Xojalik yurutuvchi subektlarning baxo siyosati va baxolarini shakillantirish asoslari
Reja :
1 Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
3 Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin;
Xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan iqtisodiyotning yehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas;
sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;
uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydala-nilmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |