Yuksak texnologiyalar bugungi kunda o’z oldiga yuqori likvidli va eksportga
yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini qo’ygan har qanday
rivojlangan davlatning barqaror va texnologik iqtisodiyotni hamda sanoatining
ajralmas qismiga aylandi. Ular kompaniyalar, xalq va davlatni birlashtirgan holda
mavjud ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos “asab” tizimini tashkil
etadi. Axborot inqilobi, nafaqat yangi yechimlar va yangi imkoniyatlarni, balki
yangi muammolarni ham keltirib chiqaradiki, ular vaqt o’tishi bilan tobora
texnologiyalarning joriy qilinishi katta moddiy va ishchi kuchi sarflarini talab
etadi, shuning uchun hamma mamlakatlar ham bu yo’lda birdek say - harakatlarni
22
amalga oshira olmaydi. Dinamik tarzda o’sib borayotgan, ko’p tarmoqli tizimni
tashkil etgan axborot - kommunikatsiya texnologiyalari sohasi tizimlashtirish
uchun katta qiyinchilik tug’diradigan ob’ektdir.
Jahon axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalari yutuqlarining tahlili
axborot - kommunikatsiyalar biznesining funkional modelini ishlab chiqishga
imkon berdi (4-rasm). Berilgan mazkur modeldan ko’rinib turibdiki, axborot -
kommunikatsiyalar biznesi uchta asosiy omil bilan tariflanadi: muhit, bozor va
vazifalar. Bu omillarning majmuasi interaktiv xizmatlarni shakillantirish bo’yicha
yagona moliyaviy-iqtisodiy siyosatni yuritishga yordam beradi.
Taxlillarimiz axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan keng ko’lamda
foydalanmasdan turib davlat miqyosidaga quyidagi asosiy masalalarni xal etish
mumkin emasligini ko’rsatadi:
1.Davlat xavfsizligi. Xozirgi kunda intellektual dasturiy tizimlar bizga ma'lum
va ma'lum bo’lmagan turli qurollardan ko’ra davlatni ximoya qilishning eng
takomillashgan vositalaridan xisoblanadi va uning xavfsizligini ta'minlaydi.
2.Iqtisodiy islohatlarni rivojlantirish. Bozor iqtisodi munosabatlarini judayam
samarali va takomillashgan darajaga olib chiqishda zamonaviy kompyuter
texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llamasdan bo’lmaydi.
3. Jaxon iqtisodiy xamjamiyati tarkibiga kirish. Iqtisodiy o’sishning asosiy
muammolaridan biri - investitsiya faoliyatini jadallashtirish va sanoatga mablag’
jalb etishni kengaytirishdan iborat, chunki chet el kapitalini jalb etish milliy
iqtisodni rivojlantirishning strategik masalalaridan
4. Zamonaviy dasturiy maxsulotlar bozorini shakllantirish va mamlakatimizda
ishlab chiqarilayotgan turlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturiy
maxsulotlarni ishlab chiqarish shunday soxalarga taalluqliki, u rivojlanish yo’lida
yuksalib bormoqda. Oxirgi bir necha yillar ichida ma'lumotlar bazasini ishlab
chiqaruvchilar vazifasining kengayish tendensiyasi vujudga keldi. Ya'ni, ular
ma'lumotlar bazasini nafaqat interaktiv xizmatlariga yetkazib berish, ularga
iste'molchilarning kirishini xam ta'minlab bera boshladi.