Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet35/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Buxgalteriya o’tkazmalari





Xo’jalik operatsiyasining mazmuni

Summa, M.s

Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

jamg’arish usuli bilan

Bevosita kiritish usuli bilan

Debet

Kredit

Debet

Kredit

1

100%lik oldindan
to’lovning olinishi (3000x620)

1860.000

5110

6310

5110

6310

2

Oyning oxirgi sanasiga
Kreditorlik qarzini qayta baholash (3000x(625-620)

15.000

3190

6310

9620

6310

3

So’ndirish sanasiga kreditorlik qarzini qayta baholash
(5000x(730-725)

15.000

3190

6310

9620

6310

4

Marketing xizmatlari sotishsi aks ettiriladi

1575.000

4010

9030

4010

9030

5

Ko’rsatilgan xizmatlarga QQS hisoblab yozildi

315.000

4010

6410

4010

6410

6

Bo’nak hisobga olindi

1860.000

6310

4010

6310

4010

7.

Kursdagi manfiy tafavut moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarildi:
-jamg’arish usuli bilan;
-bevosita kiritish usuli bilan.

5000
15000

9620

3190

9620

4010
      1. Pul ekvivalentlari, yo’ldagi pullar schyoti


Pul ekvivalentlari-bu pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to’lanadigan davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, qisqa muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel – bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan o’zining qisqa muddatli pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’lardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yo’li bilan to’lanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va ko’pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo’q.
Pul ekvivalentlari hamda yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilish, umumlashtirish maqsadida 5600-«Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’lari» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul mablag’lari schyotlarining guruhiga mansubdir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal qiymati hisobida olib boriladi.
Yo’ldagi pul mablag’lari, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga olingan naqd pulning bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag’lari kiradi. Ushbu ma’lumotlarni qayd qilish va umulashtirish quyidagi schyotlar amalga oshiriladi:

  • 5610 «Yo’ldagi pul ekvivalentlari(turlari bo’yicha)»

  • 5620 «Yo’ldagi pul mablag’lari(turlari bo’yicha)»

Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:

  • Tushgan naqd pullarni topshirganda - bankning pattalari , aloqa bo’limlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar;

Bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri, miqdori, bank yoki aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani olish.
Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha alohida- alohida yuritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul qilingan naqd pullar mas’ul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan naqd pullarni(tushumlarni) topshirishni qayd qilish, ya’ni saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan) lekin yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish 5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot tranzit schyoti hisoblanib, u pul mablag’larining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni o’rnatishda bog’lovchi bosqichini bajaradi.
5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining debet tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarining krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul mablag’lari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining kreditidan pul mablag’larini schyotlarining 5110, 5210 debetiga o’tkaziladi.
Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6910-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7510-«Bankning uzoq muddatli kreditlari, 6940-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7690-«Boshqa uzoq muddatli to’lovlar» schyotlarining debetida qayd qilib boriladi.
Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar hisobot davrining oxirida tegishli schyotlariga o’tkazilmaganda qo’llaydi.
Shuningdek, mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul mablag’lari bosh sub’ektga o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar vujudga kelsa, schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qo’llaydilar.
Yuqoridagi schyotlarda mablag’lardan qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi:

  • Kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa bo’limining pattasi, bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar;

  • Bosh xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha o’tkazish uchun pul mablag’lari qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining nomi va summasi va avizo(xabarnoma)ning sanasi, to’lov topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi.

Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarida aks ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish