Moliyaviy risklar nazariyasi



Download 46,34 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2023
Hajmi46,34 Kb.
#946427
  1   2   3
Bog'liq
1-ma`ruza


1-mavzu. Moliyaviy risklar nazariyasiga kirish
Reja:

  1. Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo‘nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.

  2. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar.

  3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar.

  1. Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo‘nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi

“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo‘lg‘usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o‘rgatuvchi fandir.
Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etib, ushbu yo‘nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o‘rganish va bo‘lg‘usi moliyachilargaa o‘rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo‘llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog‘liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo‘llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o‘z ichiga olgan.


  1. Download 46,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish