Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet65/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Debet: 0431 "Dasturiy ta’minot" (yangisi) schyoti– 500000 so’m;
0530 "Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi" schyoti – 50000 so’m; 9432 "Nomoddiy aktivni sotishdan zarar" schyoti – 80000 so’m;
Kredit: 0430 "Dastur ta’minot (eskisi)" schyoti – 200000 so’m; 5110 "Hisob-kitb" schyoti – 430000 so’m.
Hizmat muddati tugashga qadar sub’ektning faoliyatidan chiqib ketgan nomoddiy aktivlar ham mos keluvchi buxgalteriya schyotlaridan hisobdan chiqariladi. Amortizatsiya aktivlarni qayta turkumlash holatida hisobga olinadi, so’ngra amortizatsiya ortib borish yakuni bilan va aktivlar «Boshqa aktivlar» schyotiga hisobdan chiqariladi. Bundan tashqari agarda aktivlarning bozor qiymati ularning balans qiymatidan kam bo’lsa, u holda zarar hisoblanadi va «Boshqa aktivlar» bozor qiymati bo’yicha debetlanadi, aksincha bozor qiymati balans qiymatidan ortiq bo’lsa «Boshqa aktivlar» scheti kreditlanadi, ammo foyda hisobga olinmaydi. Shunday nomoddiy aktivlar borki ularni buxgalteriyada hisobga olish,
daromad (zarar)larni qayd etish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kabel televideniesi orqali uzatilgan teledasturlarni uzatishda telestudiyalarda dasturlarning qiymatini
«Bajarilgan ish va o’rsatilgan hizmatlarning tannarxi» (9130) scheti debeti va
«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» (4010 schet) schyotining kreditida aks ettiriladi. Sotish bo’yicha byudjetga to’lovlarning summasi esa schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet: 4010–«Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» schyoti Kredit: 6410-“Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik”schyoti
Monografiyada nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi masalalariga ham to’xtalib o’tildi. Buxgalteriya ma’lumotlarining nomoddiy aktivlarga nisbatan haqiqiyligi, boshqa mulk kabi vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turiladigan yo’qlama(inventarizatsiya)lar bilan tasdiqlanishi lozim. Aktivlarning inventarizatsiyasi «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi.14
Mazkur standartning 30-bandida nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinganda quyidagilar hisobga olinishi ko’zda tutilgan:

  • sub’ektlarning ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini;

  • nomoddiy aktivlarni balansda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish.

Tekshirishda patent, litsenziya, guvohnomalar va shartnomalar haqiqatda mavjudligi, ulardan foydalanish muddatlari, olingan mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar miqdori, keltirilayotgan daromad (zarar)lar ham ko’rib chiqiladi. Bunda inventarizatsiya o’tkazishning asosiy manbasi «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish- topshirish» dalolatnomasi ( NMA-1 shakl) hisoblanadi.
Joriy etilgan «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish» (19-son BҐMS) standartning umumiy qoidalar bo’limida sub’ektning barcha mol-mulk tarkibi bo’yicha inventarizatsiya o’tkazish muddatlari belgilab berilgan, ammo, moliya- xo’jalik faoliyatda nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasini o’tkazish muddati haqida hech narsa deyilmagan. Nomoddiy aktivlar uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismini tashkil etar ekan, uni doimo nazorat qilib turish zaruriyati kelib chiqadi. Nazorat esa, belgilangan vaqtlardagi inventarizatsiya o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha nomoddiy aktivlar o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning inventarizatsiyasi muddati kamida bir yilda bir marta o’tkazilishi kerak. Shu bilan birgalikda, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasida inventarizatsiya ob’ektlari, uni o’tkazish tartibi va muddatlari, inventarizatsiya bo’yicha buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq belgilanadi deb ta’kidlanadi. Ushbu masalaga qonun nuqtai nazaridan yondashilsa, nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini go’yo «chetlab» o’tgandek ko’rinadi. Chunki,
«Nomoddiy aktivlar» buxgalteriya hisobi milliy standartida ularni inventarizatsiyalash bandi ishlab chiqilmagan va standartda ko’rsatilmagan. Nomoddiy aktivlar asosiy vositalar kabi, ashyoviy ko’rinishga ega bo’lmasada,





14 “Invetarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish”. 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti. (O’RMV. 1999y.15- oktyabr. 17-19-2075.)
ulardan foydalanish huquqlari sub’ektga kelgusida foyda keltiruvchi xarajatlar deb ta’riflanadi, demak ma’lum darajada korxona uchun qiymatga ega.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, mazkur standartga qo’shimcha 49-bandni
«Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyalash» deb nomlanishini tavsiya qilmoqchimiz. Standartning «ochib berish»deb nomlangan 49-bandi keyingi raqamlar ya’ni 50- bandga ko’chirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. «Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyalash» 49-bandida quyidagi ikkita band orqali mohiyatini yoritib berishi kerak deb hisoblaymiz:
-nomoddiy aktivlardan foydalanish xuquqlarini tasdiqlovchi xujjatlar xaqiqatda ro’yxatda mavjudligini aniqlash, ho’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan vaqti-vaqti bilan nazorat qilinishi maqsadida muayyan vaqtda bir yilda kamida 1 marta nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinadi.(49.1);

  • nomoddiy aktivlarning balans qiymati ularning joriy qiymatiga mos kelmaganligi aniqlangan taqdirda nomoddiy aktivlar 7-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartining 37,38-bandlariga muvofiq ko’patiriladi yoki kamaytiriladi.

Ґalqaro hisob standartlariga muvofiq har bir alohida mamlakat o’zining iqtisodiyotidan kelib chiqib ushbu standartga ma’lum o’zgartirishlar va qo’shimchalarni kiritish mumkinligi Xalqaro hisob standartlari qo’mitasi Kengashi qarorlarida e’tirof etilgan.
Shu bilan birgalikda “Nomoddiy aktivlar” deb nomlangan 38-sonli buxgalteriya hisobi xalqaro standartida ularning inventarizatsiyasi masalasi to’liq bayon etilmagan. Iqtisodiyotimizda nomoddiy aktivlardan keng qo’llanilishi tufayli, ushbu nashr bo’yicha ma’lum takliflar ishlab chiqishni taqazo etadi. Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya balansda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish uchun bizning fikrimizga ko’ra quyidagilar e’tiborga olish kerak deb hisoblaymiz:
-amalda mavjud bo’lgan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (patent, litsenziya, ma’lumotnoma)larni buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko’ra qiyoslash yo’li bilan ularni qayd etish;
-ularni saqlash qoidalariga rioya etilayotganligini tekshirish;
-nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining o’z vaqtida to’g’ri va to’liq hisob-kitob qilinayotganligini tekshirish/

Takrorlash uchun savollar


  1. Asosiy vositalarga nimalar kiradi?

  2. Nomoddiy aktivlar nima?

  3. Gudvill, franshiza, patent nima?

  4. Amortizatsiya hisoblashning qanday usllari bor?

  5. Asosiy vositalar qanday baholanadi?

  6. Nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi?

  7. Asosiy vositalar tmirlanishi qanday hisobga olinadi?

  8. Asosiy vositalar qanday hisobdan chiqariladi?

  9. Asosiy vositalarning ijaraga berishning turlari qanday?

  10. Nomoddiy aktivlarni sotish va sotib olish qanday schyotlar orqali amalga oshiriladi?

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish