Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi


Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish



Download 32,49 Kb.
bet3/3
Sana05.07.2022
Hajmi32,49 Kb.
#740179
1   2   3
Bog'liq
Ozodbek

Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish


  • XYuSning barcha moliyaviy resurslari qanday resurslardan tashkil topadi?


  • XYuSning o‘z mablag‘lari nimalar hisobidan shakllanadi?


  • moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?


  • qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushumlarning tarkibi nimalardan iborat?


  • investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qanday ko‘rinish-larda kelib tushadi?


  • amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanaveriladimi va foyda deganda nima tushuniladi?


  • amaliy faoliyatda “foyda”ning barcha tushunchalarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin?


  • faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar ko‘p hollarda foydaning qanday ko‘rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi?


  • asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?


  • balans foyda nimadan iborat?


  • sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?


  • hisobotlarda foyda qanday ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin?


  • XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday hisobotda o‘z aksini topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur bo‘lgan qanday muhim ma’lumotlar mujassamlashgan?


  • faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar va xarajat-lar qanday tarzda hisoblanadi?


  • boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo‘ladi?


  • foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?


  • yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foyda va nihoyat, sof foyda qanday aniqlanadi?


  • foydaning taqsimlanish tartibi qanday?




    1. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari


  • rentabellik ko‘rsatkichi o‘zida nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?


  • moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning qanday ko‘rsatkich-laridan tez-tez foydalaniladi?


  • sotuv (sotish) rentabelligi qanday aniqlanadi?


  • o‘z kapitalining rentabelliginin aniqlash tartibi qanday?


  • aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?


  • aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o‘zida nimani aks ettiradi?


  • investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti qanday hisoblana-di?


  • rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning qanday guruhlari bilan bog‘liq?



  • Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi.



  • Avvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi.

  • Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi –

  • bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi . Bu haqda respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida shunday deyiladi:

  • Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi

  • ko‘rsatkich bo‘lib, u:

  • • Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;

  • • Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;

  • • Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;

  • • Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;

  • • Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;

  • • Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga javob berishligini;

  • • Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.

  • Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.

  • Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • • korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi;

  • • ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • • korxona ustav jamg‘armasining hajmi;

  • • korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati;

  • • o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;

  • • korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.

  • Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga

  • tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilar-

  • ni kiritish mumkin:

  • • korxonaning tovarlar bozoridagi holati;

  • • korxonaning eksport va import aloqalari;

  • • korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi;

  • • bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar;

  • • respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx-navo va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.

  • 3.Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli savolni qo‘yish mumkin. Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik)

  • ko‘rsatkichlarining darajasiga binoan, korxonadagi qanday muam-

  • molarni yechish mumkin bo‘ladi? Bu savolga talabalarning munosabat qanday? Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari bilan tanishish lozim. Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini chegaralab olish lozim. Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi.

  • Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.

  • A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham xuddi shu fikrga ega. Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyentining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar. Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham bizning fikrimizcha notug‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi va moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi aniqlanishi lozim va bu kriteriya sifatida korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiya etiladi. Bizningcha esa, avvalambor, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi aniqlanil-maydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustahkamlik bo‘yicha ham kriteriyalar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari, V.G.Artemenko va M.V.Bellendirlar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birga absolut ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan.

  • Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolut farq esa – moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishdagi eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida kelishuvchanlik hali mavjud emas ekan. Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli ko‘rsatkich bo‘lib, korxona faoliyatining barcha tomonlari natijasi unda aks etadi. Moliyaviy barqarorlikka erishgan korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  • - bozor munosabatlarini har xil sharoitlarida ham faoliyat yurita olishi;

  • - korxona pul mablag‘larini erkin harakat qilishi;

  • - moliyaviy resurslarni bozor talablariga mos kelishi;

  • - moliyaviy resurslar holati ishlab chiqarishni rivojlantirish va to‘lov qobiliyati, kreditga layoqatligini ta’minlay olishi;

  • - ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlarini manbalar bilan qoplanishi.

  • Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikka taalluqli ko‘rsatkichlar, ularni hisoblash yo‘llari va tahlili yetarlicha yoritilmagan. Moliyaviy barqarorlik mazmun jihatidan turlicha ta’riflanadi. To‘lov qobiliyati, balans likvidligi, korxonani bozor faolligi ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rilishi mutlaqo noto‘g‘ri. Tahlil davomida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarga e’tiborni qaratmoq lozim.

  • Ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.

  • - korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;

  • - ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi (strukturasi);

  • - ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;

  • - xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;

  • - mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan, zaxira va rezervlar, ular tarkibi va tuzilishi.

  • Tashqi omillarga xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari, to‘lovga qodirlik, xaridorlarning daromadlik darajasi, davlatning soliq va kredit bo‘yicha siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi. Umumiy barqarorlik chegarasini yuqori yoki past bo‘lishi turli xil sabablarga bog‘liq (-chizmaga qarang).

  • - «Barqarorlik zaxirasi» - bir necha yillar davomida shakllangan moliyaviy zaxiralar miqdori tasodifiy va keskin tashqi kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan.

  • - texnik – iqtisodiy barqarorlik – investitsiya loyihalari samaradorligi, texnika bilan qurollanish darajasi, ishlab chiqarish, mehnat, boshqaruvni tashkillashtirish; pul oqimlarini harakati tufayli foydaga erishishni ifodalaydi.

  • - moliyaviy barqarorlik – daromadni xarajatlarga nisbatan va resurslar holatini yuqori bo‘lishi, pul mablag‘larining erkin harakatini ta’minlaydi, mablag‘lardan samarali foydalanish ishlab chiqarish uzluksizligi, uni kengaytirish va yangilanishi uchun zamin yaratadi.

  • Moliyaviy barqarorlik o‘z va chetdan jalb etilgan kapitallar nisbati, joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyat tufayli o‘z kapitali 331

  • jamg‘armasini o‘sish darajasi, harakatchan va immobilizatsiya qilingan resurslar nisbati, zaxiralarni o‘z mablag‘lari manbayi bilan ta’minlanishini ifodalaydi. Demak, moliyaviy barqarorlik moliyaviy resurslar holati birinchidan, bozor talabiga mos kelishi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashi lozim.

  • - joriy – konkret (aniq) davr mobaynidagi moliyaviy barqarorlik;

  • - imkon – tashqi sharoit o‘zgarishini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik;

  • - yuzaki – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, chetdan beriladigan yordam tufayli moliyaviy barqarorlik;

  • - real – raqobat sharoitida kengaygan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik.

  • Professional so‘z boyligida «moliyaviy barqarorlik» terminini ishlatilishi bir xil ma’noni anglatmaydi.

  • Chet el iqtisodiy adabiyotlari va jahon amaliyotida «moliyaviy barqarorlik» so‘zini ifodalanishidagi farqlanish korxona balansi tahliliga ikki xildagi yondoshish, ya’ni balans likvidligini an’anaviy va zamonaviy funksional usullarini qo‘llash orqali yuzaga keladi.

  • Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli orqali aniqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • - minimal moliyaviy tenglik qoidasi – ijobiy likvidlikka asoslangan bo‘lib, bunda joriy aktivlar likvidligining o‘sishi majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi shart;

  • - maksimal qarzdorlik qoidasi – an’anaviy me’yorlarga muvofiq korxona qarzini o‘z mablag‘lari bilan qoplanish chegarasi: uzoq va o‘rta muddatli qarzlar doimiy kapitalning yarmidan yuqori bo‘lmasligi lozim.

  • - maksimal moliyalashtirish qoidasi – oldingi qoidaga rioya qilin-332

  • gan holda qarz kapitali barcha qo‘yilmalar uchun to‘lanadigan foiz summalaridan ortib ketmasligi lozim.

  • - Funksional balans likvidligini tahlili orqali moliyaviy barqarorlik quyidagi shartlarga rioya qilgan holda aniqlanadi:

  • - moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun stabil resurslar – doimiy kapital va unga tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan aktivlarni 100 % qoplashi lozim. Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil joylashgan mablag‘lar stabilga ega bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlar shaklida moliyalashtirilganligini ifodalaydi. Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli moliyalashtirish tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar quyidagilarga olib keladi:

  • - oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida vaqtinchalik erkin harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi;

  • - oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning natijasida chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga;

  • - umumiy qarzdorlikni baholash – chetdan jalb etilgan qarz mablag‘lari o‘z mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir.

  • Amaldagi iqtisodiy fan o‘z tasarrufida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etishning ko‘plab usullari va uslublarini jamlagan.

  • Ular bozor munosabatlari sharoitida tahlil oldiga qo‘yilgan yangi talablar tufayli o‘zgarib boradi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etishning usullari chizmada keltirilgan.

  • Korxona faoliyati murakkab tizim va tizilmalardan iborat bo‘lib, shu tufayli uning barqarorligini baholash kompleks tarzda yondoshgan holda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish kerak.

  • Ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: mutlaq, nisbiy.

  • Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlar ishtirokida aniqlash uchun ishlab chiqarish zaxiralarini uni tashkil etuvchi manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari, bankdan olingan uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit va qarzlar summalari bilan taqqoslanadi. Nisbiy ko‘rsatkichlar foiz, koeffitsiyent, indekslar ko‘rinishida ifodalanadi.

  • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Undagi ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab, mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanish aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iboratdir:

  • 1. Jami mablag‘dagi korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushini qanchaligini hisoblashdir yoki bu quyidagi tartibda topiladi:

  • a) korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ jami mablag‘ (balans jami)

  • Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik moliyaviy barqarorlik yuqori bo‘ladi.

  • 2. Korxonadagi o‘ziga qarashli mablag‘ bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat yoki bu quyidagi tartibda topiladi: b) qarzga olingan mablag‘

  • o‘ziga qarashli mablag‘

  • O‘ziga qarashli mablag‘ ulushi ortgan sari moliyaviy barqarorlik kuchayib boradi.

  • 3. Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni uzoq muddatli qarz mablag‘larini korxonaning o‘ziga qarashli va qarz

  • mablag‘lar summasining yig‘indisiga bo‘linadi yoki bu quyidagi tartibda aniqlanadi :

  • d) uzoq muddatga olingan qarz mablag‘ korxonaning o‘ziga uzoq muddatga olingan

  • qarashli mablag‘ qarz mablag‘

  • 4. Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:

  • e) o‘ziga qarashli aylanma mablag‘ o‘ziga qarashli jami mablag‘

  • 5. Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti yoki bu quyidagicha topiladi:

  • f) asosiy vositalarning eskirish summasi asosiy vositalar + nomaterial aktiv

  • Bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari bo‘yicha topiladi:

  • 6. Korxona mulki tarkibidagi asosiy vositalarning aniq qiymati koeffitsiyenti, bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari asosida hisoblanadi va quyidagicha topiladi:

  • j) asosiy vositalar (qoldiq bahoda) jami sof mulk

  • 7. Korxonadagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti, buni hisoblash quyidagicha bo‘ladi:

  • k) aylanma mablag‘lar (zaxira va pul mablag‘lari) jami mulk (balans jami)

  • Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi

4. Iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni sog'lomlashtirish uchun jamg‘armalarning ichki kapital qo'yilmalar va xorijiy investitsiyalami jalb qilish sifatida real investitsiyalarga aylantirilishini hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyotni o'rganish shundan dalolat beradiki, investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilish sohasida ularni realizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, ekspertizalar o'tkazishning roli o'sib borayapti. Bu muammoni hal etish xalqaro andazalarining mujassamlashgan shakllari YuNIDO metodikasida o'z aksini topgan. Biroq har bir mamlakat iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatiari bu metodikada mavjud boigan an’anaviy yondashuvlardan to'g'ridanto'g'ri nusxa olishga imkon bermaydi va shuning uchun ham ularni har bir mamlakatning xo'jalik sharoitlariga moslashtirish kerak. Bunda joylashtiriladigan (quyila—digan) mablag'laming qoplanishi va avanslashtirilgan kapitalga investor tomonidan talab qilinadigan daromad normasini olish bo'yicha investitsion takliflarni sifati jihatidan ekspertiza qilish muhimdir. Ana shu yo'nalishda investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatidan asoslash, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardoshligi, shuningdek vakolatli
bankning kafolatini xarakterlaydigan tegishli ekspert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi.
Xorijiy bank bilan kredit bitimini tuzishda, eng avvalo, toiovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash kerak. Odatda, XYuS kredit bo'yicha quyidagi to'lovlarni amalga oshiradi:

bitim summasining 15%idan kam bo'lmagan avans toiovlarining birlamchi (boshlang'ich) badali (o'zlashtirish boshlangunga qadar) — kredit bitimi tuzilgandan keyin bir oy ichida;

sug'urta badali — sug'urta riskini baholashga nisbatan 3%dan kam bo'lmagan miqdorda;

xizmat ko'rsatuvchi banklaiga komission to'lovlar — kreditning o'zlashtirilmagan qoldig'iga komissiya, kreditni tashkil qilish uchun haq, xorijiy sug'urta agentliklarida qayd etilganligi uchun haq.

Xorijiy firmalar bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni o'zlashtirish davrida birinchi bosqichda foiz va mamlakat banklari tomonidan operatsion xarajatlar bo'yicha to'lovlar amalga oshiriladi. Qaytarishda esa (to'liq o'zlashtirilganidan so'ng) qarzning asosiy summasi (xorijiy bankning grafigiga muvofiq ravishda) o'tkaziladi va foizlar bo'yicha to'lovlar to'lanadi. Taqdim etilgan takliflarni realizatsiya qilish mexanizmi, bir tomondan, xorijiy investitsion kreditlarni oluvchilarning tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi va ikkinchi tomondan esa, ulardan maqsadli foydalanish ustidan ta’sirchan nazorat bo'lishini ta’minlaydi. Investitsiyalash—tirishning natijaliligini oshirish uchun investitsion loyihalarni, shu jumladan xorijiy kredit liniyalariga qo'shish uchun ham, tanlab olish tartibi tartibga keltirilmog'i lozim. XYuS va tashkilotlaming arizalarini ulaming asoslanganligi bo'yicha xulosalar uchun tarmoq, korporativ va mintaqaviy darajalarda qayta ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Tanlovning joriy etilishi bitimning eng yaxshi shartlarini — mamlakat XYuSlarining iqtisodiy manfaatlariga to'liq javob beradigan mahsulotni tanlash — qo'lga kiritishga imkon beradi.
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirish uchun innovatsion loyihalarni tanlashda asosiy mezonlarning quyidagi tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq:

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va qarz oluvchining

birlamchi (boshlang'ich) badalni to'lash bo'yicha moliyaviy imkoniyati;

texnik va texnologik ahvoli;

tijoriy samaradorligi va valyutaviy qoplanuvchanligi;

huquqiy ta’minlanganligi va ekologik xavfsizligi.

Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar bo'yicha moliyalashtirishga qabul qilinadigan loyihalar manfaatdor vazirliklar va idoralar, mintaqaviy ma’muriy organlar, XYuSlar, tashkilotlar va banklarning roziligi bo'yicha shakllanadigan ustuvor investitsion loyihalar ro'yxatiga kiritilgan bo'lmog'i darkor.
Investitsion loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan asoslashda ob’ektiv moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga ega. Loyihani ishlab chiqarish jarayoni g'oyaning paydo
bo'lgan vaqtidan XYuS ishga tushirilgunga va quwatlar o'zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bo'ladi:

tayyorgarlik ko'rish bosqichi;

investitsion bosqich;

operatsion bosqich



Yuqoridagi bosqichlarning har biri bir necha quyi bosqichlardan iborat bo'lib, ularda turli-tuman tadqiqot, konsultatsion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha siklining har bir bosqichi esa o'zaro bir-biri bilan bog'langandir
Download 32,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish