Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tamoyillari.
Javob:
Ko’p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir tsivilizatsiyalashgan davlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, obyektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi.
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim taiyillaridan biri bo’lib, birinsidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog’i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta’minlovchi omil bo’lib nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko’zda tutadi.
Ob’ektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo’lishlarini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazoart organlarining jamoatchilik ommaviy ahborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.
Moliyaviy nazoratning amalga oshirish subyektlari bo’yicha turlari.
Javob:
Moliyaviy nazoratning amalga oshirish subyektlari bo’yicha turlari quydagilardan iborat:
Mahkamaviy moliyaviy nazoratning mohiyati va ahamiyati.
Javob:
Umumdavlat hamda idoraviy moliyaviy nazoratlar birgalikda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etib, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tomonidan olib boriladi. Bunda davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek davlat va mahalliy mulkdan qonuniy foydalanish ustidan moliyaviy qonunchilik asosida tartibga solinadigan faoliyat tushuniladi. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat obyektlari faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va mansabdor shaxslarni jazolashgina emas, balki og’gohlantirish va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarni oldini olishdan iborat.
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat moliyaviy nazorati respublika darajasida va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |