Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri moliyaviy rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyt deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi subyektlar va xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin.
Moliyaviy bashoratlash nima
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo’lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko’ra bilish va moliyaviy rejalarning ko’rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi.
O’rta muddatli ( 5-10 yillik)
uzoq muddatli ( 10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbaalari av ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliyaviy tizim organlariga moliyaviy tizimni rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashni imkonini beradi
Moliyaviy bashoratlash.
Shu ma’noda moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliyaviy tizimning barcha subyektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishning turli ssenariylari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash
Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo’llanilishini taqozo etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat.
Iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda moliyaviy reja ko’rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni yaratish;
Korrelyatsion-regression tahlil;
Bevosita ekspertlash metodi.
Moliyaviy bashoratlash
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bo’lishini ko’zda tutadi:
Yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash ( o’rnatish);
Davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
Muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to’xtatish.
Moliyaviy bashoratlash
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog’liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zaxiralarning xajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial yo’qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddatli maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhum metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy bashoratlash
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o’tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelingan. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o’zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko’rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o’zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko’rsatkichlar besh yillik shkala bo’yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keying yilga) ko’chiriladi. Oldinda turgan birinchi yilning reja ko’rsatkichlari direktiv (majburiy), keying to’rt yillik ko’rsatkichlar esa mo’ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Moliyaviy bashoratlash.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo’yicha balnslikka yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo’jalik vzboshqa tadbirlar tizimidan iborat bo’lgan maqsadlo kompleksli dasturlardan keng foydalanilmoqda.