Byudjetni tuzish va ijro etishda moliyaviy nazoratning ahamiyati.
Javob:
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyot rivojlanishini turli bosqichlarida byudjet davlat siyosatini amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini asosiy manbai hisoblanadi. Davlat byudjeti, davlat xokimiyatining kundalik masalalarini ham, rivojlanish istiqbollari vazifalarini ham hal etishda katta ahamiyatga egadir.
Byudjetni shakllantirish avvalo uning xarajat qismini tuzish yo’li bilan yuz beradi, chunki davlat o’zida mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqibgina xarajatlar qilishi mumkin emas. Davlat avvalo jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida uning oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur mablag’lar hajmini belgilashi va shundan keyingina o’z qo’lida bo’lgan byudjet daromad qismini to’ldirishning asosiy vositasi - soliqlar va boshqa manbalar yordamida ana shu moliyaviy resurslarni jalb etishi kerak.
Byudjet tizimi va byudjet jarayonida yuzaga keladigan barcha bosqichlarda “Byudjet kodeksi” talablariga, byudjet tizimining asosiy tamoyillariga, byudjet tizimi to’g’risidagi me’yoriy xarajatlarga, yo’riqnoma va tartiblarga amal qilinishi byudjet intizomitushunchasini belgilaydi2.
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar sharoitida byudjet nazoratining ahamiyati o’sib boradi va yangicha mazmun kasb etadi.
Byudjet nazorati davlat moliyaviy nazoratining muhim qismi bo‘lib, byudjet jarayonida amalga oshiriladi.
Uning bosh maqsadi – byudjet munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan byudjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishdir, shuninhgdek byudjet mablag’larini hosil qilish va ishlatishda maqsadlilik, samaradorlik, tartiblilik, qonuniylikning ta’minlanishiga erishish zarurligidan iboratdir.
Byudjet nazoratining vazifalari:
byudjet moddalari hajmi, tarkibi va maqsadliligi bo‘yicha to‘g‘ri tuzilishi va ijro etilishini ta’minlash;
byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat;
barcha darajadagi byudjetlar va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat;
byudjetning shakllanishi va ijrosiga ta’sir etuvchi davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, davlat dasturlarining moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to‘g‘riligi ustidan nazorat;
Nazorat iqtisodiy ishlarni tashkil qilishda etakchi rolni O’zbekiston Respubikasi Moliya vazirligi bajaradi.
Har yili mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi va o’tgan yillar bilan solishtiriladi
Mahalliy byudjetlar ijrosini taftish va tekshirishlardan o’tkazish Moliya vazirining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi va vazirlikning barcha soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Bundan tashqari, moliya organlarida Hukumat topshiriqlari va Moliya vazirligi Hay’ati yig’ilishi hamda vazirlik rahbariyati topshiriqlariga asosan ma’lum bir yo’nalish, soha bo’yicha mavzuli tekshirishlar ham o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |