Moliya vazirligi, uning moliyani boshqarishdagi vazifalari, huquq va majburiyatlari



Download 114,74 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi114,74 Kb.
#653666
Bog'liq
Salomov Otabek moliya mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYA VAZIRLIGI, UNING MOLIYANI BOSHQARISHDAGI VAZIFALARI, HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi —Oʻzbekistonda moliya sohasida boshqaruv organidir.

Turi

moliya, iqtisod

Maqomi

amalda

Ishga tushgan sanasi

1991

Joylashuvi

Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 6

Hududiy hizmati

 Oʻzbekiston

Vazir

Timur Ishmetov

Bosh mahkamasi

Vazirlik

Vebsayti

mf.uz

Til(lar)i

Oʻzbek tili, Rus tili

Hamkor tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Oʻzbekiston Respublkasi Moliya
vazirligi
  • 1991-1996 — Erkin Boqiboyev
  • 1996-1998 — Baxtiyor Hamidov
  • 1998-2000 — Rustam Azimov
  • 2000-2004 — Mamarizo Nurmurodov
  • 2004-2005 — Saidahmad Rahimov
  • 2005-2016 — Rustam Azimov
  • 2016-2017 — Botir Xoʻjayev
  • 2017-2020 — Jamshid Qoʻchqorov
  • 2020- Timur Ishmetov

VAZIRLAR
VAZIRLIKNING FUNKSIYALARI
  • Respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;
  • Respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya- byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi, moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;

  • Respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablagʻ bilan taʼminlashni va byudjet mablagʻlari hisobidan roʻyobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika byudjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
  • Joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
  • Xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • Vazirlik auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi va auditorlik sertifikatini taqdim etadi. Tashkilot saytida auditorlik faoliyatiga oid maʼlumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtiriladi;

VAZIRLIKNING VAZIFALARI
  • Moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
  • Respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
  • Rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
  • Moliya va narx mexanizmining aksil xarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish;
  • Moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablagʻ bilan taʼminlash usullarini takomillashtirish;
  • Sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish.

VAZIRLIK HUZURIDAGI TASHKILOTLAR
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
  • Respublika yoʻl jamgʻarmasi
  • Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi
  • Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi
  • Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
  • Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
  • Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
  • Oʻquv markazi
  • Axborot-hisoblash markazi
  • Fonon ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi

Download 114,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish