Moliyaviy hisob va hisobat


Mahsulot va xizmatlar sotish jarayonining hisobini yuritish



Download 0,84 Mb.
bet108/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

8.3. Mahsulot va xizmatlar sotish jarayonining hisobini yuritish
Sotish jarayoni ishlab chiqarish va iste’molchi ortasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi.64


8.1-rasm. Amal qilish hududiga ko‘ra savdo faoliyati turlari
Ichki savdo – bu bir mamlakat hududida amalga oshiriladigan savdo faoliyati.Tashqi savdobu bir mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati.
Tovarlarni savdo-sotig‘ini amalga oshirish va unda qo‘llaniladigan hisob-kitob shakliga ko‘ra savdo ulgurji, mayda ulgurji va chakana savdo turlariga bo‘linadi.


8.2-rasm. Tovarlar savdo-sotig‘ini amalga oshirishda savdo turlari
Ulgurji savdo – tashkilotlararo, tashkilotlar va tadbirkorlar o‘rtasida, tadbirkorlararo savdodir. ­Ya’ni bu shunday savdoki, tovar pirovard foydalanish uchun emas, balki biznes ehtiyojlari (qaytadan sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish) uchun sotiladi, bunda xaridor identifikatsiyalanadi. Ulgurji savdo– bu savdo sohasida tovarlarning yirik turkumlarini o‘zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli bo‘yicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadida yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ulgurji savdo ham ichki, tashqi savdo faoliyati bo‘lishi mumkin.
Tijorat maqsadlarida foydalanish yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof etiladi.65
Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda, shug‘ullanishlari mumkin.66
Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash yuridik shaxs-litsenziya talabgori ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi shahar (tuman) hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Bizning respublikamizda Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom amal qilmoqda. Unga muvofiq:67
- ulgurji savdo – tijorat maqsadlarida yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
- chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirishdir.
Ta’kidlash joizki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida “chakana” tushunchasi savdoning hajmiy-miqdor jihatidan o‘zini oqlamaydi. Oldi-sotdi buyumlarining miqdori savdo faoliyatini hamda xaridorlar ehtiyojini va ularni qondirishda sotuvchining imkoniyatlarini ifodalaydi.
Savdo korxonalarida chakana sotish tovarlarni so‘nggi iste’molchiga yetkazib berishni ifodalaydi. Mazkur savdo turini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi.
Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulot sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli mavjud:
1. Kassa usuli- sotuvdan olingan tushum, yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga qarab.
2. Yuklab jo‘natish usuli- bunda mahsulot xaridorlarga jo‘natilib, ularga hisob-kitob hujjatlari topshirilishiga qarab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi.68
Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning haqini to‘lashga doir xo‘jalik operatsiyalari bajarilganidan keyingina mahsulot sotish ishlari tugatilgan hisoblanadi. Agar mahsulot jo‘natilib, uning puli xaridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb hisoblanishi mumkin emas.
Yuklab jo‘natish usuli qo‘llanilganda mahsulot va tovarlar jo‘natilib, ishlar va xizmatlar bajarilganidan keyin, ularning hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan bo‘lsa, ana shunday mahsulot (ish, xizmat)lar va tovarlar sotilgan hisoblanadi. Hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran bu hujjatlar xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra xaridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul qilsa, u holda bunday mahsulot xaridor (buyurtmachi) ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar rasmiylashtirilib, hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga yoxud uning vakiliga taqdim etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: sotilgan mahsulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobvarag‘i, soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.
Sotilgan mahsulot 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromadlar”, 9020-“Tovarlarni sotishdan olinadigan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
9040-“Sotilgan tovarlarning qaytarilishi” va 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag‘ida sotilgan tovarlarning qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarining kreditida 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalangan holda mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi. Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
K-t 6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”:
K-t 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromad”.
4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-qaydnomaning 2-bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaqralari bo‘yicha sintetik hisob 11 jurnal – orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010,9020, 9030, 9210, 4010 – hisobvaraqlarining kredit oboroti hamda 9010, 9020, 9030 – hisobvaraqlarining analitik malumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik malumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlari yopiladi:
D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar;
K-t 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”.
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”;
K-t 9110, 9120, 9130.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni hisobga olishda foydalanilgan analitik schyotlarning oxiridagi qoldig‘i hisobot davri tugaganidan so‘ng sintetik schyotlarga mos kelishi shart. Hamda har bir bo‘lib o‘tgan jarayon tegishli hujjatlarda aks ettirilishi kerak. Aks holda hisob-kitob ishlarida xatolikka yo‘l qo‘yilgan, yoki berkitish, turli yashirishlar bo‘lgan deb qaraladi. Bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisobida alohida ehtiyotkorlik, aniqlik, haqoniylik, adolatlilik, o‘z vaqtidalik, to‘liqlilik tamoyillaridan foydalaniladi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda, sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning har birning alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysisining rentabellik darajasi va boshqa malumotlar aks ettirilishi lozim.
Korxonalar o‘z mahsulotlarining sotilishini hisobga olish bilan bir qatorda mahsulot(ish, xizmat) lar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) ham hisobga olib borishlari shart.
Ba’zi korxonalar tayyor mahsulotni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda aktsiz solig‘ini ham to‘lashi mumkin. Aktsiz solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, bilvosita soliq sifatida byudjetga to‘lanadigan soliqdir.
Buxgalteriya hisobi haqidagi qonunlarga muvofiq berilgan xom-ashyo mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida hisobga olinadi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobida tayyor mahsulot sotishning yangi qirralari namoyon bo‘lmoqda. Bu, ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda barter muomalalarida o‘z ifodasini topmoqda. Aynan bu muomalalar buxgalteriya hisobining hozirgi amaliyotida hisob yuritishda bir qancha muammolari mavjudligi bilan ko‘zga tashlanmoqda. Fikrimizcha, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda barter muomalalarini keng qo‘llashga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Agarda barter muomalalalari amaliyotga keng tatbiq etilsa, birinchidan, mavjud inflyatsiya sur’atini jilovlash imkoniyati tug‘iladi, ikkinchidan, hisob ishlarida ortiqcha rasmiyatchiliklar miqdori kamayib, uning samaradorligi yanada oshishi uchun zamin yaratiladi.
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
Xizmat ko‘rsatishni (ishlarni bajarishni) o‘z ichiga oladigan bitim natijasi aniq belgilanadigan bo‘lsa, ushbu bitim bilan bog‘liq bo‘lgan daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilishi bosqichiga qarab tan olinadi. Bitim natijasi esa quyidagi shartlarni bajarish bo‘yicha aniq belgilanishi mumkin:

  • bitimni bajarish chog‘idagi daromadlar hamda amalga oshirilgan xarajatlar va bitimni nihoyasiga etkazishga doir xarajatlar yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanishi mumkin;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektga bitim bilan bog‘liq bo‘lgan daro­madlar kelib tushishining katta ehtimoli mavjud;

- buxgalteriya balansi hisobot sanasigacha bitim bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
4020 “Olingan veksellar”.
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.
4020 “Olingan veksellar” schyotida olingan veksellar bilan ta’minlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzi hisobga olinadi. (Respublikamizda veksel operatsiyalari amalga oshirilmaydi)
Olinadigan schyotlar (4000) asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bog‘langan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Olinadigan schyotlar (4000) pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan to‘lovlar summasiga, olingan bo‘naklarni hisobga olish va boshqalar bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
Olinadigan schyotlar bo‘yicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi) bo‘yicha yuritiladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish