Moliyaviy hisob va hisobat


Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish



Download 0,84 Mb.
bet33/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

3.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyotaochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi xujjatlardan foydalaniladi:
T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-3 shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T-13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob-to‘lov vedomosti.
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, bri­gada, tsex xodimlarining noma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Xar bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha xujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar "T", kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar "K" xarfi va xokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to‘liq ruyxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chikmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish xaqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari etarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi xujjatlardan foydala­niladi:

  • ishbay ishlash uchun naryadlar;

  • raportlar;

  • marshrut varaqalari;

  • qaydnomalar;

  • bichish kartalari va hokazo.

Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi xujjatning eng keng tarkalgan turi naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan xar bir ishlab chiqarish topshirig‘iga aloxida yoziladi. Topshiriqlar tsexning reja-dispetcher byurosi tomonidan tsexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish xajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va xaqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, bal­ki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marsh­rut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomo­nidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirish sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat kilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat kilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yunalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni tsexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu xaqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida kayta ishlangan detal­lar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich xujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish xaqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich xujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Kayta ishlangan xujjatlar, ishchilarning tabel rakamlari buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruxlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa xujjatlar tuziladi.
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish xaqi xamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti xar bir tsex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash kaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy xujjatdir. Bu xujjatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini to‘ldirish uchun xamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish