Auditorlik xulosasi yuridik kuchga ega bо‘lgan muhim xujjatilardan biridir. Xulosa asosida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning bir yillik moliya- xо‘jalik faoliyatiga baho beriladi.
Auditorlik xulosasining quyidagi turlari mavjud: Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi. Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot kо‘rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga kо‘ra
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xо‘jalik muomalalarining О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli tо‘g‘risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xо‘jalik faoliyati hisobi amaldagi meyoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato- kamchiliklar о‘z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin.
Tahlilning ishonchli axborot manbalariga egaligini zaruriy kafolati bu birinchi navbatda moliyaviy hisobotlarni auditorlik nazoratidan о‘tganligi va xulosalanganligiga bog‘liq.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga kо‘ra hо‘jalik yurituvchi subyektda quyidagilarga baho berishi lozim7:
-auditorlik faoliyati tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
-alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib kо‘rsatishlar auditorlik faoliyati tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
-qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
-moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va о‘rinli ekanligiga;
-moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotiningijobiy yoki modifikatsiyalangan fikribilan ifodalanishi mumkin.
Xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollardaijobiy fikrbildiriladi.
Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi:
-olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda kо‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib kо‘rsatishlarga ega bо‘lsa;
-umumiy holda kо‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib kо‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bо‘lmasa.
Auditorlikhisobotining tahliliyqismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishgaqaratilgan auditorlik amallari bayoninihamdaquyidagilarning tekshirish natijalariniqamrab olishi lozim: qо‘llanilayotganhisob siyosatini; xо‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat
7Молиявазиринингбуйруғи(рўйхатрақами 2844, 2016 йил 1 декабрь)биланЎзбекистонРеспубликасиаудиторликфаолиятинингмиллийстандарти (70-сонАФМС) "Молиявийҳисоботтўғрисидагиаудиторликҳисоботивааудиторликхулосаси" тасдиқланди.
tizimini; buxgalteriyahisobi tizimi va moliyaviyhisobot tuzilishini; moliyaviy- xо‘jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriyahisobi tо‘g‘risidagiqonunhujjatlariga rioya etilishini; soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarnihisoblash va tо‘lashning tо‘g‘riligini; aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini; moliyaviy koeffitsiyentlarninghisob-kitobi va uning tahlilini о‘z ichiga oladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlarninghisob-kitobi va ularning tahliliquyidagilarni о‘z ichigaqamrab oladi:
-tekshirilgan moliyaviyhisobot asosidahisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili;
-о‘tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviyholati tо‘g‘risida ma’lumot.
Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishganholda amalga oshiriladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviyhisobotida ahamiyatli buzib kо‘rsatishlar mavjud bо‘lsa va ularning xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviyhisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin bо‘lganhollarda auditorlik tashkiloti salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasini tuzadi.
Shuningdek,quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi:
-xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xо‘jalik operatsiyalari moliyaviyhisobotdahaqqoniy aks ettirilgan, lekin ularqonunhujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda;
-xо‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib kо‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviyhisobotga tuzatishlar kiritishga rozi bо‘lmaganda.
Xо‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviyhisobotda aniqlangan buzib kо‘rsatishlarni bartaraf etsa salbiy fikr bildirilmaydi.
Auditorlik xulosasi yozma kо‘rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriyahisobi tо‘g‘risidagiqonunhujjatlariga muvofiqxо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi kо‘rsatilgan va imzolangan moliyaviyhisobotning nusxasi ilovaqilinadi.
Auditorlik xulosasini olish barcha uchun majburiya hisoblanmaydi Moliyaviy hisobotlarni tuzishda tashqi buxgalterlarga yoki autsorsing
xizmatlari bо‘yicha maxsus firmalarga murojat qiluvchi kо‘pgina korxonalar auditdan о‘tkazish ma’lum bir xarajatlar qilinishi talab qilganligi sababli domo ham auditorlar xizmatidan foydalanavermaydilar. Bunday xolatlarda analitiklar oldida qator vazifalar yuklanadi:
-moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar qanchalik tajribali va uddaburonligini;
-tuzilgan moliyaviy hisobotlar qanchalik ishonchli, tо‘liqligiga;
-barcha majburiyatlar hisobga olinganmi yoki yо‘qmi;
-agar moliyaviy hisobotlarni yetuk mutaxassislar tomonidan tuzilganligi qayd etilgan holda, ularning mustaqilligi qay darajada taminlanganligiga;
-moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar korxonaning shaxsiy tarkibida doimiy turishiga;
-moliyaviy hisobot tuzuvchilarni aktivlar qiymatini aniqlashda va majburiyatlarni hisobga olishda obyektiv yondashganlik darajasiga;
-korxona rahbarining moliyaviy hisobotlarni tuzishga ta’sir darajasiga baho berish talab etiladi.
Auditorlik xulosalari talab etilmaydigan axborot manbaalariga soliq xisobotlari, shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya jamg‘armalari, sugurta badallari buyicha hisobotlar va boshqa axborot manbalari kiradi.
Nazorat savollari
Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning moliyaviy hisobot mazmuniga ta’siri.
Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar о‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari).
Auditor xulosalarini kо‘rib chiqish. Auditdan о‘tkazilmagan hisobotlar.