Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish



Download 94,35 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2022
Hajmi94,35 Kb.
#649399
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BTAH Kurs ishi

haqqoniy qiymat xeji: tan olingan aktivning yoki majburiyatning yoki tan olinmagan qat’iy kelishuvning, yoki bunday aktivning, majburiyatning yoki qat’iy kelishuvning aniqlanadigan qismining, haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga duchorlik riskining xeji bo’lib, u muayyan riskga tegishli bo’ladi va foyda yoki zararga ta’sir etishi mumkin.
pul oqimi xeji: pul oqimlaridagi o’zgaruvchanlikka duchorlik riskining xeji bo’lib, u - tan olingan aktiv yoki majburiyat (masalan o’zgaruvchan foizli qarz bo’yicha barcha yoki ayrim kelgusi foiz to’lovlari) yoki yuqori ehtimolli rejalashtirilgan operatsiya bilan bog’liq muayyan riskga tegishli bo’ladi va - foyda yoki zararga ta’sir etishi mumkin.
(v) xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xeji, bunda BHXS 21 da ta’riflangandek.
Qat’iy kelishuv bo’yicha xorijiy valyuta riskining xeji haqqoniy qiymat xeji sifatida yoki pul oqimi xeji sifatida hisobga olinishi mumkin.
Xejlash aloqasi xej hisobi sifatida tasniflanadi, faqatgina agarda quyidagi barcha shartlar qanoatlantirilsa.
xej boshlanishida, xejlash aloqasining va tadbirkorlik sub’ektining xejni amalga oshirish bo’yicha riskni boshqarish maqsadi va strategiyasining rasmiy belgilangan va hujjatlashtirilgan bo’lsa. Ushbu hujjatlashtirish xejlash instrumentini, xejlangan modda yoki operatsiyani, xejlanadigan risk xususiyatini va tadbirkorlik sub’ekti xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi yoki xejlangan riskga tegishli pul oqimlaridagi o’zgarishlarga duchorlikni o’zaro qoplash bo’yicha xejlash instrumentining samaradorligini qanday baholashini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Muayyan xejlash aloqasi bo’yicha dastlabki hujjatlashtirilgan riskni boshqarish strategiyasiga mos tarzda, xej xejlangan riskga tegishli haqqoniy qiymatdagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlarni o’zaro qoplashga erishishda yuqori samarador bo’lishi kutiladi.
(v) Pul oqimi xejlarida, xejning predmeti bo’lgan rejalashtirilgan operatsiya yuqori ehtimolli bo’lishi shart va yakuniy bosqichda foyda yoki zararga ta’sir etishi mumkin bo’lgan pul oqimlarining o’zgarishiga nisbatan duchorlikni aks ettirishi shart.
(g) Xejning samaradorligi ishonchli baholanishi mumkin, ya’ni xejlangan riskga tegishli xejlangan moddaning haqqoniy qiymati yoki pul oqimlari bilan xejlash instrumentining haqqoniy qiymati ishonchli baholanishi mumkin.
(d) Xej ukluksiz baholanib, u xej belgilangan moliyaviy hisobot davrlari mobaynida yuqori samarador bo’lgani uchun aniqlanadi.
Haqqoniy qiymat xejlari
Agarda haqqoniy qiymat xeji davr mobaynida u quyidagicha hisobga olinishi lozim:
xejlash instrumentini haqqoniy qiymatda (derivativ xejlash instrumenti uchun) yoki BHXS 21 ga muvofiq baholangan uning balans qiymatining xorijiy valyuta qismini (noderivativ xejlash instrumenti uchun) qayta baholashdan yuzaga keladigan foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim; va
xejlangan riskga tegishli xejlangan modda bo’yicha foyda yoki zarar xejlangan moddaning balans qiymatini to’g’rilashi va foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim. Bu qo’llaniladi, agarda xejlangan modda tannarxda baholangan bo’lsa.
Moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfelining qismi bo’yicha foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xejida foyda yoki zararni quyidagicha aks ettirish orqali qanoatlantirilishi mumkin:
xejlangan modda aktiv bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun, aktivlar ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi; yoki
xejlangan modda majburiyat bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun, majburiyatlar ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi.
(a) va (b) da keltirilgan ajratilgan qator moddalari moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar aks ettirilgan qatorlar tagida aks ettirilishi lozim. Ushbu qator moddalarida kiritilgan summalar moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotdan chiqarib tashlanishi lozim, qachonki ular tegishli bo’lgan aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan chiqarilsa.
Agarda faqatgina xejlangan moddaga tegishli muayyan risklar xejlangan bo’lsa, xejlangan riskga tegishli bo’lmagan xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi tan olingan o’zgarishlar MHXS 9 da belgilangandek tan olinadi.
Tadbirkorlik sub’ekti xej hisobini prospektiv tarzda to’xtatishi lozim, agarda:
xejlash instrumentining muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish xejlash instrumentining muddati tugashini yoki u bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish yoki muddatini uzaytirish tadbirkorlik sub’ektining hujjatlashtirilgan xejlash strategiyasining qismi bo’lsa);
xej hisobining mezonlarini bundan buyon qanoatlantirmasa; yoki
(v) tadbirkorlik sub’ekti belgilashni bekor qiladi.
Effektiv foiz usuli qo’llanilgan xejlangan moliyaviy instrumentning balans qiymatiga (yoki foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji holatida, yuzaga keladigan har qanday tuzatish amortizatsiya qilish orqali foyda yoki zararga olib borilishi lozim. Amortizatsiyalash tuzatish paydobo’lishi bilan boshlanishi mumkin va xejlangan moddaning xejlanadigan riskga tegishli uning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga tuzatilishi to’xtatilishidan kechiktirmasdan boshlanishi lozim. Tuzatish amortizatsiyalash boshlanadigan sanadagi qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasiga asoslanadi. Biroq, moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfeli bo’yicha foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xeji holatida (va faqat bunday xejda), agarda qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasi orqali amortizatsiyalash amaliy imkonsiz bo’lsa, tuzatish bir tekis maromda amortizatsiyalanishi lozim. Tuzatish moliyaviy instrumentning so’ndirilishiga qadar yoki, foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji holatida, tegishli qayta narxlash davrining tugashiga qadar to’liq amortizatsiyalanishi lozim.
Qachonki tan olinmagan qat’iy kelishuv xejlangan modda sifatida belgilansa, xejlangan riskga tegishli qat’iy kelshuvning haqqoniy qiymatidagi keyingi yig’ilgan o’zgarish foyda yoki zararda tan olingan mos ravishdagi foyda yoki zarar bilan birga aktiv yoki majburiyat sifatida tan olinadi. Xejlash instrumentining haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar ham foyda yoki zararda tan olinadi. Qachonki tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymat xejida xejlangan modda bo’lgan aktiv sotib olish yoki majburiyatni tan olish bo’yicha qat’iy kelishuvni imzolasa, tadbirkorlik sub’ekti qat’iy kelishuvni bajarishi natijasida yuzaga keladigan aktiv yoki majburiyatning dastlabki balans qiymati shunday maqsadda to’g’rilanadiki, bunda u moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olingan xejlangan riskga tegishli qat’iy kelishuvning haqqoniy qiymatidagi yig’ilgan o’zgarishni o’z ichiga oladi.
Agarda pul oqimi xeji davr mobaynida quyidagicha hisobga olinishi lozim:
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va
xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning samarasiz qismi foyda yoki zararda tan olinishi lozim.
Yanada aniqroq qilib, pul oqimi xeji quyidagicha hisobga olinadi:
kapitalning xejlangan modda bilan bog’liq alohida qismi quyidagilarning kamrog’ida to’g’rilanadi (mutlaq summalarda): xej boshlanishidan buyon xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda yoki zarar; va xej boshlanishidan buyon xejlangan modda bo’yicha kutilgan kelgusi pul oqimlarining haqqoniy qiymatidagi (keltirilgan qiymatidagi) yig’ilgan o’zgarish; xejlash instrumenti yoki uning belgilangan qismi (qaysiki samarasiz xej) bo’yicha har qanday qoldiq foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim; va
(v) agarda tadbirkorlik sub’ektining muayyan xejlash aloqasi bo’yicha hujjatlashtirilgan riskni boshqarish strategiyasi xej samaradorligini baholashda xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning yoki tegishli pul oqimlarining ma’lum qismini inobatga olmasa foyda yoki zararning ushbu inobatga olinmagan qismi MHXS 9 ga muvofiq tan olinadi.
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozimki, bunda ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, foizli daromad yoki foizli xarajat tan olingan davrlar). Biroq, agarda tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan olingan zararning barchasi yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida tiklanishi kutilmagan summani qayta tasniflashi lozim.
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, yoki rejalashtirilgan operatsiya nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyat uchun haqqoniy qiymat xeji hisobi qo’llaniladigan qat’iy kelishuvga aylansa, tadbirkorlik sub’ekti quyidagi (a) yoki (b) ni qabul qilishi lozim:
umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida foyda yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda olib borilishi (qayta tasniflashi) lozimki, bunda ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, eskirish xarajati yoki sotuvlar tannarxi tan olingan davrlar). Biroq, agarda tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan olingan zararning barchasi yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida tiklanishi kutilmagan summani qayta tasniflashi lozim.
u umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni chiqarib tashlaydi va ularni aktivning yoki majburiyatning dastlabki tannarxiga yoki boshqa balans qiymatiga kiritadi.
Tadbirkorlik sub’ekti (a) yoki (b) ni o’zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi lozim va uni bir me’yorda barcha xejlarga nisbatan qo’llashi lozim.
Pul oqimi xejlaridan boshqa pul oqimi xejlarida, boshqa umumlashgan daromadda tan olingan summalar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda qayta tasniflanishi lozimki, bunda ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, rejalashtirilgan sotuv sodir bo’lganda).
Quyidagi holatlarning birortasida tadbirkorlik xej hisobini prospektiv tarzda to’xtatishi lozim:
(a) Xejlash instrumenting muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish muddat tugashini yoki xejlash instrumetining bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish yoki muddatini uzaytirish tadbirkorlik sub’ektining hujjatlashtirilgan xejlash strategiyasining qismi bo’lsa). Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida ajratilgan holda qolishi lozim. (b) Xej bundan buyon xej hisobining mezonlarini qanoatlantirmaydi. Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida ajratilgan holda qolishi lozim.
(v) Rejalashtirilgan operatsiyaning bundan buyon sodir bo’lishi kutilmaydi va bunday holatda xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha har qanday tegishli yig’ilgan foyda yoki zarar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozim. (g) Tadbirkorlik sub’ekti xejni belgilashni bekor qiladi. Rejalashtirilgan operatsiya xejlarida, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar yoki uning sodir bo’lishi bundan buyon kutilmasligiga qadar kapital tarkibida alohida modda bo’lib qolishi lozim. Agarda operatsiyaning sodir bo’lishi bundan buyon kutilmasa, boshqa umumlashgan daromadda tan olingan yig’ilgan foyda yoki zarar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozim.
Xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xejlari, jumladan sof investtsiyaning qismi sifatida hisobga olingan monetar modda (BHXS 21) xeji, pul oqimi xejlariga o’xshash tarzda hisobga olinishi lozim:
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va
samarasiz qism foyda yoki zararda tan olinishi lozim.
Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejning samarali qismiga tegishli bo’lgan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zarar qayta tasniflashning to’g’rilanishi ifatida kapitaldan foyda yoki zararga BHXS 21 ga muvofiq xorijdagi bo’linmaning chiqib ketishida yoki qisman chiqib ketishida qayta tasniflanishi lozim.



Download 94,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish