Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy asoslari. Javob


 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi o‘rni



Download 0,84 Mb.
bet26/30
Sana21.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#833934
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1.4.Молиявий назорат

9. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi o‘rni.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi.Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin11.
Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’ladi .
Parlament tarixi asrlar bilan o’lchanadi. Zamonlar o’zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o’zgarib, uning mohiyati yangi g’oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko’rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko’rsatish masalalarini o’zicha hal etadi.
O’zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va modernizasiya qilishning davlatimiz boshlig’i tomonidan olg’a surilgan ustuvor yo’nalishlari hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi va ushbu dasturning nazorati amalga oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati(yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi bo’lib, 100 ta Senat a’zosidan iborat. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qo’mitalari majlislariga to’planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senat a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi.Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat faoliyati majlislarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamotachilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi quyidagilar bilan izohlanadi:

  • Senat, shuningdek senatorlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kirgan maslalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqti nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so’rovi yuborishga haqli;

  • Paralament so’roviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxmlari Senat majlislarida beradilar;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo’llangan parlament so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taaluqli bo’lishi mumkin emas;

  • Parlament so’rovlari bo’yicha axborot Senat majlisida muxokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari bo’yicha qaror qabul qiladi.

Senat tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi boshqa vakolatlari quyidagilardan iborat:

  • Senat har yili o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushgandan keyin eshitadi va muhokama qiladi;

  • Senatning O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotlari yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingandan e’tiboran 10 kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining qonun xujjatlarida belgilangan tartibda Senatga taqdim etgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko’rib chiqiladi;

  • Senatning qo’mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan xujjatlar, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishlari mumkin;

  • Senatning qo’mitalari yoki senatorlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak;

  • Senat qo’mitalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etayotgani, palata qo’mitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani to’g’risidagi axborotlarni eshitishi qo’mitalarning ish rejalariga muvofiq o’tkaziladi.

Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, nosoliqli to’lovlarni belgilaydi (o’rnatadi), Davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o’rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshirilayotgan parlament nazoratining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, O‘zbekiston qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari ijrosi ustidan nazoratni;
ikkinchidan, O‘zbekiston Prezidentining muhim siyosiy masalalar bo‘yicha farmonlarini tasdiqlash orqali nazoratni amalga oshirishni;
uchinchidan, davlat byudjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishni;
to‘rtinchidan, inson huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi nazoratni;
beshinchidan, davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash yoki tasdiqlash yo‘li bilan nazorat shaklini amalga oshirishni;
oltinchidan, parlament oldida hisobdor organlar va mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglash va ular faoliyati yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish orqali nazoratni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Bularning barchasi davlat hokimiyatini amalga oshirishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda parlamentning ustuvor ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi
Oliy qonun chiqaruvchi organ faoliyatini demokratlashtirish, huquqiy asoslarini takomillashtirish jarayonida davlat hokimiyati organlari tizimida parlamentning roli va ahamiyati sezilarli darajada yuksaldi. Jumladan, 2014 yili O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga parlament nazorati institutini konstitutsiyaviy mustahkamlashga, qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat qilish vazifalarini yanada kengaytirishga, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi.
Xulosa qililb aytadigan bo‘lsak, yuqorida ko‘rib chiqqan qonunimiz Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi javobgarligini kuchaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi. Shuningdek, Konstitutsiya hamda qonunlar talablarining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning yagona bir tizimga solingan qonunchilik bazasini yaratib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Ushbu huquqiy hujjatda parlament nazorati subyektlari hamda obyektlari aniq belgilab berildi, uning shakllari mustahkamlab qo‘yildi, parlament nazorati natijalari yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar, uning natijalari bo‘yicha ish yuritish mexanizmlari tartibga solindi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish