“Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan etishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur tadqiq etish ishiga xizmat qiladi.
Yurtimizdan etishib chiqqan islom olami mutafakkirlari asarlarini, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan bebaho hissasini chuqur o’rganish, dunyoning barcha xalqlariga islom dinining haqiqiy mohiyatini etkazish uchun Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”15gi qarori qabul qilindi.
2018-yil 16-aprelda imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”16gi Farmoniga muvofiq Toshkent islom univer-siteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
Mazkur Farmonda “islom va jahon tsivilizatsiya-siga bebaho hissa qo’shgan ajdodlarimizning boy madaniy mero-sini chuqur o’rganish asosida yoshlarning ongu tafakku-rini shakllantirish” diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi (ta’kid bizniki), xalqaro munosabatlar xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo’lgan sohalar bo’yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanishi” ham qayd etildi.
2017-yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala sohasidagi o’ta muhim hujjatga qo’l qo’ydi17, unga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi.
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazi-falari ichida ajdodlarimiz merosini o’rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan:
islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur o’rganish va keng targ’ib etish;
yuksak insoniy g’oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o’zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o’quv qo’llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish.
2017-yilda bu borada yana o’ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq18 Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Mazkur Markaz zimmasiga juda katta vazifalar yuklangan, jumladan:
islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom
Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin
Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiyma’naviy jasorati, ulug’ insoniy fazilatlarini keng targ’ib qilish;
Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod,
Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish.
Bunday sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy merosini chuqur tadqiq etish, jumladan, ular-ning moliya fanining shallanishi va rivojlanishi jarayon-lariga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganishga xizmat qilishi shubhasiz. Mazkur tadbirlarning eng muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom iqtisodiyoti va moliyasini o’rganish bugun mamlakatimizda davlat darajasidagi muhim vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uni hal etish bugun fan olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlari-miz zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz ajdodlarimizning buyuk merosini o’rganish va shu yo’l bilan tarixiy adolatni tiklash ishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishadi, deb umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |