Moliyaviy tahlil



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana28.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#474224
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtiris

2.2.
 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJning asosiy faoliyatidan 
olingan daromadlari hisobini milliy va xalqaro standartlarda hisobga olish 
Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishi 
ularning faoliyati davomida olgan daromadining to’g’ri shakillantirilishi bilan 
bog’liq. Eng oddiy ko’rinishda daromad ma’lum davrda sotilgan mahsulot (ish va 
xizmatlar) qiymatiga tengdir. Daromad xo’jalik yurituvchi subekt mablag’lari va 
ularning manbalarini ko’paytiradi. Xo’jalik yurituvchi subektlarda daromad 
miqdorining ko’payishi uning aktivlari xususiy kapitali, yalpi va sof foydasi 
miqdorlarining o’sishi bilan bir vaqitda xo’jalik yurituvchi subekt majburiyati 
kamayishining asosiy manbaidir. Iqtisodiy katigoriya sifatida esa u ishlab chiqarish 
va muomala sohalarining o’zaro munosabatlarini ifodalaydi. 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda xo’jalik yurituvchi subektning 
asosiy faoliyati daromadlari to’g’risidagi malumotlarni buxgalteriya hisobini
9000 “Asosiy faoliyat daromadlarini hisobga olish” schyotida olib boriladi. 


35 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ maxsulotlar (ish va xizmat)larni 
sotishdan olingan daromadini hisobga olishda quydagi schyotlardan foydalanadi: 

9010-“ Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”; 

9020-” Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”; 

9030-“ Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”; 

9040-“ Sotilgan tovarlarning qaytishi”; 

9050-“ Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”. 
Bu schyotlar bilan bog’liq tushumlar barchasi subekt daromadi sifatida tan 
olinadi va hisobot oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natijalar” schyoti bilan 
yopiladi. Sotishdan daromad mahsulot yuklab junatilgandan kiyin hisob-kitob 
xujjatlari amalga oshirilgan vaqtdan boshlab daromad sifatida tan olinadi. 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ kolbas va kolbasa mahsulotlari 
turli asartimentdagi kolbasa mahsulotlar, dudlangan go’sht, yarim tayyor go’sht 
mahsulotlari, sasiska va sardelka mahsulotlari, sir mahsulotlarini ishlab chiqarish 
va ularni realezaatsiya qilish yani sotish bilan shug’ullanuvchi jamiyat bo’lib 
ushbu jamiyat mahsulotlari mamlakatimizning qariyb barcha hududlar bozorlarida 
o’z talabiga ega bo’lgan mahsulotlar hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu Jamiyat hisob siyosatining 
daromadlarini hisobga oluvchi operatsion faoliyat bo’yicha daromadlari uchun
9010-“ Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad” schyotiga qo’shimcha 
ravishda quydagi schyotlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’lar edi: 
9011-“Tayyor kolbasa mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”; 
9012-“Tayyor sir mahsulotlarni sotishdan olingan daromad”; 
9013-“Tayyor dudlangan go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”; 
9014-“Yarim tayyor go’sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad”. 
Operatsion faoliyat daromadi “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJning 
daromadi jamiyatning yalpi foydasining yuqori salmoqli qismini tashkil qilishi 
uning muhim ko’rsatkichi sifatida xo’jalik yurituvchi subektning kelgusi 
rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Daromadning buxgalteriya hisobida tan 
olishning umumiy shartlari uni xo’jalik yurituvchi subektga kelgusida


36 
iqtisodiy manbaning kelib tushish imkoniyati vujudga kelganda va shu manbaning 
kelib tushishi imkoniyati vujudga kelganida va shu manbaning miqdorini aniq va 
ishonchli o’lchash mumkin bo’lganda tan olishdir. GOLD PREMIUM 
PRODUCT” MCHJda №2 BHMSga muvofiq, daromadni tan olish uchun quydagi 
mezonlar bajarilishi lozim : 

Xo’jalik yurituvchi subektning mahsulotga egalik qilishi bilan bog’liq
manfaati va tavakkalchilikning asosiy qismi xaridorga o’tkazib berilishi ; 

Xo’jalik yurituvchi subekt ushbu maxsulotni odatdagidek o’z mulki 
darajasida boshqarish va nazorat qilishda qatnashmasligi; 

Tushum miqdorini aniq belgilash mumkin bo’lishi; 

Sarflangan va kutilayotgan xarajatlar miqdorini aniq belgilash mumkin 
bo’lishi lozim. 
Ushbu mezonlarning hisob tizimidagi axamiyati shundan iboratki, agar 
ulardan biri bajarilmasa, daromadni tan olish toki ushbu mezonlar to’liq 
bajarilgunga qadar cho’ziladi. Shundan so’ng daromad xaridorlarga yitkazib 
berilgan maxsulot evaziga kelib tushgan pul mablag’lari qiymatida o’lchanadi. 
Daromad sotilgan mahsulot uchun haqiqiy qiymatga ega bo’lgan aktivlar 
kelib tushganda hisobga olinadi. Tushumni tan olishda ushbu mablag’larni 
iqtisodiy manba sifatida hisobda aniq aks ettirish zarur. Daromadni hisobda aks 
ettirish zaruriy burchi shartlar bajarilganda, ya’ni malum xo’jalik jarayonlaridan 
ko’rilgan manfaatni tushum deb hisoblashga asos vujudga kelganda amalga 
oshiriladi. Bunda, bajarilgan shartlarning tarkibi muhim ahamiyatga ega, ya’ni agar 
tushum : 

Maxsulot sotishdan ko’rilgan bo’lsa asosiy shart mahsulotga egalik huquqi 
va u bilan bog’liq barcha tavakkalchilik va manfaatning xaridorga o’tishi; 

Xizmat ko’rsatishdan ko’rlgan bo’lsa, xaridor tomonidan ushbu xizmat 
natijasidan foydalanish imkoniyati yaratilganligi; 

Biror aktivdan foydalanish huquqini berishdan ko’rilgan bo’lsa asosiy shart 
bo’lib ushbu aktivdan foydalanish imkoniyati vujudga kelganligi hisoblanadi. 


37 
Mahsulot sotishdan tushgan tushumni tan olishda mahsulot qiymati iqtisodiy 
manfaat keltirishni taminlaydigan aktivlar bilan to’langanligi va mahsulotga egalik 
huquqi to’laligicha xaridorga o’tgan bo’lishi zarur. Bu shartlarning eng oddiy 
ko’rinishi sotilgan mahsulot uchun xaridordan pul mablag’larining kelib 
tushganligidir. Daromadni tan olish mahsulot sotish jarayonlari bilan bog’liq 
xarajatlarni to’g’ri aniqlash zaruriyati bilan bog’liqdir. Agar sodir etilgan xarajatlar 
miqdorini aniqlash mumkin bo’lmasa, daromad tan olinmaydi va bu holatda kelib 
tushgan tushum xaridor oldidagi majburiyat (bo’nak yoki oldindan to’lov) hisobl

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish