117
II BO‘LIM.
BOSHQARUV TAHLILI
IV BOB. KORXONA MAHSULOTI VA XIZMATIGA
BO‘LGAN TALAB VA TAKLIFNING TAHLILI
4.1.
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab va taklifni
o‘rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari
Mustaqillik davrida o‘tayotgan har bir kun, jamiyatimizning maz-
munan yangilanayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotni moder-
nizatsiya qilish sharoitida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar
hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok
etish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, metodologik muam-
molarini hal qilishga ulgurish qiyin bo‘lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy
tushunchalardan biri – korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda
faoliyat ko‘rsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni
o‘rgangan holda «qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun
ishlab chiqarish kerak va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur»
tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishi lozim. Buning uchun ular
bozorni chuqur o‘rganishlari, marketing sohasida yuqori malakali
mutaxassislarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Bozor to‘g‘risida ko‘p
ma’lumotga ega bo‘lishlik, raqobatchilar, iste’molchilarning xarid
qobiliyati, o‘xshash tovarlar hajmining o‘zgarib turishi hamda shu kabi
boshqa muammolar bo‘yicha batafsil axborotlar to‘plash va ularni
atroflicha tahlil etib turish muvaffaqiyatlar garovi, foyda ko‘rib
ishlashning muhim shartlaridan sanaladi.
Korxona bozor mexanizmi va konyukturasini batafsil tahlil qilgan
holda o‘z imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy
shartlarini tuzib chiqadi. Bu esa yaqin va uzoq davriylikda faoliyat
118
yuritishning yo‘lnalishlarini belgilash hamda uning rejasini tuzib
chiqishni xarakterlaydi. Rejali asosda ishlab chiqarishni boshqarish ham
bevosita bozor regulatori elementlari ta’sirida yo‘lga qo‘yiladi. Tahlilda
asosiy e’tibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Bozordagi ahvol va
uning o‘zgaruvchanligi, talab va taklif darajalari, bozor sohiblari va
ularning mavqei, faoliyatni yo‘lga qo‘yishning imkoniyatlari keng
qamrovda o‘rganiladi.
Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar
bilan to‘yinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oraliqda o‘zgaruv-
chanlik ehtimollari, tovarlar narxining o‘zgaruvchanligi, eng yuqori
foydaliligi, muvozanatlashgan ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishlariga
baho beriladi.
Bozor sharoitida iste’mol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash
va uning pul-tovar muomalasi tufayli ro‘yobga chiqadi. Buning uchun
oldi-sotdi, xaridor-sotuvchi pog‘onalaridan o‘tib, bir qator shakllarni
boshdan kechirmog‘i zarur, ya’ni ehtiyoj-talab-iste’mol demak, bozor
talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi.
Talab deb,
- bu eng avvalo, biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga
bo‘lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va uni pul bilan
ta’minlashidir.
Taklif esa,
- bu muayyan paytda bozorda bo‘lgan yoki unga
yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
«Ekonomiks» mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning
ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin
iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Iste’molchilar o‘z pul
daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan
tarzda sotib olishlari va shular bilan o‘z iste’mollarini ixtiyoriy qondirish
imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish
kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal
qiluvchi kuch beradi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan
xizmatlarga bo‘lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab
chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga
qaratilgan. Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni
o‘rgangan holda unga to‘g‘ri baho berishi lozim. Buning uchun
bozorlarda tekshiruv ishlari ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa
javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o‘rganish lozimdir.