Ko’zlangan tadbirlar yangi texnologiyalar va texnika ishlab chiquvchilarining
Автоматизированные информационные технологии в экономике: Учебник. Под ред. проф. А. Титоренко. -
17
ko’rsatish uchun sharoitlar yaratish bank faoliyatining samaradorligini oshirish
imkonini beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiyalar texnologiya-
larini qo’llamaydigan tashkilotlar deyarli qolmadi va ulardan aksariyatining hozirgi
vaqtdagi muammosi u yoki bu jarayonlarni avtomatlashtirilmaganligida emas,
balki uzoq muddatli rejalarsiz va uni rivojlantirish istiqbolari haqida tasavvurga
ega bo’lmasdan turib amalga oshirilgan stixiyali avtomatlashtirish oqibatidir.
Hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minotni rejasiz xarid qilish, turli bo’linmalarga
joriy etilgan bir vazifani hal etish uchun turli takliflarning mavjudligi, har xil
segmentlangan tarmoqlarni ma’muriylashtirish va himoyalash muammolari -
bularning barchasi turli banklar AKT - bo’linmalari rahbarlari duch keladigan
muammolar jumlasiga kiradi.
Dasturiy ta’minotni ma’muriylashtirish zamonaviy vositalarining imkoniyati
bundan o’n yil ilgari AKT-bo’linmalar foydalaniladigan vositalarga qaraganda
ancha keng bo’lishiga qaramay bunday muammolardan holi bo’lmagan
kompaniyalarning AKT-muhitini boshqarish ancha mushkul. Operatsiya
tizimlarining
turli
versiyalarini
va
biznes-rejalarini
qo’llab-quvvatlash,
foydalanuvchilar soni o’sib borayotgan sharoitda resurslar va ma’lumotlardan
foydalanishni cheklash, yuklamaning ortib borishida serverning unumdorligini
boshqarish kabi vazifalarni oddiy deb bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank boshqaruv vazifalarining sifat jihatdan
yangi darajada hal etilishini istaydi. Bozor kon’yunkturasiga va iqtisodiy
vaziyatning
o’zgarishiga
tezda
moslashish
zarurati
bankning
ichki
makroiqtisodiyotini qayta qurishni, boshqaruv hisobini yo’lga qo’yishni,
boshqaruv
jarayonlarini
optimallashtirishni
talab
qiladi.
Axborot
texnologiyalaridan, birinchi galda, ma’lumotlarga ishlov berish va hisob-kitob
vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi.
Umuman olganda axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining quyi-dagi
asosiy xususiyatlarini ajratish mumkin: (3 - rasm)
-axborot texnologik jarayonining maqsadi axborot olishdan iborat;
18
-ma’lumotlar texnologik jarayon predmeti hisoblanadi;
-texnologik jarayonni amalga oshiruvchi vositalar – bu turli xildagi hisoblash
mujmualari;
-ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari tanlangan predmet sohasiga muvofiq
operatsiyalarga bo’linadi;
-jarayonga boshqaruv ta’sirlarini rahbarlarning tarkibi amalga oshiradi;
-foydalanuvchilarga axborotni o’z vaqtida etkazish, uning ishonchliligi,
to’g’riligi va to’liqligi axborot texnologik jarayonining optimallik mezonlari
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: