Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so’m
Xaqiqatdagi darajaning rejadan farqi
Reja bajarilishi, %
Reja
Xaqiqat
1
22 500
21 600
-900 (21 600 -22 500)
96 (21600/22500)
2
20 200
20 800
+600
102.9
3
28 000
28 200
+200
107.1
4
27 000
26 300
-700
97.4
Jami
97 700
96900
-800
99.18
Mahsulot sifati bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Nisbiy miqdorlarning turlari, ifodasi va uarning tasnifi
Taqqoslash turlari
Taqqoslash nisbiy ifodasi
Tasnifi
Reja vazifalari nisbiy miqdorlari
Krv=Kjr/Ko’y
Joriy yil reja ko’rsatkichini (Kjr) o’tgan yil yoki o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlariga (Ko’y)nisbati
Rejani bajarish nisbiy miqdorlari
Krb=Kh/Kr
Haqiqatda erishgan daraja(Kh) bilan reja ko’rsatkichlari (Kr) nisbati
Dinamika nisbiy miqdorlari
Kdn=Kb /Kbv
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni(Kb),(Kbv) vaqt ichida nisbiy o’zgarishini tavsiflaydi
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar
Ktn=Kab/Kuh
O’rganilayotgan to’’lamning ayrim birliklarini(Kab) uning umumiy hajmiga(Kuh) nisbati
O‘rtacha miqdorlar.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi:
o‘rtacha arifmetik miqdorlar;
garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar;
o‘rtacha xronologik miqdorlar;
o‘rtacha kvadratik miqdorlar.
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar
O‘rtacha arfimetik (Oddiy)
X voqeliklar bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Misol uchun, ishchilarning (N) o‘rtacha ish haqini (X) topish.
O‘rtacha arfimetik (Tortilgan)
X1 voqelik bir necha marta (F1) takrorlansa, ular o‘zaro ko‘p marta qo‘shib hisoblanmay, takrorlanish miqdoriga X1F1 ko‘paytirilib topiladi. Natijani esa takrorlanishlar (∑F) soniga bo‘linadi. Misol uchun, 20 kishining (F1) har biri 50 kg dan paxta (X1) terdi, 40 kishi (F2) esa 60 kg dan paxta (X2) terdi. Har bir kishi o‘rtacha qancha paxta terganligi aniqlanadi.
O‘rtacha xronologik
Voqeliklarni sodir bo‘lish intervallari bir xil bo‘lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o‘rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o‘rtacha miqdorlari topiladi.
O‘rtacha geometrik
Voqeliklar o‘zgarishi koeffitsiyentlarda aniqlanib, koeffitsiyentlar asosida o‘rtacha miqdor topiladi. Misol uchun, baho o‘zgarishlarining o‘rtacha o‘zgarishi aniqlanadi.
O‘rtacha kvadratik
Oddiy arfimetik o‘rtachani yanada aniqlikda hisoblab topish uchun zarur.