Moliyaviy tahlil



Download 1,42 Mb.
bet49/94
Sana20.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#682120
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
Bog'liq
Moliyaviy tahlil

2

3

4

5

6

1. Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi, ming so’m

177000

197000

201000

+24000

+4000

2. Xodimlar soni, kishi

38

36

38

0

+2

3. Shu jumladan:
ishchilar soni, kishi

17

18

19

+2

+1


4. Mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-kunlari, ming kishi-kuni

9,9


10,1


11,2

+1,3

+1,1


5. Mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-soatlari, ming kishi-soat

69,9


77,6


80,9


+11,0


+3,3


6. Bir xodimning yil davomida ishlagan kunlari

260

280

296

+36

+16


7. Ish kuni davomiyligi, soat

7,1

7,7

7,2

+0,1

-0,5

8. Ishchilar sonini xodimlar tarkibida tutgan salmog’i, %

44,7

50,0

50,0

+5,3

0,0


8. Bir xodimning mehnat unumdorligi, ming so’m (1\2)

4658

5472

5289

+631

-183


9. Bir ishchining mehnat unumdorligi, ming so’m (1\3)

10411

10944

10578

+167

-366


10. Mehnat resurslarining bir kunlik ish unumi, ming so’m (1\4)

17878

19504

17946

+68

-1558


11. Mehnat resurslarining bir soatlik ish unumi, ming so’m (1\5)

2532

2538

2484

-48

-54


22-jadval ma’lumotlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining holati va dinamik o’zgarishiga baho berilgan.


Tahlillarga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobot davridagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari o’tgan yilga nisbatdan ortgan. Xususan:
Bir xodimning mehnat unumdorligi 631 (5289-4658) ming so’mga ortgan bo’lib, natijada mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining +24000 (201000-177000) ming so’mga ortishi ijobiy ta’sir etgan. Mehnat unumdorligini aniqlashda foydalanilgan xodimlar soni hisobot yilida 38 nafarni tashkil etib, bu ko’rsatkichning o’tgan yilgi ma’lumotdan farqlanmaganligi bois, uning ta’sir doirasi bo’lmagan. Hisobot yilida mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining o’tgan yilga nisbatdan o’zgarishini zanjirli o’rin almashtirish usulidan foydalangan holda hisoblab, ularning ta’sir doirasi aniqlanadi.
Jadval ma’lumotidan hisobot yilidagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining rejalashtirilganiga nisbatdan biroz pasayish kuzatilgan. Ularning pasayishiga ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining 4000 (201000-197000) ming so’mga ortishi biroz ijobiy ta’sir etgan bo’lsada, boshqa omillar, xususan: -xodimlar sonining 2 nafarga ortishi; mehnat resurslarining yil davomida ishlagan jami kishi-kunlarining 1,1 ming kishi-kuniga, jami kishi-soatlarining 3,3 ming birlikka ortishi salbiy ta’sir etgan.
Jumladan, bir xodimning mehnat unumdorligi (Xmu) hisobot yilida biznes rejaga nisbatdan 183 (5289-5472) ming so’mga kamaygan bo’lib, uning o’zgarishida bir ishchining va xodimlar tarkibida ishchilar salmog’ining o’zgarishi ham ta’sir etgan. Shundan kelib chiqib, xodimlarning mehnat unumdorligini quyidagicha ifodalab, zanjirli o’rin almashtirish usulida baho beriladi:

22-jadvalga binoan, biznes reja va haqiqatda xodimlar tarkibida ishchilarning tutgan salmog’i 50,0 ((18/36)*100; (19/38)*100) foizni tashkil etgan bo’lib, nisbiy ko’rsatkichlar o’zgarmagan. Shu boisdan ham, xodimlarning mehnat unumdorligini rejalashtirilganidan 183 ming so’mga kam bo’lishida uning ta’siri bo’lmagan.
Ishchilarning mehnat unumdorligi esa, hisobot davrida 10578 ming so’mni tashkil etib, bu rejalashtirilganidan 366 (10578-10944) ming so’mga kam bo’lgan. Natijada, ishchilarning mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga xo’jalik yurituvchi sub’ekti xodimining mehnat unumdorligi (Xmuim) 183 ming so’mga kam bo’lgan.

Bu erda,
- xodimlar tarkibida ishchilarning tutgan salmog’i1- uning hisobot davri ma’lumoti;
- ishchining mehnat unumdorligif-uning farq miqdori;
Yuqoridagi hisob-kitoblar asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining omilli tahlili olib boriladi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqaruvchisi uchun takliflar tayyorlanadi.
Demak, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslarini ish vaqti fondini oshirishi samarasiz bo’lgan. Negaki mehnat resurslarining ish vaqti fondini oshirishiga mos ravishda mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi ortmagan. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning keyingi faoliyatlarida mehnat resurslarining ish vaqti fondini qisqartirish yuzasidan tegishli ishlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi jadval va uning tahliliga binoan, mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari tarkibida ishchilarning, ya’ni mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchilarning mehnat unumdorligi, soni muhim o’rin tutib, barcha sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’sir etmoqda. Shu boisdan ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishchilarini mehnat unumdorligiga omilli baho berish (19-jadval), mavjud imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur bo’ladi.
Odatda bir ishchining mehnat unumdorligi (Xmui) quyidagicha ifodalanib, qator omillar ta’sir etadi:


  • bir ishchining yil davomida ishlagan kunlarining o’zgarishi (Ik);

  • ish kuni davomiyligining o’zgarishi (Id);

  • ishchining bir soatlik mehnat unumining o’zgarishi (Xs).

Yuqoridagi fikrlar asosida bir ishchining mehnat unumdorligi omilli tahlil etiladi (19-jadval).

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish