2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil yetadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYUS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi.
YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUS-lar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).
XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi.
Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan: byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak; bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish. Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi;
Yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-yenergetika kompleksi-ning sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-larida nisbatan katta salmoqning yegallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi. Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-zarblik kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi.
XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : О‘k) nisbati sof foydaga kо‘ra о‘zlik kapitalining rentabellik koyeffitsiyentini kо‘rsatsa, (Sf : T) nisbati yesa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) о‘rtasidagi nisbatni aks yettirsa, ikkinchi tomondan yesa yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadliligi-ga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog‘liq. Shuning-dek, (T : A) nisbati xо‘jalik faolligi koyeffitsiyentini kо‘rsatadi. Bu koyeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik о‘rtacha qiymatiga tо‘g‘ri keluvchi bir sо‘mlik tushum hajmi)ni aks yettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha kо‘p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bо‘ladi. (A : О‘k) nisbati yesa bir sо‘m-lik о‘zlik kapitaliga tо‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdo-rini kо‘rsatadi. Bir sо‘mlik о‘zlik kapitaliga tо‘g‘ri keluvchi aktiv-lar qanchalik kо‘p bо‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bо‘la-di. Bu kо‘rsatkich XYUSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qо‘shimcha manbalarini jalb qilish bora-sidagi mahoratini aks yettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYUS daromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan kо‘rsatkichlarning о‘zaro bog‘liqligini XYUSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi kо‘rsat-kichlar XYUS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish da-rajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayot-gan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xо‘jalik fao-liyatining barcha asosiy parametrlari bilan о‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mо‘ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bо‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
XYUS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baho-lash uchun xо‘jalik faolligi koyeffitsiyentidan foydalanish maq-sadga muvofiqdir. Bu koyeffitsiyent XYUSga tegishli bо‘lgan tu-shumning barcha aktivlarning о‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
Kxf = T : A
bu yerda: Kxf – xо‘jalik faolligi koyeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning о‘rtacha qiymati.
Bu kо‘rsatkich bir sо‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga tо‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning о‘sishi XYUS boshqa barcha moliyaviy kо‘rsatkichlarining oshirishi (kо‘payishi)ga asos bо‘lib xizmat qiladi.
Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga yega. Uzluksiz ravishda doiraviy ayla-nadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYUS faoliyatida faol rol о‘ynaydi. Shuning uchun ham, aylanma aktivlarga joylashtirilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks yettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha kо‘rsatish mumkin:
K = (A : K),
Bu yerda: K – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi;
A – aylanma aktivlar;
K – barcha foydalanilayotgan kapitallar.
XYUSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samaraning olinishi kо‘zda tutilmog‘i lozim. Quyida о‘tkazilishi lozim bо‘lgan yeng muhim tadbirlar va XYUS (XYUS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan olinadigan foy-dali jihatlar о‘z aksini topgan (navbatdagi betga qarang):
Tadbirlar
Foydali jihatlar
XYUSning bozordagi hola-tini, uning moliya-xо‘jalik faoliyatini va boshqaruv sa-maradorligini tahlil qi-lish
XYUS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi muammolari va ularni hal yetishning oqilona yо‘llarini qidirib topish, mo-liyaviy holatni mustahkamlash uchun rezerv-lardan foydalanish
XYUS taraqqiyotining mo-liyaviy strategiyasini ishlab chiqish
Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy fao-liyatning yeng yuqori samaradorligiga yeri-shish imkonini beradigan taraqqiyotning о‘rta va uzoq muddatli mо‘ljallarini asoslash
Kadrlarni tayyorlash va qay-ta tayyorlash
XYUS xodimlari malakasining hozirgi za-mon va istiqbol talablariga muvofiq ke-lishi. Bu narsa XYUS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligi-ning asosiy omili hisoblanadi
XYUS aktivlarini bozor ba-holashi
XYUS ustav kapitalini oshirish imkoniyat-larini amalga oshirish. Bu narsa kreditor-larning yehtimoliy talablarini qondirish-ning minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan kontr-agentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni, fir-ma qiymatining oshishini ta’minlaydi
Mol-mulkni inventarizatsiya qilish va XYUS mulkiy komp-leksini restrukturizatsiya qi-lishni amalga oshirish
Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqar-tirish, XYUS mol-mulkidan oqilona foyda-lanish, ulardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshi-rish
Yerga yegalik huquqini amalga oshirish
Barcha mulkiy kompleksga yegalik huquqini tо‘-laqonli amalga oshirish hisobidan XYUSning investitsion jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi
XYUS ustavini qayta kо‘rib chiqish va menejment bilan shartnomani aniqlash
Rahbarlar suiiste’molliklari imkoniyat-larini cheklash, ishtirokchi (ta’sischi)lar oldidagi ularning javobgarliklari va XYUS faoliyatining natijalaridan ular-ning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish
Moliyaviy hisobotning xal-qaro andozalaridan foyda-lanishga о‘tish
XYUS faoliyatining “oydinlik” dara-jasini oshirish va investitsion jozi-badorlikning yanada yuqoriroq daraja-sini ta’minlash
Byudjetlar tizimidan foy-dalanish asosida XYUSning asoslangan biznes-rejasini ishlab chiqish. Qarz mablag‘-larini jalb qilishning jo-riy va istiqboldagi reja-larini tuzish
XYUS xо‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan mо‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYUS joriy va istiqboldagi rivoj-lanishining yeng muhim muammolarini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning konsentratsiya qilinishiga imkon beradi.
Taraqqiyot bashoratlarini bozor muhitining asosiy parametrlari bilan bog‘liq-likda ishlab chiqish
Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa yesa, о‘z navbatida, iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantiradi va uning barqaror rivoj-lanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirishga yordam beradi.
Harakat (amal)dagi XYUSda investitsion-biznes loyiha-ni ishlab chiqish
Ishlab chiqarish siklining alohida joy-larida taraqqiyotning asosiy proporsiyala-rini asoslash va quvvatlardagi nomuvofiq-likka barham berish. XYUSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshi-rishga yordam beradi
Aktivlarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasini tako-millashtirish
Yuqori talabga yega bо‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga muvofiqligini ta’min-lash maqsadida XYUSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktiv-larni ularning “ballast” qismidan toza-lash va keraksiz aktivlarni sotish
XYUSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bо‘linma-lari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorli-gini oshirish, XYUS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga yerishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bо‘ysunishi va о‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori bо‘lgan integral samaraga yerishishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |