Xulosa va takliflar
Moliyaviy menejment-biznesni, sug‘urta tashkilotlarining ishbilarmonlik
faoliyatini
boshqarishdir.
Tadbirkorlik
bozor
iqtisodiyotining
asosiy
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. SHuning uchun biznesni boshqarishning
menejment asoslari butun jamiyat uchun muhim ahmiyat kasb etadi.
Moliyaviy menejmentda bosh vazifa bo‘lib, u quyidagidan iborat: qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun kishilar kuchi va ishtiyoqi hamda sug‘urta tashkilotlari
imkoniyatlarini jalb etishdan iborat.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmeti orqali:
-
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari;
-
sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik majburiyatlari;
-
sug‘urta tashkilotlarining xarajatlari boshqariladi.
Moliyaviy resurslar - sug‘urta tashkilotlari ixtiyoridagi pul
mablaglari bulib, ular joriy xarajatlar va sug‘urta xizmatlarini
rivojlantirish
uchun
xizmat
kiladi.Bundan
tashkari
sug‘urta
tashkilotlarining
moliyaviy
resurslari
moliyaviy
majburiyatlarni
bajarish va ishchilarning iktisodiy axvoli barkarorligini ta’minlash
uchun ishlatiladi.Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy kapitali uning
aktivlarini shakllantirishga quyilgan qiymat hisoblandi.
Moliyaviy resurslarni shakllantirish bir kator manbalar xisobidan
amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari
asosan ikkita yirik manbaadan tashkil topadi:
-xususiy mablag‘lar;
-jalb qilingan mablag‘lar kiradi.
Xususiy mablag‘larga:
-
ustav kapitali;
-
taqsimlanmagan foyda.
Jalb qilingan mablag‘larga:
-kreditorlik qarzlari;
-sug‘urta zaxiralari.
50
Sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida bo‘ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari
va nazorat tashkilotlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda to‘lovlar bo‘yicha
kechiktirilgan vaqt bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo‘ladi. Bunda
sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik
majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar
hisoblanadi. Qarshi tomonga to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik
majburiyatlari hisoblansa, qarshi tomondan olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar
debitorlik majburiyatlari deyiladi.
Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlariga:
-sug‘urta xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek sug‘urta
qoplamasini to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
-ish yuritish xarajatlari kiradi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentini rivojlantirish maqsadida
quyidagilarni amalga oshirish taklif qilinadi:
1.sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan ustav kapitalini minimal miqdorini oshirish;
2. sug‘urta tashkilotlarining haqiqatdagi ustav kapitali miqdorini oshirish
uchun respublika “Toshkent” birjasida sug‘urta tashkilotlari tomonidan
qo‘shimcha aksiyalar emissiyasini amalga oshirish yo‘li bilan qo‘shimcha
moliyaviy resurslarni jalb qilish;
3.sug‘urta tashkilotlarining yil faoliyati natijasida olingan daromadlarining
dividend sifatida ajratilgan qismini ustav kpiatlini oshirishga yo‘naltirish;
4. sug‘urta tashkilotlarining ixtiyorida qoluvchi taqsimlanmagan foydani
to‘liqligicha sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga
yo‘naltirish.
Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini boshqarish borasida ham ayrim
kamchiliklar va muammolar mavjud. Ayrim sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
faolitida raxbar xodimlarinig xizmat avtomobillarini saqlash xarajatlari nisbatan
kattaligi va reklamma xarajatlarinig nisbatan pastligi ko‘zga tashlanadi. Bunday
holatlarda sug‘urta tashkilotlarining xarajatlar tarkibini optimallashtirishni talab
51
qiladi. Sug‘urta tashkilotlarining ayrim xarajatlarini qisqartirib bo‘lmaydi.
Masalan. Sug‘urta tashkilotlarining zararlarni koplab berish bo‘yicha xarajatlari,
minimal ish haqi xarajatlari va shu kabi boshqa xarajatlarni qisqartirishni
imkoniyati mavjud emas. Ammo boshqaruv bilan bog‘liq ayrim xarajatlarni
qisqartirsa bo‘ladi.
Sug‘urta tashkilotlarining rahbar xodimlarining engil avtomobillarini saqlash
xarajatlarini qisqartirish lozim bo‘ladi. Ortiqcha avtomobillarni sotish zarur.
Sug‘urta tashkilotlarining raxbar xodimlarini engil avtomobillarini saqlash
xarajatlarini iqtisod qilish hisobiga yig‘ilgan moliyaviy resurslarini quyidagi
maqsadlarga sarflash taklif qilinadi:
1.sug‘urta faoliyatini fuqarolar o‘rtasida ommaviylashtirish, sug‘urta
tashkilotlari tmonidan ko‘rsatilayotgan, shuningdek yangidan ishlab chiqarilgan
sug‘urta mahsulotlarini reklamma qilish, sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
bozoridagi nufuzini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
xizmatlarini va ularning firma nomlarini keng miqiyosda reklamma qilish
maqsadida reklamma xarajatlarini oirish;
2.sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini kamaytirish
maqsadida sug‘urta hodisalarini oldini olish bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlar
miqdorini oshirish, ya’ni oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha tashkil qilinuvchi
jamg‘armaga qilinuvchi ajratma miqdorini oshirish;
3.sug‘urta agentlariga kamission haq sifatida to‘lanuvchi xarajatlar
miqdorini oshirish zarur. Sug‘urta agentlari uchun to‘lanadigan komission haq
maksimal meyorini 25% dan 40% ga o‘zgartish zarur. Sug‘urta
vositachilariga to‘lanuvchi komission haqning miqdorini oshirish ularda sug‘urta
shartnomalarini tuzishga va ularni sifatli bajarishga ko‘mak berishga moddiy
manfaatdorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi. Bu esa sug‘urta bozorini
rivojlanishiga olib keladi.
YUqorida oldinga surilgan takliflarni amalga tadbiq qilinishi sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejment faoliyatini samarasini oshishga imkon
beradi.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |