Moliyaviy tahlil


Taqqoslash usuli va uning qo’llanishi



Download 1,42 Mb.
bet17/94
Sana20.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#682120
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
Bog'liq
Moliyaviy tahlil

Taqqoslash usuli va uning qo’llanishi.

Taqqoslash usuli - iqtisodiy tahlilda ko’p qo’llaniladigan usul sifatida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonni ma’lum ko’rsatkichlar bilan solishtirish yo’li bilan tahlil etadi. Masalan, hisobot yil ma’lumotlari biznes reja, o’tgan yillar, eng ilg’or va o’rtacha korxonalarning xuddi Shunday ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi, tegishli xulosalar chiqariladi.
Taqqoslash - inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo’lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo’llaniladigan har bir ko’rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi Shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir.
Taqqoslash mohiyatiturdosh ob’ektlarni o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash bajariladi, o’rganilayotgan ob’ektlar darajasida o’zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanishi qonuniyatlari, ularning o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o’rnatiladi.
Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan ob’ektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy va b.), taqqoslash bazasini tanlash (o’tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona va b.), ob’ektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko’rsatkichlar sonini tanlash, taqqoslash shkalasini tanlash.
Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o’lchovli va ko’p o’lchovli.
Gorizontal qiyosiy tahlil o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o’tgan davr, o’rtacha daraja, fan va ilg’or tajriba yutuqlari) absolyut va nisbiy og’ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog’ini hisoblash yo’li bilan (o’z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog’i), butun va qism nisbatlari (masalan, o’z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), Shuningdek, omillarning natijaviy ko’rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o’zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo’li bilan o’rganiladi.
Faqatgina iqtisodiy tahlilda taqqoslash usulini qo’llashdan oldin tahlilchi quyidagi talablarga amal qilinganligiga e’tibor qaratish zarur:
1. Taqqoslab o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan bir xil bo’lganligiga ishonch hosil qilishi zarur;
2. Taqqoslab o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning bir xil bahoda hisoblanganligiga ishonch hosil qilishi kerak;
3. Taqqoslab o’rganilayotgan xo’jalik sub’ektlarining hajmi bir-biriga mos bo’lishini o’rganish zarur va h.k..

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish