Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi



Download 5,79 Mb.
bet3/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi

“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:





      • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?




      • Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.




      • o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi?

Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?





      • O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?




      • Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?

Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.


“Zamonaviy moliya” (fani)2ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi betdagi 1.1-rasmga qarang):


Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:



    • o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;

    • biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;

    • qiziqarli va daromadli karera qilish;

    • mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul




  1. Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356.




  1. Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va «Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin.

6
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;



  • dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.

Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish