«Hisob siyosati, hisobdagi baholashda o’egarishlar va xatolar» 3 DSBHXSning maqsadi va talablari «Valyuta kurslari o’zgarishlarining ta’siri» 4 DSBHXSning maqsadi va talablari 3. «Material aylanma mablag’lar zaxiralari», «Ijara» «Hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar» «Asosiy vositalar» «Moliyaviy vositalar (moliyaviy instrumentlar): ma’lumotlarni ochib berish va taqdim etish» xalqaro standartlarning maqsadlari va talabalari. «Material aylanma mablag’lar zaxiralari» 12 DSBHXSning maqsadi va talablari Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari davlat sektorining barcha institutsional birliklariga taalluqlidir.
Moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobida hisoblash metodi bo’iicha tayyorlaydigan va taqdim etadigan institutsional birlik mazkur Standartni barcha material aylanma mablag’lar zaxiralari hisobini olib borish uchun qo’llashi lozim.
Mazkur Standartning maqsada material aylanma mablag’lar zaxiralari hisobini yuritish tartibini belgilab berish hisoblanadi. Material aylanma mablag’lar zaxiralarini hisobga olishning asosiy masalasi bo’lib aktiv sifatida tan olinishi lozim bo’lgan tannarx summasi va tegishli yalpi daromadlar tan olingunga qadar uning aktiv sifatida hisobga olinishi hisoblanadi. Mazkur Standart tannarxni aniqlash va ularning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi (shu jumladan, sotish mumkin bo’lgan sof bahosi miqdorigacha qiymatini har qanday kamaytirilishini hisobga olgan holda) bo’yicha amaliy qo’llanma bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, mazkur Standartda material aylanma mablag’lar zaxiralari tannarxini aniqlash uchun foydalaniladigan tannarxni hisoblash formulasi bo’yicha ko’rsatmalar ham berilgan.
Mazkur Standartda material aylanma mablag’lar zaxiralarini sotish xarajatlari ularning oqilona qiymatidan chegirilgan holda hisobga olingan material aylanma mablag’lar zaxiralarining balans qiymatini hamda davr xarajatlari sifatida tan olingan barcha material aylanma mablag’lar zaxiralarining har qanday hisobdan chiqarish summasining ochib berilishi haqida talablar ham bor.
Davlat sektorida material aylanma mablag’lar zaxiralariga: harbiy aslahaanjomlar; iste’mol qilinadigan zaxiralar; ta’mirlash va xizmat ko’rsatishda sarflanadigan materiallar; «Asosiy vositalar» standartida ko’rsatib o’tilmagan asosiy vositalar uchun ehtiyot qismlar; material aylanma mablag’larning strategik zaxiralari (masalan, energoresurs zaxiralari); muomalaga chiqarilmagan qog’oz pul zaxiralari; sotishga mo’ljallangan pochta ashyolari (masalan, pochta markalari); tugallanmagan ishlab chiqarish, shu jumladan, o’quv va yo’riqnoma materiallari hamda mijoega xizmat ko’rsatish (masalan, auditorlik xizmatlari); sotishga mo’ljallangan ermulk kiradi.