127
1. Inqiroz kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan ko‘ra olish
va uni xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko‘rish.
2. Inqiroz natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarga
qarshi tura olish.
3. Inqiroz sharoitida korxonalar xo‘jalik-moliyaviy
faoliyatini
mutanosibligini saqlab turish.
4. Korxonalarda xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish holatlarini
qisqartirish va ushbu holatlar uchun oldindan turli
xil maqsadli fondlarni
shakllantirib borish.
5. Korxonalar faoliyatini normal rivojlanishi uchun,
inqirozga qarshi
aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Bizga ma’lumki, korxonalarning rivojlanishi va faoliyat yuritishi,
bevosita tashqi muhit bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Shu jumladan
kelib chiqqan holda, korxonalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi va inqiroz holatiga
olib keluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1.
Tashqi omillar:
- boshqa davlatlarda iqtisodiy inqirozni kelib chiqishi;
- siyosiy tizimning nobarqarorligi;
- monopoliyaning keskin tus olishi;
- moliyaviy tizimning izdan chiqishi;
- yuqori inflyatsiya darajasi;
- soliq va kredit siyosati;
- valuta siyosati va boshqalar.
2. Ichki omillar:
- korxona mahsulot va xizmatlarining raqobatlilik darajasining pastligi;
- marketing siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- asosiy vositalarning moddiy va ma’naviy eskirganligi;
128
- boshqaruvchilar va xodimlar malakasining yetishmasligi;
- investitsion siyosatni amalga oshirish imkoniyatining yo‘qligi yoki
mavjud investitsiyalarning zarar bilan ishlashi;
- ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkonining yo‘qligi;
- debitorlik va kreditorlik qarzlarning yuqori ekanligi;
- moliyaviy risklarni hisobga olmaslik;
- resurslarning taqchilligi (moliyaviy, moddiy, mehnat) va boshqalar.
Umumiy qilib olganda moliyaviy menejment nazariyasida korxonalarda
inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmi yoki boshqarish tizimini quyidagicha
ifodalash mumkin (8.1-chizma).
Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvning samarali tashkil etilishi
quyidagi mezonlar orqali belgilanadi.
1. Inqirozga qarshi boshqaruvni amalga
oshiruvchi mutaxassislar,
moliyaviy
menejerlar,
moliyaviy
rahbarlar
guruhining
maxsus
tayyorgarliklari, o‘z ishlarini mukammal bilishlari va professionalligi.
2. Inqiroz holatlarida monitoring tizimi ishlarini sifatli amalga amalga
oshirilishi.
3. Inqiroz kelib chiqish sabablarini o‘z
vaqtida bashorat qilish va
inqirozga qarshi tadbirlar dasturini loyihalashtirish.
4. Iqtisodiy inqiroz davrida boshqaruv qarorlarini qabul qilish
metodoloyasini ishlab chiqish va rivojlantirish.
5. Inqirozga qarshi qabul qilingan dasturlarning sifati.
6. Inqirozga qarshi boshqaruv mutaxassislarining ro‘y
berayotgan
holatlarga tezkor va mushohada bilan ta’sir ko‘rsata olishi.
7. Inqirozga qarshi boshqaruvni korporativligi (moliyaviy menejerning
umumiy fikrlarni
jamlagan holda xulosa qilishi, ushbu jarayonda nafaqat
129
boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi
mutaxassislar balki barcha
xodimlarning jadal ishtiroki nazarda tutiladi).
8.1-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: