan xolos. Korxonani ichki va tashqi
manbalar bo‘yicha xomashyoga bo‘lgan talabi «A» xomashyosi
bo‘yicha 95,2 (
500 23300
2500
+
) foizga, «B» xomashyosi bo‘yicha esa 95,1
(
50 4420
4700
+
) foizga ta’minlangan. Materiallarni yetkazib berish rejasi 10,4
foizga bajarilmagan.
(
(21902 500)*100
25000
+
)=89,6 foiz; 100-89,6=10,4
Zaxira holatini tahlil etish uchun belgilangan me’yor bilan zaxirani
kundalik sarfi taqqoslanib xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurs-larni
ortiqchaligi yoki yetishmasligi aniqlanadi.
62-jadval
Moddiy resurslar zaxira holati tahlili
Haqiqatdagi
mavjud zaxira
Zaxira me’yori
Maksimal
me’yordan
farqi
Materiallar
Bir kunlik
materiallar
sarfi, tonna
tonna
kun
maksimal
minimal kun
tonna
A
400
3200
8
12
10
-4
-1600
3200:400=8 kun; 12-8=4 kunga zaxira yetishmaydi; -4x400=-1600
tonna.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida optimal hajmdagi buyurtma va
zaxiralarni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zaxiralarni boshqarish eng zarur
va mas’uliyatli hisoblanadi. Korxonaning barcha yakuniy natijalari
zaxiralarni optimallashtirishga bog‘liq. Zaxiralarni samarali boshqarish
sarmoyalarni aylanishini tezlashtiradi va uning daromadliligini oshiradi,
zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi, xo‘jalik oborotidan sarmo-
243
yalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda
xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan
keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ –
tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu
modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid etish va uni saqlash bilan
bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki
guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1)
tovarlarni tashish xarajatlari;
2)
tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari (
sak
Z
) quyidagicha
aniqlanadi:
*
2
sak
sak
RPP
Z
S
=
n
,
RPP – kelib tushgan bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdori;
sak
S
- tovar birligini saqlash xarajati.Bu formula orqali xulosa qilish
mumkinki, tovar birligini saqlash xarajati o‘zgarmagan holda jami tovar
mahsulotini omborda saqlash xarajatlari bir partiyadagi tovarni o‘rtacha
miqdorini kamaytirish hisobiga pasaytirishga erishish mumkin.
Matematik formula tarzida
EOQ
quyidagicha ifodalanadi:
2*
*
jq
sak
VPP B
EOQ
S
=
,
bunda,
EOQ
– tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori;
VPP
– xomashyo va materiallarga bir yillik talab;
B
jq
– bir birlik buyurtmani joylashtirish qiymati.
Ishlab chiqarish zaxirasini (
опт
PZ
) o‘rtacha optimal miqdori quyidagi
formula orqali ifodalanadi:
2
опт
EOQ
PZ
=
Rivojlangan mamlakatlarda zaxiralar harakatini nazorat qilish
tizimida ABC – analiz, XVZ – analiz va logistika keng tarqalgan.
ABC – analiz boshqaruv muammolari yechimini aniqlashga qaratil-
gan.
Bu nazorat turi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot yetkazib beruv-
chilar, mahsulot guruhlari va ularni sotish bozori, iste’molchilarning
kategoriyalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi. Zaxiralar
harakatini nazorat qilish tizimida barcha zaxiralar uch guruhga bo‘lib
o‘rganiladi.
244
A – kategoriyasiga tegishli zaxiralar bahosi qimmat bo‘lgan buyurt-
malar bo‘lib ularni nazorat qilish doimiy tusga ega.
V – kategoriya tarkibiga operatsion jarayonning uzluksizligini
ta’minlashda muhim bo‘lmagan tovar – moddiy qiymatliklar kiradi. Bu
guruhdagi zaxiralar har oyda bir marotaba nazorat qilinadi.
S – kategoriya tarkibiga arzon qiymatlikka ega bo‘lgan tovar
moddiy qiymatliklar kiradi. Moliyaviy natijalarni shakllanishida bu
guruhdagi zaxiralar muhim rol o‘ynamaydi. Har kvartalda bir marotaba
zaxira xarajati nazorat qilinadi.
XVZ – analizda materiallar ishlatilishi bo‘yicha strukturaga
bo‘linadi.
X – guruhiga doimiy ishlatiladigan materiallar, V – guruhiga mav-
sumiy, Z – guruhiga doimiy xarakterga ega bo‘lmagan materiallar
kiradi.
Zaxiralarni boshqarishda logistika asosiy rolni o‘ynaydi. U tovarlar
harakatini «mol yetkazib beruvchi – korxona – iste’molchi» sikllarini
muvofiqlashtiradi, iste’molchiga materiallar, mahsulotlarni o‘z
muddatida, sifatli yetkazib berilishini kafolatlaydi. Buning natijasida
omborda tovarlarni saqlash muddatlari qisqarishi tufayli zaxiralar
aylanishi tezlashadi, korxona faoliyati samaradorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |