11. BOZOR IQTISODIYOTI RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA BOSHQARUV HISOBINI
TASHKILETISHTAJRIBASI.
Standart-Kost tizimi boyicha boshqaruv hisobini tashkil
etish. Xorijiy mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy sharoitlarida texnik va strategik xarakterdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni korxonaning xarajatlari va moliyaviy natijalari haqidagi axborotga tayanadi. Korxona xarajatlarini boshqarishda Standart kost hisob tizimi samarali qurollardan biri hisoblanadi. Uning asosida belgilangan normalar va normativ xujjatlar doirasida va ulardagi ogishlar boyicha hisob va nazorat tamoyillari etadi.
Xarajatlarni normativ hujjatlar usulida aniqlash XX asr boshlarida AQSh da paydo boldi. Bu F. Teylor, G Emerson va boshqa muhandislar taklif qilgan ilmiy menejment tamoyillaridan biri edi. Ular xarajatlarning normativ hisobi tizimini rivojlantirish uchun turtki berdilar. Ular mehnat va materiallardan foydalanishning
yagona, eng yaxshi yolni aniqlash uchun standartlar qollar edilar. Bu standartlar materiallar va mehnat istemolini eng kam darajaga keltirilishni taminlovchi rejani qabul uchun axborot manbai bolib xizmat qiladilar.
Standart-Kost tizimi haqidagi dastlabki eslatmalar G. Emersonning Mehnat unumdorligini tekshirish va ish haqining asosi sifatida kitobida uchraydi. Shu bilan bir vaqtda ananaviy buxgalteriya tarafdorlari kalkulyatsiyalar tadbirlarini Tarixiy, yani haqiqiy tannarxni qidirib topishga olib kelib qoydilar. U, ananaviy buxgalteriya shunday kamchilikka ega ediki, nima borligi va nima bolishi mumkin ekanligi ortasida hech qanday munosabat ornatilmaydi deb hisoblar edi. Uning fikricha hisobning haqiqiy maqsadi shundan iboratki, extiyotkorliklar miqdori va shiddatliligi ortsin. U takidlardiki, extiyotkorliklar korxona xojalik faoliyatining togri yolini topish uchun kerak. Ularning imkoniyati normalardan barcha ogishlarni qayd etishdan iborat. Shuni qayd etish lozimki, hisob kelajakka qaratilgan bolishi kerak, zero oldindan korish bu ogohlantirish demakdir. Binobarin, barcha xojalik jarayoni aniq boshlanishigacha jiddiy nazorat ostiga olingan bolishi kerak. Biroq otmishda erishilgan normalardan ozga norma yoq, buxgalteriya belgilab berolmaydi, normalarsiz esa xojalik faoliyati maqsaddan mahrum boladi va undan ham yomoni mamuriyat hisob orqali unumdorlik holatini bilolmaydi. Unumdorlik, G.Emersonning fikricha, ishning butun manosini tavsiflaydi, zero qattiq ishlash - ishga butun kuchini xarajatlash degani, unumli ishlash ishga eng kam miqdorda kuch xarajatlash degani. Unumdorlikni aniqlashda u Mx/Zsning ozaro nisbatidan yani, haqiqiy xarajatlarning standart xarajatlarga nisbatidan foydalanishni taklif etdi. Bunda har doim Zsmashhur qoidasini taklif qiladi: Belgilanganidan ortiq bolgan barcha xarajatlar aybdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi va hech qachon xarajatlarni aks ettiruvchi hisoblarga kiritilmasligi kerak.
Shuni takidlash kerakki, ilmiy menejment tarafdorlari standartlarni moliyaviy chiqimlar ustidan nazorat quroli sifatida qarab chiqmaganlar. Xarajatlarni normativ xarajatlar bilan aniqlashning toliq amaldagi tizimini birinchi marta 1911 yilda AQSh da Ch.Garrison ishlab chiqdi va xayotga tatbiq etdi. Uning Tannarx hisobi ishlab chiqarishga yordam bermoqda mavzusiga (1918y) bagishlangan maqola oldindan nafaqat tarixiy tannarx hisob tizimining uygunligiga etibor qaratgandi, balki
Standart-Kostni tashkil etish variantlarining koplab tavsiflari keltirilgan.
Ch.Garrisonning Standart-Kost goyasi ikkita qoida bilan ifodalanadi:
barcha xarajatlar hisobda standartlar bilan taqqoslangan bolishi kerak;
haqiqiy xarajatlarga standartlar bilan qiyoslaganda aniqlangan ogishlar sabablar boyicha bolaklarga ajratilgan bolishi kerak.
G. Emersonga qaraganda Ch.Garrison shunday holatlarga yol qoygan ediki, unda u taklif qilgan natijalar, yani 3s ning Mx dan yoki katta yoki unga teng bolish mumkinligi (Zs Mx) standartlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirar edi.
Vujudga kelishidan boshlab Standart-Kost hisob tizimida muvaffaqiyatli rivojlandi va hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning koplab firmalarida keng qollanilmoqda.
Standart-Kost atamasi ikki sozdan tashkil topgan: standart mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorini (moddiy va mehnat) yoki mahsulot ishlab chiqarish yo xizmat korsatish birligi uchun oldindan hisoblab qoyilgan xarajatlarni anglatsa, Kost sozi esa mahsulot birligiga togri keladigan xarajatlarni bildiradi. Shunday qilib Standart-Kost sozi toliq manosida standart xarajatlarni anglatadi. Bu tizim - eng avvalo ishlab chiqarishning bevosita chiqimlaridan foydalanish ustidan nazoratni ornatishga qaratilgan, bir- biriga bogliq kalkulyatsiyalar esa qoshimcha xarajatlar nazorati uchun moljallangan.
Standart-Kost tizimi ishbilarmonlar talablarini qondiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilish uchun qudratli qurol bolib xizmat kiladi. Belgilangan standartlar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishga moljallangan mahsulotlar boyicha kutiladigan xarajatlar summasini oldindan belgilash, baholarni aniqlash uchun mahsulot yoki xizmat birligi tannarxini hisoblab qoyish, shuningdek kelasi yilda kutiladigan daromadlar haqida hisobot tuzish mumkin. Bu tizimda mavjud ogishlar togrisidagi axborotdan rahbarlar tezkor boshqaruv choralarni qabul qilish uchun foydalanadilar.
Standart-Kost tizimining tarkibi moddalar boyicha xarajatlarning quyidagi dastlabki (ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha) normalaridan tashkil topadi:
asosiy materiallar;
asosiy ishlab chiqarishda band bolgan ishchilarning mehnat haqi;
ishlab chiqarishda qoshimcha xarajatlar (yordamchi ishchilar ish haqi, qoshimcha materiallar, ijara haqi, jihozlar amortizatsisi va x.k.)
tijorat xarajatlari (sotish boyicha mahsulotni sotish boyicha xarajatlar).
Bu normalar qatiy belgilangan stavkalar sifatida korib chiqiladi, bunda haqiqiy xarajatlar korxonaga mohirlik bilan rahbarlik qilish orqali standartlarga muvofiqlashtiriladi. Sotishlar yuzaga kelganda standart normalarni ozgartirishmaydi, ular butun belgilangan davrga nisbatan barqaror turadi. Yangi iqtisodiy sharoitlar, materiallar, ishchi kuchi bahosining bir oz kotarilishi yo tushishi yoki ishlab chiqarishning shart va usullari ozgarishidan kelib chiqqan iqtisodiy ozgarishlar bundan mustasno. Ґar bir hisobot davrida yuzaga keluvchi haqiqiy va taxminiy xarajatlar ortasidagi ogishlar yil davomida ogishlarning alohida hisoblarida toplanib boradi va ishlab chiqarish xarajatlariga emas, balki bevosita korxona moliya natijalariga tola ravishda qoshib qoyiladi.
Standart-Kost hisob quyidagi tizimida taqdim etilishi mumkin:
Mahsulot sotishdan tushgan kirim;
Mahsulotning standart tannarxi;
Yalpi foyda ;
Standartlardan ogishlar;
Ґaqiqiy foyda .
Standart normalar yordamida hisoblab chiqilgan kalkulyatsiya ishlab chiqarish va xarajatlarni tezkor boshqarish uchun asos bolib hisoblanadi. Xarajatlarning belgilangan standart normalaridan ogish darajasi bu ogishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun tahlil qilinadi. Bu mamuriyatga ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga, kelajakda ham ularning oldini olishga imkon yaratadi.
Shuni takidlash kerakki, Standart-Kost tizimi xorij amaliyotida normativ xujjatlar bilan belgilab qoyilmagan, shu sababli bu tizim standartlar belgilashni va hisob qaydnomalarini yurgizishning yagona usuliga ega emas. Shu sababli hatto birgina kompaniya ichida turli normalar amal qiladi: bazisli, joriy, ideal, taxminiy, erishib boladigan va engillashtirilgan.
Normalarni belgilashda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo, ishchi kuchi va xizmatlar hajmi xarajatini tabiiy holda ifoda etishga imkon beruvchi miqdoriy standartlardan keng foydalaniladi. Bu standartlar maxsus koeffitsientlarga kopaytiriladi va standart maqomiga ega bolgan baho normalari olinadi.
Qoshimchaxarajatlar. Qismlab aniq hisoblash qiyin yoki maqsadga muvofiq bolmagan, koplab alohida moddalarni qamrab olgan qoshimcha xarajatlarning standartlari miqdoriy normalari korsatilmagan holda pul bahosida beriladi. Bundan qoshimcha xarajatlarning eng muhim tarkibiy qismlari mustasno etiladi (masalan, ish haqi). Ularga qarab ayrim hollarda miqdoriy standartlar belgilanishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xomashyo bahosi talab va taklifga bogliq ravishda uzluksiz tebranib turadi. Shu bois, xomashyo standarti kop xollarda standartlar ishlab chiqilayotgan vaqtda amal qilgan baholar darajasidan kelib chiqqan holda, yani etuk normalardan foydalanish davri davomida ustunlik qiladigan ortacha baholarni aniqlashdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shunga muvofiq tarzda texnologik jarayon operatsiyalari boyicha ish haqi stavkalarining standartlari aksariyat hollarda ortacha baholar hisoblanadi.
Xomashyo va haqi normalari odatda bir odamga hisob qilinib belgilanadi. Qoshimcha xarajatlar nazorati uchun mahsulotning taxminiy hajmidan kelib chiqib malum davr uchun stavkalari ishlab chiqiladi. Qoshimcha xarajatlar smetalari doimiy xarakterga ega. Biroq, ishlab chiqarish xajmi tebranishlarida qoshimcha xarajatlar nazorati uchun ozgaruvchan standartlar va sirpanchiq smetalar tuziladi.
Qoshimcha xarajatlarning sirpanchiq smetalari mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga bogliq ravishda doimiy, ozgaruvchan va yarim ozgaruvchan xarajatlarga bolinadi. Songgilari oz navbatida, doimiy va ozgaruvchan tarkibiy unsurlarga bolib chikiladi. Bunday usulda qoshimcha xarajatlarning smeta stavkasi (normasi) mahsulot ishlab chiqarish va doimiy chiqimlar birligiga oldindan belgilangan normalar ulushining ozgaruvchan kismi sifatida aniqlanadi.
Mahsulot standarti tannarxini hisoblash uchun xomashyoning normativ xarajatlari, ishchi kuchi va qoshimcha xarajatlar umumlashtiriladi. Ular boyicha yuzaga kelgan ogishlar quyidagi tarzda hisob kitob qilinadi.