“Moliyaviy risklarni boshqarish” fanining predmeti Iqtisodiyotning turli sohalarining moliyaviy faoliyatida risklarni tahlil qilish, baholash, pasaytirish va samarali boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar tashkil qiladi.
Fanning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan magistrantlar uchun moliyaviy risklarni boshqarish yuzasidan nazariy bilimlar berish, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib, moliyaviy risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari:
Moliyaviy risklarning mohiyatini;
Risk-menejment va uning mohiyatini;
Moliya bozori risklari: turlari va tabiatini;
Fond bozori risklarni boshqarishni;
Bank risklarini;
Kredit risklarini boshqarishni;
Valyuta risklarini boshqarishni;
Foiz risklarini boshqarishni;
Inflyatsiya risklarini boshqarishni;
Investitsiya risklarini boshqarishni;
Moliyaviy risklarni pasaytirish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Riskning mohiyati foyda olish yoki zarar ko‘rish, mol-mulkni yo‘qotish, joylashtirilgan investitsiyadan olinadigan daromadning kutilganidan farqlanishi kabi ehtimol bo‘lgan natijalarga asoslanadi. Xususan, moliya sohasida risk nisbatan keng talqinda tushuniladi. Shu bois risk nafaqat daromadni qo‘ldan chiqarish, uning kutilganidan pastligi, ya’ni salbiy natija, balki foydaning kutilganidan yuqoriligi, ya’ni ijobiy ko‘rsatkich sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Risklar turlari bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Iqtisodiy va moliyaviy risk
Kredit riski
Investitsiya riski
Sug’urta va qayta sug’urtlash risk
Loyiha risk
Bozor risk
Texik risklar
Ijtimoiy risk
Operatsion risk
Hammasini sanaydigan bo’lsak, juda ko’p risk turlari mavjud bo’lib, biz asosan quyidagi turlari bo’yicha o’rganamiz.
Pulning xarid qobilyati bilan bog’liq risklar
Kapital qo’yilmalar bilan bog’liq risklar
Korxona xo’jalik faoliyati
Moliyaviy risklarining asosiy belgilari- riskning pirovard natijasi (oqibati) mol-mulkni yo‘qotish, foydani qo‘ldan chiqarish hisoblanishi moliya institutlari faoliyati bevosita risk qamrovida kechishini anglatadi
Risklarini boshqarish asosiy tamoyillarini quyidagi malumotlari orqali ham ifodalsh mumkin:
Insonning o’z faoliyati davomida ayrim risklarga duch kelinishi
Risk mavjud bo’lmagan tashkilotlarga risklarni boshqarish uchun javobgarlik boshqaruv xodimlari bo’ylab taqsimlanishi
Moliyaviy risklarning o‘zaro bog‘liqligi — moliyaviy riskni bartaraf etish mumkin emas. Bu dalil moliya nazariyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan «risk-daromad» konsepsiyasiga asoslanadi. Shu bois, moliyaviy riskni faqat daromad olishdan voz kechish orqali bartaraf etish mumkin; — moliyaviy risk ehtimollikka ko‘ra o‘lchanadi, u moliya institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan aktivlar transformatsiyasi jarayonida yuzaga keladi; — risklarni minimallashtirishning mavjud shakl va usullari risk turining boshqa risk turi(odatda kredit riski)ga almashtirilganligini yoki subyektlar o‘rtasida diversifikatsiyasi amalga oshirilganligini anglatadi, xolos. Moliyaviy faoliyat riski diversifikatsiyasi - o‘zaro bog‘liqlik bo’lmagan moliya operatsiyalari daromadliligiga asoslanadi. Mahsulot (ish, xizmat) xaridorlari riski diversifikatsiyasi – kredit risklarini minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Real investitsiya dasturlari riski diversifikatsiyasi – asosiy investitsiya loyihasiga nisbatan kam xarajatli bo’lgan loyihalar tanloviga asoslanadi. Valyuta savatchalari riski diversifikatsiyasi – tanlov orqali valyuta risklarini minimallashtirishni nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlar portfeli riski diversifikatsiyasi – portfelning daromadliligini kamaytirmagan holda ivestitsiya risklarini minimallashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Moliya bozori risklari diversifikatsiyasi – bozor segmentlarida keng ko’lamli faoliyat yuritilishi orqali bir segmentda ko’rilgan zararni boshqa segmentda erishilgan samara evaziga kompensatsiyalash hisobiga risk minimallashtirilishiga erishiladi.
Moliyaviy risklar diversifikatsiyasi va ularning asosiy yo‘nalishlari
Moliyaviy faoliyat riski diversifikatsiyasi - o‘zaro bog‘liqlik bo’lmagan moliya operatsiyalari daromadliligiga asoslanadi.
Mahsulot (ish, xizmat) xaridorlari riski diversifikatsiyasi – kredit risklarini minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Real investitsiya dasturlari riski diversifikatsiyasi – asosiy investitsiya loyihasiga nisbatan kam xarajatli bo’lgan loyihalar tanloviga asoslanadi.
Valyuta savatchalari riski diversifikatsiyasi – tanlov orqali valyuta risklarini minimallashtirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |