2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish
joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning Senati tomonidan tasdiqlanadi.
73 “Inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi shart” deganda nima nazarda tutilayapti? Ana shu so‘zlar birikmasiga nisbatan mulohazalaringiz nimalardan iborat?
81
zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |