Moliyaviy siyosat o’ta nozik va ko’p qirrali tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etsh parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elemntlari bo’yicha tabaqalanishi moliyaviy tizimning rivojlanganligiga va uning ayrim bo’g’inlarining mustaqilligiga bog’liq bo’ladi
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari)
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi.