O’tgan yil
|
Hisobot yil
|
Farqi (+,-)
|
1
|
Debitorlik qarzlari, ming so’m (1-shakl, 210 - satr)
|
165130
|
383 626
|
+218496
|
2
|
Mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum, ming so’m (2-shakl, 010-satr)
|
605821
|
999 312
|
+393491
|
3
|
Joriy aktivlar, ming so’m (1-shakl, 390-satr)
|
309846
|
793 883
|
+484037
|
4
|
Muddati o’tgan debitorlik qarzlari, ming so’m (1-shakl, 211-satr)
|
-
|
-
|
-
|
5
|
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti (2/1)
|
3,7
|
2,6
|
-1,1
|
6
|
Debitorlik qarzlarining aylanish salmog’i koeffisienti (1/2)
|
0,3
|
0,4
|
+0,1
|
7
|
Debitorlik qarzlarining aylanish davri, kunda ((1*360)/2)
|
97
|
138
|
+41
|
8
|
Joriy aktivlar tarkibida debitorlik qarzlarining tutgan ulushi, % ((1/3)*100)
|
53,3
|
48,3
|
-5,0
|
9
|
Muddati utgan debitorlik qarzlari ulushi, (4/1*100)%
|
-
|
-
|
-
|
Debitorlik qarzlarining aylanish davri ham hisobot yilida 41 (138-97) kunga ortib ketgan. Bu natijaga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti o’tgan yili 97 kunda debitorlik qarzlarini undirgan bo’lsa, hisobot yilida 138 kunda undirishi ma’lum bo’ldi. Natijada, vaqtida undirilmagan debitorlik qarzlari hisobiga faoliyati uchun qo’shimcha mablag’lar jalb etishga majbur bo’ladi.
Yuqoridagi natijalarga, hisobot davrida debitorlik qarzlarining keskin, ya’ni 218496 (383626-165130) ming so’mga ortishi va mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan sof tushumning 393491 (999312-605821) ming so’mga ortishi ta’sir etgan (42-jadval).
42-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik qarzlari aylanishining omilli tahlili
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Debitorlik qarzlari aylanish koeffisienti
|
Debitorlik qarzlari aylanish davri, kun
|
1
|
O’tgan yil
|
3,7
|
97
|
2
|
Shartli ko’rsatkich
|
6,1
|
59
|
3
|
Hisobot yil
|
2,6
|
138
|
|
Farqi (+,-)
|
-1,1
|
+41
|
- mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan sof tushumning o’zgarishi hisobiga
|
+2,4
|
-38
|
- debitorlik qarzlari summasining o’zgarishi hisobiga
|
-3,5
|
+79
|
Hisob – kitoblar:
1. Shartli ko’rsatkichlarning aniqlanishi:
1.1. Debitorlik qarzlarining shartli aylanish koeffisienti (Dksh);
1.2. Debitorlik qarzlarini shartli aylanish davri, kun (Dash).
yoki
42-jadval ma’lumotlariga binoan, debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti va davriga omillar ta’siri quyidagicha bo’lgan:
1. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti o’tgan yilga nisbatan hisobot davrida 1,1 birlikka kamaygan. Bu o’zgarishda mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning 393491 ming so’mga ortishi ijobiy, ya’ni o’rganilayotgan ko’rsatkichning 2,4 birlikka ortishini ta’minlagan. Debitorlik qarzlarining hisobot yilida 218496 ming so’mga ortishi esa salbiy ta’sir etib, o’rganilayotgan ko’rsatkichning 3,5 birlikka kamaytirgan. Natijada, ikki omil yig’indisi hisobiga umumiy kamayish 1,1 (2,4+(-3,5)) birlikni tashkil etgan;
2. Debitorlik qarzlarining aylanish davri ham unga mos ravishda hisobot yili 41 (138-97) kunga ortgan. Mazkur ko’rsatkichning o’zgarishida mahsulot(ish, xizmat)larni sotishda olingan sof tushumning 393491 ming so’mga ortishi ijobiy, ya’ni 38 kunga debitorlik qarzlarini undirilishini qisqartirgan. Ammo, debitorlik qarzlarining hisobot davrida 218496 ming so’mga ortishi natijasida “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektda debitorlik qarzlarini aylanish davri 79 kunga ortgan. Bu, mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning ijobiy natijasi(38)ni ham qoplab, umumiy debitorlik qarzlarini aylanish davrini 41 kun bo’lishini ta’minlagan.
Shu boisdan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko’rishi zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |