kuch mashina va uskunalari;
ishchi mashina va uskunalari;
v) olchov va tartibga soluvchi priborlar, qurilmalar va laborotoriya uskunalariga;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa mashina va uskunalar;
Transport vositalari;
Instrumentlar;
Ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari;
Xojalik inventarlari;
Ishchi va mahsuldor mollar;
Kop yillik daraxtlar;
Erni yaxshilash boyicha kapital xarajatlar (inshootlarsiz);
Boshqa asosiy vositalar;
Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi, zapasdagi va foydalanilmaydigan obektlarga bolinadi.
U yoki bu xojalik yurituvchi subektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korxonaning oziga qarashli va ijaraga olingan obektlarga bolinadi.
Xojalik yurituvchi subekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif korsatkichlari orqali guruhlarga bolinadi. Asosiy vositalarning guruhlarga bolishning tasnif belgilari quyidagilardir:
bajaradigan vazifasiga kora;
obektlardan foydalanish darajasiga kora;
natural-moddiy tarkibiga kora.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga kora ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bolinadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy nematlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xojalik, maishiy xizmat, sogliqni saqlash, talim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xojalik yurituvchi subektga berish yoki sotish togrisida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini togri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Er amaldagi qonunchilikka binoan xojalik yurituvchi subektga mulk tarzida berilgan er maydonidir. Ozbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar Er kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bolishlari mumkin». Erning qiymatiga uni xarid qilishda kochmas mulk agentlariga tolanadigan komission tolovlar,
advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq tolovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa xarajatlar qoshiladi.
Erni obodonlashtirish boyicha kapital xarajatlar tarkibiga erning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga toxtash joylarini barpo etish hamda shunga oxshash boshqa xarajatlar kiradi.
Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, mamuriy-xojalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi obektlar, shuningdek ulardan togri foydalanish uchun zarur bolgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz taminoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xojaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini ozgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan obektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yollari, avtomobil yollari, kopriklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir obektdan boshqa obektga etkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yollari, quvur yollari, issiqlik va gaz tarmogi hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va oz navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yosinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qozgatish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
olchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (korsatkich)larni olchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom-ashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin tasiri va boshqalarni olchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;
hisoblash texnikasi malumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;
boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab otilmagan mashina va jihozlar (ot ochirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga moljallangan harakat vositalari (temir yol, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yollari)dir.
Asbob va uskunalar qol mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini engillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xojalik inventari idora (ofis) ishlarini va xojalikni yuritishda zarur bolgan narsalardir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, hokiz, sigir)lar bolib, alohida inventar obekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Kop yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bogdagi miqdori va yoshidan qatiy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BҐMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |