Auditorlik xulosasining tuzilishi:
a) nomi ("Auditorlik hisoboti" yoki "Auditorlik tashkilotining hisoboti": ikkala nom bir xil
kuchga ega);
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) tahliliy qism;
d) yakuniy qism.
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini
amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart.
Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko’rsatish bilan
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga listenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik
tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik
tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi
keltiriladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi AFMSga havola qilishi va unda quyidagilar bo’lishi
shart:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);
-
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari;
-
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya
etilishini tekshirish natijalari;
-
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’riligini tekshirish
natijalari;
-
aktivlarning butligini tekshirish natijalari.
Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to’risidagi
axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
103
-
ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va
xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi;
-
auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi
sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini
tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
-
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga
rioya qilinishini baholash;
-
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy
hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operastiyalarini amalga oshirish
paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga
olishi kerak:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operastiyalarining
qonunchilikka muvofiqligini baholash;
-
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan
moliyaviy-xo’jalik operastiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’riligini tekshirish
natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
-
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
to’riligining bahosi;
-
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibini
buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va o’z ichiga
ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’risidagi ma’lumotlarni olishi kerak.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga
chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va
maslahatlarini o’zi ichiga olishi kerak.
Auditorlik xulosasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
a) nom ("Auditorlik xulosasi" yoki "Auditorlik tashkilotining xulosasi": ikkala nom teng
huquqli);
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) qayd etish qismi;
d) yakuniy qism;
e) auditorlik xulosasini berish sanasi;
j) auditorlik tashkiloti manzili;
z) auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo’llanib, buyurtmachining
barcha zaruriy rekvizitlari ko’rsatilishi kerak.
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi rekvizitlarini o’z
ichiga olishi kerak:
-
auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari;
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga listenziya raqami, berilgan sana va
listenziya bergan organning nomi;
-
auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatiga olingani to’risidagi guvohnoma raqami;
-
auditorlik tashkiloti hisob-kitob varaining raqami;
Do'stlaringiz bilan baham: |