Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 105
munosabatlarga ko’ra ishonchliligi hamda buxgalteriya hisobotining yuritilish tartibi
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi to’grisida bayonot bo’lishi kerak.
Auditorlik xulosasining kirish qismida quyidagilar aks ettiriladi:
“ Biz auditorlik tashkilotining auditorlari “YYY” nomli korxonaning 20(XX) yil 1
yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr uchun moliyaviy hisobotini tekshirdik.
“YYY” nomli korxonaning moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti quyidagilardan iborat:
buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to’risidagi hisobot; buxgalteriya balansi va moliyaviy
natijalar to’risidagi hisobotga tushuntirish xatlari ilovasi.
Ushbu moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini tayyorlash va taqdim etish “YYY” nomli
korxonaning javobgarligi hisoblanadi. Bizni javogarligimiz esa o’tkazilgan auditga asosan ushbu
hisobotning barcha muhim munosabatlarga ko’ra ishonchliligi va buxgalteriya hisobining
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi to’risidagi berilgan xulosadan iborat.
O’tkazilgan auditorlik tekshiruvining ko’lamini tavsiflovchi qismga ko’ra auditorlik
tekshiruvi auditorlik faoliyati to’risidagi qoidalar(standartlar)ga, auditor a’zo bo’lgan auditorlik
professional birlashmalarining qoidalariga yoki boshqa hujjatlar asosida o’tkazildi.
Auditorlik xulosalari audit moliyaviy (buxgalteriya) hisobotlarida jiddiy xatolar yo’qligini
ongli ishonchni ta’minlash maqsadida rejalashtirilgani va o’tkazilganini bayon qiluvchi
mazmunga ega bo’lishi lozim.
Ish hajmini ta’riflashda audit hujjatlar va ichki nazorat tizimida yoki tanlab olimsh yo’li
bilan o’tkazilgani ko’rsatilishi kerak. Agar audit tanlab olish asosida o’tkazilgan bo’lsa, u
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
audit qilinayotgan shaxsning moliyaviy-xo’jalik faoliyati haqidagi moliyaviy
hisobotlardagi ma’lumotlarni ahamiyatini va ochib berilganligini dalillarni testlashtirish asosida
o’rganish;
buxgalteriya hisobi printsiplari va metodlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotni
tayyorlash qoidalarini baholash;
moliyaviy hisobotni tayyorlashda rahbarlik qilgan shaxsdan olingan asosiy baholash
qiymatini aniqlash;
moliyaviy hisobot haqidagi umumiy tushunchani baholash.
Auditorning fikri bayon etilgan qismda moliyaviy hisobotning jami mavjud
munosabatlarida ishonchliligi buxgalteriya hisobini O’zbekiston Respublikasi qonunchiliklariga
mos tartibda yuritilganligi haqidagi fikrlarini ifodalash uchun auditga etarlicha asoslar taqdim
etilganligi ko’rsatilishi lozim.
moliyaviy (buxgalteriya) hisobotining ishonchliligi haqidagi fikrlar bilan bir qatorda
auditorlik xulosasida bu hisobotning boshqa talablarga ham, shuningdek, audit qilinayotgan
shaxsning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga tegishli boshqa hujjatlar va bitimlarga nisbatan ham,
agar ular O’zbekiston Respublikasi qonunchiliklariga mos ravishda majburiy auditorlik
tekshiruvidan o’tishi shart bo’lsa, javob berishini hisobga olish zarur.
Auditorlik fikrlari bayon etilgan qismda taxminan quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
“Bizning fikrimizcha, “UUU” tashkilotning moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti 31 dekabr
20 (XX) y. holatiga moliyaviy holatning barcha jiddiy munosabatlarini va 31 yanvar 20 (XX)
yildan 31 dekabr 20 (XX) yilgacha bo’lgan davr moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini ishonchli
aks ettirgan”.
Auditor auditorlik xulosasida audit tugagan sanani ko’rsatishi lozim, chunki ushbu holat
foydalanuvchi uchun auditor o’z faoliyatini boshlagan kundan uni yakunlagan sanaga qadar
(auditorlik xulosasini imzolagan sanaga qadar) moliyaviy hisobotga ta’sir etgan hodisa va
operatsiyaga ta’sir etgan hodisa va operatsiyalarni hisobga olib, hisobotda aks ettirganligini
asosli anglashiga imkon beradi.
Auditorlik xulosasiga rahbar yoki rahbar vakolatiga ega shaxs, auditni o’tkazgan
(tekshiruvga rahbarlik qilgan) shaxs o’z malaka attestati raqami va uning amal qilish muddatini