11-mavzu. Moliyaviy hisobot funksiyalari va ularning turlari
Reja:
Moliyaviy hisobot funksiyalari
Moliyaviy hisobot turlari
Moliyaviy hisobot funksiyalari
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (11.1-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliya-viy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Moliyaviy hisobotlar funktsiyalari
Firmaning egalari va
|
|
Firma egalari va
|
|
|
kreditorlariga
|
|
kreditorlariga
|
|
Qulay shablon-
|
firmaning joriy
|
|
kompaniya faoliyati
|
|
|
|
modellar tuzish va
|
moliyaviy ahvoli
|
|
samaradorligining
|
|
|
|
ulardan moliyaviy
|
hamda o’tgan davrda
|
|
asosiy reja ko’rsat-
|
|
|
|
rejalashtirish
|
uning faoliyati
|
|
kichlarini aniqlash va
|
|
|
|
jarayonida foydalanish
|
qanchalik samarali
|
|
menejerlar fao-liyatini
|
|
|
|
|
bo’lgani to’g’risida
|
|
tartibga solish
|
|
|
ma’lumot berish
|
|
imkonini berish
|
|
|
|
|
|
|
|
11.1-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy
84
hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor shaxslarni kompaniya faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi kompaniya samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromad-liligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risida dastlabki hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki, ular bilan ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |