Moliyaviy risklar mohiyati



Download 16,97 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi16,97 Kb.
#521863
Bog'liq
mol risk


Moliyaviy risklar mohiyati
Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz:
Korxonalarda moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi



Tasniflanish belgisi

Tasniflanishi

1

Tavsiflanadigan ob’ekti boʻyicha

1.1. Alohida moliyaviy operatsiyalar riski

1.2. Moliyaviy faoliyatning turli koʻrinishlari boʻyicha risklar

1.3. Yaxlit korxona moliyaviy risklari

2

Tadqiq qilinadigan instrumentlar majmui boʻyicha

2.1. Individual moliyaviy risklar

2.2. Portfel moliyaviy riskla

3

Oʻzaro uygʻunligi boʻyicha

3.1. Oddiy moliyaviy risklar

3.2. Murakkab moliyaviy riskla

4

Yuzaga kelish manbalari boʻyicha

4.1. Tashqi yoki tizimli risklar

4.2. Ichki yoki tizimsiz risklar

5

Moliyaviy oqibatlari boʻyicha

5.1. Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi risklar

5.2. Foydaning kamayishiga ta’sir etuvchi risklar

5.3. Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi yoki qoʻshimcha daromadlilik riskla

6

Vaqt jihatdan paydo boʻlish tavsifiga koʻra

6.1. Doimiy moliyaviy risklar

6.2. Vaqtinchalik moliyaviy risklar

7

Yuzaga kelish ehtimoli darajasi boʻyicha

7.1. Yuzaga kelish ehtimoli past darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.2. Yuzaga kelish ehtimoli oʻrtacha darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.3. Yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.4. Yuzaga kelish ehtimolini aniqlash mumkin boʻlmagan moliyaviy risklar

8

Moliyaviy yoʻqotishlar darajasi boʻyicha

8.1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan (ta’siri kam) moliyaviy risklar

8.2. Keskin moliyaviy risklar

8.3. Halokatli moliyaviy risklar

9

Oldindan koʻra bilish imkoniyati boʻyicha

9.1. Prognozlashtiriladigan moliyaviy risklar

9.2. Prognozlashtirilmaydigan moliyaviy risklar

10

Sugʻurtalash imkoniyati boʻyicha

10.1. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar

10.2. Sugʻurtalanmaydigan moliyaviy risklar

Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilmaxilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.


Korxona moliyaviy barqarorligi pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi (foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib Moliyaviy barqarorlik pasayish riski Toʻlovga layoqatsizlik riski Investitsion risk Inflyatsion risk Foiz riski Valyuta riski Soliq riski Kredit riski Depozit riski Innovatsion moliyaviy risk Kriminogen risk Risklarning boshqa turlari Moliyaviy risklar turlari 236 ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Bu riskning tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy leverij amal qilish mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi.
Korxona toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik prinsipi. Bu risk korxonada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi.
Investitsion risk. U korxonaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida tayyor boʻlmasligi riski, loyihakonstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, qurilishmontaj ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi.
Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.
Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning 237 tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida koʻzga tashlanadi.
Valyuta riski. Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xom ashyo va materiallar importi boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab boʻladi.
Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riski korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar uchun bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.
Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi.
Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi.
Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi.
Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin.
Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi.
Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir qismining oldi olinadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’eti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviyxoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi.
Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin.
Download 16,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish