Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, prinsplari


Moliyaviy tahlil fanining mazmuni



Download 158,66 Kb.
bet11/22
Sana01.01.2022
Hajmi158,66 Kb.
#302658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
molyaviy tahlil 1

Moliyaviy tahlil fanining mazmuni

Bozor iqtisodiyoti – bozorning o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari va vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni alohida shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, xususiyatlari amal qiladi.

Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav- jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart. Bu esa ularni mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’min- laydi. Aks holda, ular o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor munosabatlarida o‘rinlarini yo‘qotadilar. Demak, korxonalar bozordagi mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlarni chuqur o‘rganmay turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydilar.

Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat hamda imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosga ega bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Bozor munosabatlari rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxo- nalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini ham ko‘pay- tirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan, bozordagi infrastruktura xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy munosabatlargacha, qiymat yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun tahlil obyekti bo‘lib qolmoqda, ayniqsa, 2009-yildan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Moliyaviy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchi- liklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur- ligini ko‘rsatib berdi.

Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruv- chanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqi- qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini marketing yo‘nalishida olib borishga majbur. Natija esa, strategiya va taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.

Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat uchun qo‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita Moliyaviy tahlil ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat, o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.

Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘- lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo‘nalishning har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat aniq belgilanib olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qili- nadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastavval turli usullar bilan muqobillik asosida tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanish- da imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi.

Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib, u reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita bozordagi holat bilan ham bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ular- ning korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’siri tezkorlik bilan tahlil qilinadi. Shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, bozor sharoitida Moliyaviy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan analitik usulda tahlil qilinib, ularni sintez yo‘li bilan umumlashtirib te- gishli qarorlar qabul qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi.

Moliyaviy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini bajaribgina qolmay, balki uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun ham zarur bo‘lgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moli- yaviy holati hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasavvur hosil qilinadi. Natijada esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb etish imkoniyati tug‘iladi.

Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub- yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh- nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.

Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.

Moliyaviy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:


  1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish.

  2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish. Bunda iqtisodiy tumanlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqla-

rini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoq- larini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi, holbuki, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.

Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadal- lashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo‘nalishlarni tez bartaraf etishda, iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Moliyaviy tahlilni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotni boshqarish, qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtiso- diyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha daraja- larda, asosan, ma’muriy rahbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfa- atlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir. Hozirgi bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini mumkin qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo etadi.

Xo‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko‘pgina ta’sir etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, korxonalar faoliyatini boshqarishda boshqaruv funksiyasi asosiy mavqeni egallaydi, shu bilan birga tahlil ham ushbu funksiyalarning to‘liq faoliyati va darajasi ko‘p jihatdan ularning uslubiyatiga bog‘liqligi bilan, bundan tashqari boshqaruv obyektida fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib turadi.

Bizga ma’lumki, odatda, har qanday fan o‘z predmeti orqali obyek- tiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi. Aynan bitta obyektni turli xil fanlar o‘zining ixtisoslik tomonlaridan yoki aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko‘rinib turganidek, xo‘jalik faoliyati o‘zining mazmuni va strukturasi jihatidan murakkab obyekt ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli korxonalarning xo‘jalik faoliyatini ko‘pgina iqtisodiy fanlar hamda boshqa fanlar o‘rganishi mumkin. Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida ma’lum bir darajada bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki o‘rga- nishda tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlarga, tamoyillariga amal qiladi.




Download 158,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish