«moliyaviy hisob»


 Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana16.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#376728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini xisoblash usullari 6

2.3. Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini 

rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish. 

Materiallar  harakatini  hisobi  materiallarni  hisobi  bo‘yicha  asosiy  nizom 

talablariga  javob  beradigan  va  axborotlarni  avtomatlashtirishga  moslashgan  tegishli 

hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning 

hujjat  aylanishi  korxonaning  harakteriga,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish 

xususiyatlariga,  moddiy  –  texnik  ta‘minotiga  va  hisobni  tashkil  etish  tizimiga  qarab 

belgilanadi.  Yoziladigan  hujjatlarning  nusxalar  soni  minimal  bo‘lib,  EHMdan 

foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak. 

Materiallar  korxona  ishlab  chiqarish  zaruriyati  xo‘jalik  ehtiyojlari  uchun  va 

ortiqcha va keraksiz bo‘lganlarini esa chetga sotishi mumkin. Shuningdek, korxonalar 

ayrim materiallarni chetga qayta ishlash uchun berishi mumkin. 

Korxonada ishlab chiqarish zahiralarining tug‘ri sarflanishini nazorat qilish va 

rasmiylashtirish  uchun  tegishli  tashkiliy  tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  Moddiy 

qiymatliklarning  tejamli  sarflanishining  zaruriy  shartlaridan  biri  reja  -  iqtisod 

(marketing)  bo‘limi  tomonidan  har  bir  maxsulot  (xizmat)  va  bajariladigan  ishlar 

birligiga sarflanadigan normalar va ular asosida belgilanadigan limit katta ahamiyatga 

egadir. 

Barcha korxonalarga moddiy qiymatliklarning sarflanishi va chetga berilishiga 

ruxsat  beruvchi  shaxslarning  ro‘yxati  tuzilishi  va  ularning  imzolarining  nusxasi 



24 

 

buxgalteriyada  bo‘lishi  shart.  Berilayotgan  materiallar  aniq  o‘lchangan,  sanalgan  va 



tortilgan bo‘lishi zarur. 

M-7  shakli-  "Materiallarni  qabul  qilib  olish  dalolat-nomasi"  TMZ  kuzatuvchi 

hujjatlarsiz  (fakturasiz)  kelgan  taqdirda  yoki  kuzatuvchi  hujjatlardagi  ma‘lumotlar 

(summasi,  miqdori,  sifati  va  hokazolar)  haqiqiy  mavjudligiga  to`qri  kelmagan 

holatlarda  ikki  nusxada  tuziladi  va  1  nusxasi  bux-galteriyaga  ushbu  ma‘lumotlarni 

qayd  qilish,  kamomad  yoki  ortiqcha  summani  qayd  qilish  uchun  va  mol  etkazib 

beruvchiga  jo`natish  maqsadida  marketing  bo`limiga  beriladi.  Ushbu  dalolatnoma 

tuzilgandan keyin kirim orderini yozishga zaru-riyat qolmaydi. 

Tovar-moddiy  zahiralarining  hisobini  yuritishga  asos  bo`lgan,  TMZ  hisobga 

olish  bo`yicha  tegishli  Standartning  talabiga  javob  beradigan  va  hisobni 

avtomatlashtirishga moslangan dastlabki hisob hujjatlari qo`llaniladi. 

Mahalliy va chetdan olinadigan TMZ sub‘ekt tomonidan vakil, yuk tashuvchi 

(ekspeditor)  olib  sub‘ektning  omborxo-nasiga  topshiradi.  Yuk  tashiyotgan  transport 

tashkilotlaridan tegishli yuklarni qabul qilib olayotgan ekspeditor (yukni kuzatuvchi) 

asosiy e‘tiborini idishlarning holati, surguchi - plombasining holatiga qaratishi lozim. 

Agarda  ularga  shikast  etgan  bo`lsa  ushbu  yukni  tekshirib  qabul  qilishi  lozim. 

Tekshirish  natijasida  yukning  kamomadi  yoki  buzilishi  (sinishi,  ezilishi)  aniqlangan 

holatda  darhol  kommertsiya  (oldi-sotdi)  dalolatnomasi  tuzilib  tegishli  javobgar 

shaxslarga, mol yetkazib beruvchilar yoki transport tashkilotlariga da‘vo bildiriladi. 

Ushbu  yukni  kuzatuvchi olib kelgan  yuklarini omborxonaga topshirayotganda 

omborxona  mudiri  uning  hujjatlarda  ko`rsatilgan  miqdori,  sifati,  turlarini  haqiqiy 

mavjudligiga  taqqoslab  tekshiradi  va  qabul  qiladi.  Hujjatda  ko`rsatilgan  TMZ 

haqiqatda mavjud bo`lgan qiymatliklarga to`g‘ri kelsa ombor mudiri materiallarning 

kirim orderi (M-4) ni to`lg‘azadi. 

 

Dastlabki hujjatlarning miqdorini kamaytirish maqsadida ayrim hollarda ushbu 



TMZ  hujjatsiz  qabul  qilinadi,  ya‘ni  kirim  orderi  tuzilmaydi.  Agarda  mol  yetkazib 

beruvchining  hujjatida  ko`rsatilgan  TMZ haqiqatda  qabul  qilinganga  to`g‘ri  kelsa, u 

holda  uning  hujjati  -  to`lov  talabnomasi  to`lg‘aziladi  va  shtamp  bilan  tasdiqlanadi. 

Chunki shtampda kirim orderining hamma rekvizitlari bo`ladi. 




25 

 

Agarda  TMZ  markazlashgan  holda  yetkazib  berilayotgan  yoki  mol  yetkazib 



beruvchi olib kelsa u holda tovar-transport yuk xati to`lqaziladi. 

TMZ kelgan va omborga qabul qilingan kuniyoq kirim hujjatlari to`lg‘aziladi. 

Laboratoriya  tekshirishidan  o`tkaziladigan,  texnikaviy  tekshiriladigan  va  mas‘ul 

saqlashga  qabul  qilingan  TMZ  ayrim  holda  yoki  ayrim  omborxonada  saqlanadi. 

Tekshirish  o`tkazib  bo`linmaguncha  ularni  kirim  qilish  va  sarflash  qat‘iyan  man 

qilinadi. 

Ushbu  TMZ  maxsus  daftarlarda  hisobga  olib  boriladi  va  ularning  butligi, 

saqlanishi  ustidan  nazorat  o`rnatishga  yordam  beradi.  Bundan  tashqari  TMZ  ichki 

harakatini  nazorat  qilish  va  hisobga  olish  uchun  ombordan  -  omborga,  sexlardan 

foydalanishdan  ortiqcha  yoki  tejalgan  materiallarni  va  chiqindilarni  omborga 

topshirishni nazorat qilish lozim. 

Yaroqsiz  mahsulotlarni,  asosiy  vositalarni  buzishdan,  tugatilishdan  olingan 

qiymatliklarni omborga topshirish jarayonlarida yuk xatlari va talabnomalar (M - 11) 

tuziladi. TMZ topshirayotgan javobgar shaxs ushbu hujjatni ikki nusxada tuzadi: 

1-nusxa - sexning javobgarligidagi materiallarni hisobdan chiqarishga; 

2-nusxa - omborxonaga ularni qabul qilish uchun asos bo`ladi. 

Sub‘ektga qabul qilingandan keyin tovar-moddiy zahiralaridan asosan quyidagi 

tartibda foydalaniladi: 

-  xom-ashyolar,  materiallar  asosan  ishlab  chiqarish  faoliyatida  foydalanish  uchun, 

ayrim  hollardagina  xodimlarga  yordam  tariqasida  ajratiladi  va  ortiqcha  bo`lgan 

materiallar sotiladi; 

-  tovarlar  asosan  sotish  uchun,  ta‘sischilarning  ulushi,  barter  muomalasi  va  mehnat 

xaqi, mukofot va yordam sifatida berish uchun. 

TMZ  sub‘ektning  ishlab  chiqarishi  va  xo`jalik  zaruriyati  (imorat  va 

inshootlarni  asrash,  ta‘mirlash,  ko`rikdan  o`tkazish)  uchun  sarflanganda  ularning 

chiqimini tasdiqlaydigan hujjatlar tuziladi. Ushbu hujjatlar chegaralangan olinadigan 

karta,  talabnoma,  yuk  xati  va  bildirishnomalardir.  Ushbu  hujjatlardan  eng  qulay  va 

sarfning  ustidan  nazorat  qilishni  osonlashtiradigan  hujjat  chegaralangan  olinadigan 

kartadir.  Ushbu  karta  marketing  bo`limi  tomonidan  —  texnolog  bilan  kelishilgan 



26 

 

holda ikki nusxada (M-8 va M-9) tuziladi. Bu karta ishlab chiqarishning xususiyatiga 



qarab  1  xil  yoki  bir  necha  turdagi  materiallarga  va  ayrim  texnologik  jarayonga 

tuziladi. Ushbu  ikkita  kartada tegishli sarflangan  materiallar qayd  qilinadi  va  qoldiq 

summasi  ko`rsatilib  boriladi.  Belgilangan  material  yoki  xom  ashyolar  sarflanib 

bo`lgandan keyin yoki oy tugagandan keyin ushbu kartalar omborxonaning mudiri va 

sex  boshlig‘i  tomonidan  o`zining  hisobotlariga  qo`shib  buxgalteriyaga  topshiradilar. 

Ushbu  kartalarga  asosan  buxgalteriyada  xom  ashyo  va  materiallarning  chiqimi  aks 

ettiriladi  va  ularning  sarflangan  xajmi  va  yo`nalishlari  nazorat  qilib  boriladi.  Ushbu 

kartada foydalanilmagan (qaytarilgan) xom ashyo va materiallar ham ko`rsatiladi. 

Chegaralangan oluv kartalari ushbu xom-ashyo yoki materiallarni doimiy yoki 

tizimli  olish  zaruriyati  tug‘ilganda  ishlatiladi.  Ayrim  hollarda  materiallarga  bo`lgan 

zaruriyat  ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  faoliyatida  doimiy  tusda  ro‘yobga  chiqmaydi. 

Bunday  hollarda  zaruriyat  uchun  talabnoma  yoki  qo`shimcha  xom  ashyo,  material 

uchun  talabnoma-dalolatnoma  (M-10)  tuziladi.  Bu  hujjat  ikki  nusxada  tuzilib  bittasi 

omborxonada qolsa ikkinchi nusxasi iste‘molchiga, sex yoki bo`limga beriladi. 

Me‘yordan  ortiqcha  olinadigan  har  bir  xom  ashyo  yoki  material  uchun 

(yaroqsiz mahsulotning o`rnini qoplash, ortiqcha sarflash, ishlab chiqarish rejasining 

ortiqcha  bajarilishi  va  hokazo)  maxsus  talabnomalar  tuziladi,  chunki  unda  sababi, 

kodi  va  javobgar  shaxslar  ko`rsatiladi.  Ushbu  xom-ashyo  yoki  materiallarni  berish 

faqatgina  maxsus  mas‘ul  xodimlarning  (direktor,  muhandis,  texnolog)  topshirig‘i 

(imzosi)ga asosan amalga oshiriladi. 

Xom-ashyolar,  material  va  tovarlar  chetga,  mustaqil  balansga  ajratilgan 

bo`limlarga  xullas,  sub‘ektning  manzilidan  chetga  chiqarilayotganda  M-11  yuk  xati 

to`lqaziladi. Ushbu yuk xati sotish bo`limi tomonidan uch nusxada to`lg‘aziladi. Uni 

to`lqazish uchun tuzilgan shartnomalar, buyruq yoki topshiriqlar asos bo`ladi. Agarda 

ushbu  TMZ  shartnomaga  muvofiq  transportda  iste‘molchilarga  jo`natilsa  tovar 

transport yuk xati to`lqaziladi. 

Sub‘ektlarda material va xom ashyolarni hisobga olish quyidagi dastlabki va yig‘ma 

hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. 




27 

 

Materiallar  bilan  bog‘liq  muomalalarni  yana  quyidagi  hujjatlarda  hisobga 



olinadi: 

M-1.  Keltirilgan  yuklarni  hisobga  olish  jurnali  -  bu  jurnal  sub‘ektning 

buxgalteriyasi  yoki  moddiy  ta‘minot  bo`limida  yuritilib,  unga  xom-ashyo  va 

materiallarning kuzatish hujjatlari — schyot-faktura, yuk xatlar qayd qilib beriladi va 

ayrim ustunda puli to`langanligi to`g‘risida belgi qo`yiladi. 

M-2. Ishonchnoma — ayrim shaxslarga material olish uchun vakillik huquqini 

beradi va sub‘ekt tomonidan bir nusxada yozilib shu shaxsga imzo bilan beriladi va 

muddati 10-15 kunga belgilanadi. 

M-2a. Ishonchnoma — agarda sub‘ekt u yoki bu tashkilotdan doimiy ravishda 

xom-ashyo  yoki  material  olib  tursa  qo`llaniladi  va  ushbu  berilgan  M2b 

ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida qayd qilib boriladi (kimga, qachon va nima 

uchun berildi). 

M-3  va  M-4  kirim  orderlari  -  omborxonaga  tovar-moddiy  zahiralarni  qabul 

qilish uchun omborxona mudiri tomonidan to`lqaziladi. 

M-8 oylik chegaralangan olish kartasi — bitta material uchun. 

M-8a kvadratlik chegaralangan olish kartasi — bir xil materialni uchun. 

M-9 chegaralangan olish kartasi — materiallarning 2-5 turi uchun. 

M-9a  chegaralangan  olish  kartasi  —  bir  xil  mahsulot  uchun  sarflanadigan 

materiallar uchun. 

Yuqorida  qayd  qilingan  sub‘ektlarda  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  xaritasi 

yoki  loyiha  smetasiga  asosan  chegaralangan  olish  kartasi  tuzilib  sex  rahbari 

tomonidan  tasdiqlanadi  va  1-nusxasi  omborxonaga,  2  nusxasi  ishlab  chiqarish 

ob‘ektiga berilib olingan xom ashyo va materiallar qayd qilib boriladi. Xom ashyo va 

materiallar  olib  bo`lingandan  keyin  yopilib  hisobotlar  omborxona  mudirining 

hisoboti va ishlab chiqarish hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi. 

M-10 bir qatorli talabnoma — bitta materialning olinganligi uchun. 

M-10a ogoxdantiruvchi talabnoma — tasdiqlangan me‘yordan ortiqcha olingan 

materiallar uchun. 

M-11 ko`p qatorli talabnoma — har xil materiallarni olish uchun. 



28 

 

Bu  talabnomalar  xam  sex  rahbari  tomonidan  yozilib  tasdiqlangandan  keyin 



omborxonadan olinadi va hisobotlarga ilova qilinib buxgalteriyaga topshiriladi. 

M-12 bir qatorli yuk xati — bitta materialning ombordan omborga yoki sexdan 

sexga o`tkazilishi uchun. 

M-13 ko`p qatorli yuk xati — har xil materiallarning ombordan omborga yoki 

sexdan sexga o`tkazilish uchun. 

Bu  yukxatlar  orqali  materiallarning  sub‘ekt  ichidagi  harakatini  (sarflanishi 

emas) nazorat qilish va hisobga olib borish uchun qo`llaniladi. 

M-14 bir qatorli yuk xati — bitta materialni chetga sotish yoki berish uchun. 

M-15 ko`p qatorli yuk xati — bir nechta materiallarni chetga sotish yoki berish 

uchun. 


Bu yuk xatlari sub‘ektning filiallariga materiallarni berish yoki shartnomalarga 

asosan boshqa shaxslarga sotish uchun qo`llanilib, ikki nusxada tuziladi. 

M-17 omborxonada materiallarni hisobga olish kartasi-omborxonadagi mavjud 

tovar-moddiy  zahiralarining  navi,  miqdori,  bahosi  bo`yicha  harakatini  hisobga  olib 

boradi. 

Bu  kartalarni  omborxona  mudiri  tuzadi  va  yurgazib  boradi  va  ushbu  kartalar 

omborxonadagi materiallar to`qrisida tezkor mu‘lumotlar olish uchun xizmat qiladi. 

M-18  hujjatlarni  qabul  qilib  olish  qaydnomasi  -  ombor  mudiri  tomonidan 

tuzilib unda buxgalteriyaga topshirilgan kirim va chiqim hujjatlari qayd qilinadi. 

M-20  omborxonada  qolgan  materiallarning  jamg‘armasi  -  ma‘lum  davrga 

(asosan oy, kvartal va yil oxirida) omborda mavjud bo`lgan materiallarning qoldig‘i 

ombor kartochkalariga asosan tezkor buxgalteriya hisobi usulida aniqlanadi. 

M-22a  sarflangan  materiallarni  hisobdan  chiqarish  va  materiallar  qoldiqi 

to`qrisida dalolatnoma. 

`M-34  materiallarning  haqiqiy  qoldig‘i  bilan  zahira  me‘yori  o`rtasida  farq 

to`g‘risidagi  ogohlantiruvchi  bildirishnoma.  Bu  bildirishnoma  ombor  mudiri 

tomonidan  M-17  ma‘lumotiga  asosan  to`lqazilib  unda  materiallarning  harakati, 

keraksiz yoki ortiqcha materiallar bo`yicha ma‘lumotlar olinib kelgusi oyda moddiy -




29 

 

texnika  ta‘minoti  (marketing)  bo`limi  xodimlarining  faoliyatini  tartibga  solishga 



yordam beradi. 

TMZ  omborxonalarda  va  buxgalteriyada  hisobini  yuritish  tartibi  "Tovar-

material  zahiralari"  nomli  4-Milliy  stan-dartga  asosan  sub‘ekt  tomonidan 

tasdiqlangan  hisob  siyosatiga  muvofiq  yuritiladi.  Hozirgi  davrga  nisbatan  to`laroq 

javob beradigan usullar bu tezkor - buxgalteriya usuli va miqdor - summa usullaridir. 

Bu  usullarni  qo`llaganda  TMZ  harakati  ustidan  nazorat  ombor  mudirlarining 

ma‘lumotlariga asosan amalga oshiriladi. 

Tezkor-buxgalteriya (saldo) usulining asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir: 

-  buxgalteriya  xodimlari  tomonidan  omborxonadagi  TMZ  harakatini  to`g‘ri  va  o`z 

vaqtida hujjatlashtirishni, omborxonada hisobni yuritishni doimiy va tizimli ravishda 

nazorat qilish, omborxona mudirlarining hisoboti bo`yicha aks ettirilgan qoldiq TMZ 

haqiqatdagi qoldig‘iga to`gri kelishini tekshirish huquqini buxgalterlarga berish; 

-  buxgalteriyada  TMZ  harakatini  faqat  pul  ko`rinishda  tasdikdangan  baholarda, 

guruhlari, joylari va turlari bo`yicha hisobini yuritish; 

-  TMZ  qoldiqlarini  omborxona  hisobi  bilan  buxgalteriya  hisobi  ma‘lumotlarini 

doimiy ravishda taqqoslash yo`li bilan tasdiqlash. 

TMZ  tezkor-buxgalteriya  (saldo)  hisobini  qo`llaganda  omborxonada  ularning 

turlari  va  navlari  faqat  miqdor  ko`rsatkichda  hisobga  olinadi.  Ushbu  hisob  maxsus 

miqdor  -  summa  kartochkasida  (M-12)  yuritiladi.  Ushbu  kartochka  xar  bir  TMZ 

uchun ayrim holda ochilib unda nomi, navi, o`lchov birligi, bahosi, qoldiqi, kirimi va 

chiqimi  ko`rsatilib  boriladi  va  ushbu  kartochkalar  omborxona  mudiriga  tilxat  bilan 

beriladi. 

TMZ  kirimi  jarayonida  tegishli  hujjatga  asosan  omborxona  mudiri  ularni 

maxsus  kartochkalarda  qayd  qiladi.  Sarflash  hujjatlariga  (chegaralangan  -  oluv 

kartasi, talabnoma, yuk xati) asosan ularning chiqimi qayd qilib boriladi. 

Chegaralangan-oluv  kartasidagi  ma‘lumotlar  omborxona  hisobi  kartochkasiga 

ushbu kartadagi xom-ashyo va materiallar (yoki undagi materiallarning bitta turi) olib 

bo`lingandan  keyingina,  lekin  keyingi  oyning  1-kunigacha  o`tkaziladi.  Bu  hollarda 

omborxona  kartochkalari  ushbu  chegaralangan-oluv  kartalari  bilan  birga  saqlanadi. 



30 

 

Ushbu kartochkalardagi qoldiqlar  har  bir muomala  qayd  qilingandan keyin  hisoblab 



chiqiladi.  Omborxona  mudiri  olingan  hujjatlarga  belgilangan  bahoni  qo`yadi  va 

kartochkaga  hujjatning  nomeri,  sanasi,  olingan  xom  ashyo,  material  eki  tovarning 

miqdorini qayd qiladi. 

Buxgalteriya tomonidan belgilangan grafikka asosan belgilangan vaqtda ombor 

mudiri  kirim  va  chiqim  hujjatlarining  ro`yxatini  (M-13)  tuzadi.  Unda  hujjatlarning 

nomerlari,  TMZ  miqdori,  guruhi  va  turlari  ko`rsatiladi.  Material  bo`limining 

buxgalteri  esa  moddiy  javobgar  shaxs  -  omborchidan  ushbu  hujjatlarning  reestrini 

(hisobot)  qabul  qilib  oladi  va  o`zining  imzosi  bilan  tasdiqlaydi.  Shundan  keyingina 

ushbu hisob kartochkalari buxgalteriya qaydnomasi huquqini oladi. 

Har  oyning  1-kuni  holatiga  ombor  mudiri  kartochkalardagi  TMZ  qoldiqini 

"Tovar-material  zahiralarining  qoldiqini  hisoblash qaydnomasi"  (M-14)ga  o`tkazadi. 

Bu qaydnoma xar bir ombor uchun ayrim yurgaziladi va yillik ma‘lumotlar yig‘iladi. 

Ushbu qaydnoma buxgalteriyada saqlanib oyning oxirida ombor mudiriga beriladi, u 

esa ushbu qaydnomani to`lg‘azib, keyingi oyning 1-3 kunlari (tasdiqlangan grafikka 

asosan) buxgalteriyaga topshirishi lozim. Moddiy javobgar shaxs tegishli TMZ turlari 

bo`yicha  haqiqiy  qoldig‘ining  marketing  bo`limi  tomonidan  o`rnatilgan  zahira 

me‘yori va nisbatlariga mos kelishini nazorat qilib borishi lozim. 

TMZning kirimi va u bilan bog‘liq sarflarning majmuasi, ya‘ni uning tannarxi 

quyidagilardan tashkil topgan: 

- oy boshida omborxonada TMZ oy boshiga qoldig‘i, belgilangan bahoda; 

- mol yetkazib beruvchilar jo`natgan TMZ (schyot-fakturada ko`rsatilgan qiymatda); 

- kirim qilingan TMZ olib kelish sarflari; 

- hisobdor shaxslar tomonidan olib kelingan TMZ; 

- hisobdor shaxslar tomonidan to`langan yuklash-tushirish sarflari; 

- yukchilarga hisoblangan mehnat haqi; 

- hisoblangan mehnat xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar; 

- yordamchi ishlab chiqarishda tayyorlangan va omborga topshirilgan TMZ; 

-  asosiy  yordamchi  ishlab  chiqarish  tomonidan  tejalgan  va  omborga  topshirilgan 

materiallar va chiqindilar; 



31 

 

- asosiy vositalarni hisobdan chiqarish natijasida olingan materiallar; 



- yaroqsiz mahsulotni tugatish natijasida olingan materiallar; 

- asosiy ishlab chiqarishdan olingan chiqindilar va tejalgan materiallar. 

Jami.  Kirim qilingan TMZ haqiqiy tannarxi. 

Xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarda qabul qilingan TMZ foydalanish va ishlab chiqarish 

yo`nalishlari  bo`yicha  guruhlashtirish  tartibi  sub‘ektda  sintetik  hisobini  tashkil 

qilishga asos bo`ladi. 

Sub‘ektning  buxgalteriyasi  "Moddiy  qiymatliklarning  harakati"  (pul 

ko`rinishida)  qaydnomasidan  foydalangan  holda  TMZ  harakatini  so`m  ko`rinishida 

hisobga olib boradi. 

Ushbu  qaydnoma  TMZ  butligini  nazorat  qiluvchi,  joylarda 

harakatini  hisobga  oluvchi  asosiy  registr  hisoblanadi.  Ushbu  10-qaydnoma  quyidagi 

tarkibda tuzilgan: 

1-bo`limda — singetik schetlar va guruhlar bo`yicha hisob-reja bahosida va haqiqiy 

tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi; 

2-bo`limda  —  transport-tayyorlov  sarflari  va  materiallarning  guruhlari  bo`yicha 

haqiqiy  tannarxi  bilan  hisob-reja  tannarxi  o`rtasidagi  farqning  summa  va  foiz 

ko`rinishlari; 

3-bo`limda  —  haqiqatda  sarflangan  TMZ  haqiqiy  tannarxini  hisoblash,  ombordan 

jo`natish,  bo`limlarda  sarflanishi,  bo`limlardagi,  markaziy  ombordagi  qoldiqi 

(haqiqiy va hisob-reja tannarxida). 

10-qaydnomani  tuzish  uchun  ma‘lumotlar  omborning  registrlari  va  M-4 

jamg‘arma qaydnomasidan olinadi.  

10-qaydnomaning 

3-bo`limida 

buxgalteriya 

hisobining 

muhim 

ko`rsatkichlaridan  biri  bo‘lmish  sarflangan  TMZ  haqiqiy  tannarxi,  ularning  haqiqiy 



sarfi,  materiallar  guruhi  bo`yicha  oy  oxiridagi  qoldig‘i  to`g‘risidagi  balans 

moddalarini to`lg‘azish uchun zarur ma‘lumotlar keltiriladi. 

Endi  tovar  moddiy  zahiralarni  hiobga  olishning  buxgalterik  uslubi  haqida 

to‘xtalsak. Avvalo, shuni qayd  qilish  kerakki,  TMZlarni  hisobga  olishning 

buxgalterlik  uslubini  tovar-moddiy  boyliklar  soni  uncha  ko‘p  bo‘lmagan 

korxonalarda qo‘llanish tavsiya qilinadi. 




32 

 

Materiallarning  tayinlanishi  va  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanishini 



turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘gri tashkil 

etish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Materiallarning  har  bir  guruhi  tegishli 

schyotlarda  hisobga  olinadi.  Bu  1000-  «Materiallar»  sintetik  schyot  bo‘yicha 

ochilgan  ikkinchi  tartibli  schyotlarda  ularning  analitik  hisob  ma‘lumotlari  bo‘yicha 

to‘liq ma‘lumotlar hisobga olinadi. 

Bunday   uslub qo‘llanilganida  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ekt  buxgalteriyasida 

subschyotlar razryadida (1010) ishlab chiqarish zahiralarining   har  bir    turi  uchun 

son-miqdorli  hisob-kitob varaqalari  ochiladi.  Buxgalter 

ushbu 

varaqalarda 



ombordan  kelib  tushgan  dastlabki asoslovchi  hujjatlar (kirim orderlari, TMZlarni 

qabul  qilib  olish  dalolatnomalar,  yuk  xati  talabnomalari  va  boshqalar)  ning 

ma‘lumotlari  asosida    moddiy    boyliklar    xarajati    (saldo,  kirim,  chiqim)  ni  aks  

ettiradi. Shunday  qilib,  ombordagi  hisob-kitob  varaqalaridagi  axborot  keyinchalik 

moddiy  javobgar   shaxslarga  doir  tovar-moddiy  boyliklarning  sintetik schyoti 

(1010) ning  har  biri  uchun 

 alohida  ochiladigan  

analitik  (son-miqdorli) 

aylanish vedmostlariga ko‘chiriladi. Materiallarning ombor (M-12 

shakli) 


va 

buxgalterlik hisob-kitobi (son-miqdorli) varaqalarida operatsiyalarni  aks 

ettirish 

to‘g‘riligi  va  to‘liqligini  tekshirish  maqsadida  har  oyda  moddiy  boyliklarning  har 

bir  turi  bo‘yicha  ularning natural  ko‘rsatkichlarini 

quyidagi 

pozitsiyalar 

yuzasidan  

taqqoslash o‘tkaziladi: Oy boshidan  

saldo,   oydagi 

kirim 

va 


chiqim 

bo‘yicha  aylanishlar,  oy  oxiridadagi  saldo.  Bu  ko‘rsatkichlar  ombor  va 

buxgalteriya  varaqlarda  bir  x il  bo‘lishi  lozim,  chunki  kirim  va  chiqim  bo‘yicha 

barcha  operatsiyalar  bir  xildagi  dastlabki  hujjatlar  ma‘lumotlari  asosida  ro‘yxatga 

olinadi. Agar   nomuvofiqlik aniqlansa, analitik hisob-kitobda yo‘l  qo‘yilgan  xatoni  

topish  va  bartaraf  qilish  kerak.  Shuningdek,  aylanish vedomostlarining  yakuniy 

ma‘lumotlari  ham  bosh  daftarga  yoki  nazorat  jurnalida  qayd    qilingan    1010  

schyotdagi    aylanishlar    va   qoldiqlar   bilan taqqoslab  chiqilishi  kerak:  ular  ham 

bir  x ilda  bo‘lishi  lozim.  Tafovutlar  bo‘lishi  sintetik  hisob-kitobda  xatoga  yo‘l 

qo‘yilganidan dalolat beradi. 

Ishlab  chiqarishga  xom-ashyo  va  materiallar  kiritilishi  har  uchala  usulda  ham 



33 

 

bir  xil  rasmiylashtiriladi.  Bunda  quyidagicha  xo‘jalik  o‘tkazmalari  amalga 



oshiriladi:

3  


1.

 

To‘g‘ri  material  xarajatlari  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ish  bajarish  va 



xizmat ko‘rsatishga hisobdan chiqarildi: 

Dt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖ 

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 

2.

 



Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: 

Dt 2310 ―Yordamchi ishlab chiqarish‖ 

 Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 

3.

 



Umumishlabchiqarish maqsadlarida materiallar sarflandi: 

Dt 2510 ―Umumishlab chiqarish‖ 

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 

4.

 



Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: 

Dt 2710 ―Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar‖ 

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 

5.

 



Materiallarning  asosiy  ishlab  chiqarishdan  qaytarilishi,  o‘zida  ishlab 

chiqarilgan materiallar, shuningdek qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishi: 

Dt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 

Kt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖ 

Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta‘minlashda korxonada 

ta‘minot  bo‘limini  tashkil  etish,  shuningdek,  ombor  va  torozi  o‘lchov  xo‘jaligining 

holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruqda har 

bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli 

barcha  hujjatlarda  ko‘rsatiladi.  Хo‘jalikda  bir  necha  omborda  ma‘lum  guruh 

materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-

36-shakl) yopishtirib qo‘yiladi. Omborlar to‘g‘ri torozi o‘lchov buyumlari va o‘lchov 

idishlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak.

 

 

                                                           

3

 “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo’’ash bo’yicha 



yo’riqnoma (21-sonli BHMS)” 


34 

 


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish