17-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mahsulot(ish, xizmat)lar sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
(ming so’m hisobida)
Ko’rsatkichlar
|
Shartli belgilar
|
Hisobot yili
|
Farqi (+;-)
|
Sotish hajmiga ta’siri
|
biznes reja
|
haqiqatda
|
1. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil boshiga qoldig’i
|
Yb
|
10
|
22
|
+12
|
+12
|
2. Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti
|
T
|
840
|
912
|
+72
|
+72
|
jami (1 satr+2 satr)
|
|
850
|
934
|
+84
|
|
3. Sotilgan mahsulot
|
S
|
700
|
900
|
+200
|
X
|
4. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiriga qoldig’i
|
Yo
|
150
|
34
|
-116
|
+116
|
jami (3 satr+4 satr)
|
|
850
|
934
|
+84
|
|
17-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobot yilida sotgan mahsuloti rejalashtirilganiga nisbatdan 200 (900-700) ming so’mga ko’p bo’lgan. Bu natijaga omillar ta’siri quyidagicha bo’lgan:
tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar qoldig’ining rejalashtirilganidan 12 (22-10) ming so’mga ko’pligi sotish hajmiga ijobiy ta’sir etib, Shu miqdorga oshirgan;
ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining rejalashtirilganidan 72 (912-850) ming so’m ortiqligi, sotish hajmiga ijobiy ta’sir eitib, Shu miqdorga oshirgan;
tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar qoldig’ining yil oxiridagi qoldig’i rejalashtirilganidan 116 ming so’mga kam bo’lganligi ham sotish hajmiga ijobiy ta’sir etib, 116 ming so’mga ortirgan.
Xulosa etib Shuni aytish mumkinki, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilida ko’proq mahsulot(ish, xizmat)lar sotgan bo’lib, mazkur yo’nalishda ijobiy natijalarga erishganligini qayd etish zarur.
Mahsulot sifatining tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayoni tahlilida yana bir jihatga e’tibor qaratilishi va o’rganilishi zarur. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)lar sifati hisoblanadi. Mahsulot(ish, xizmat)lar sifati deganda, uning tovarlilik darajasi, mamlakat va xalqaro standart me’yorlariga egaligiga aytiladi.
Odatda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar sifatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi yoki mamlakatda sifatni belgilovchi tashkilotlar belgilaydi. Shu boisdan ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar sifatini uning tarkibida oliy navlisini, eksportga yo’naltirilayotgan qismi va boshqalarning tutgan salmog’iga ko’ra ham baholash mumkin.
Mahsulot(ish, xizmat)lar sifati xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuqori daromad olishining asosiy manbai hisoblanib, uni quyidagi ko’rsatkichlarni o’rganish orqali tahlil etiladi:
1. O’rtacha nav(sort)lilik darajasi ;
2. Mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligini o’rtacha sotish bahosi - (14-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |