4.Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning oltinchi moddasiga binoan, buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘lib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli «Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning yettinchi moddasiga binoan, Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
5.Buxgalteriya hisobining tamoyillari
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning uchinchi moddasiga binoan buxgalteriya hisobining 3 ta, “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli BHMSga ko‘ra 18 ta tamoyil (printsip)lari mavjud.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– uzluksizlik;
– ishonchlilik;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
”Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– hisoblash;
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;
– ishonchlilik;
– ehtiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan harajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va holis taqdim;
– tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish;
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi
Hisoblash – daromadlar va harajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |