236
pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning
bilan birgalikda mehnat predmetlaridan o‘rindoshlik bilan foydalanish
oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi,
xizmat qilish muddatlari esa ko‘payadi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasa-
yishi, foyda va rentabelligining oshishi, korxonani moddiy resurslar
bilan belgilangan assortimenti va sifati bo‘yicha ta’minlanishiga bog‘liq.
Shuning uchun sanoat korxonalari o‘z ishlab chiqarishini bir meyorda
samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo‘ljal-
langan biznes-rejalariga asoslangan holda mehnat predmetlari bilan
ta’minlashga alohida e’tibor beradilar, chunki hozirgi paytda mehnat
predmetlarini yo‘qligi yoki o‘z vaqtida olib kelinmaganligi sababli
sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o‘z vaqtida, zaruriy
miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu
bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning
iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi.
Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jihat-
dan baquvvat bo‘lishi oqibat natijada mustaqil respublikamizning
iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush dara-
jasining yanada yuksalishiga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi,
o‘z navbatida, moddiy resurslardan foydalanish ko‘lamining ham
kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab-
tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash
uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to‘g‘ri foydala-
nish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik
bilan tatbiq etishni taqozo etadi, chunki ular yordamida mehnat pred-
metlari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Ishlab
chiqarish turli mulk shakllarini, xususan, asosiy e’tiborni nodavlat mulk-
chiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish
maqsadga muvofiqdir, sababi ularda mulkka egalik qilish hissiyoti
doimo yuqori darajada bo‘ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asos-
langan korxonalarda mehnat predmetlari ularning mulki hisoblanadi.
Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda
iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Korxonada moddiy resurslardan qay
237
darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida
foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: