Sh.Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov
«Kafolat» advokatlik firmasi boshqaruvchisiga
Sh.Rashidov tumani hokimligi Sizning 2021 yil 31 maydagi № 05/86 sonli xatingizga javoban shuni ma’lum qiladi-ki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 20 iyundagi 137- sonli « Advokatlar tomonidan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to’lash mexanizmini takomillashtirish chora–tadbirlari to’g’risida»gi qarorning 2-bandida « Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko’rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmasi tegishli moliya organiga murojaat qilgandan keyin o’ttiz kundan kechikmay Moliya vazirligining qaror (ajrim) chiqargan organ joylashgan joyidagi Gaznachiligi hududiy bo’linmasi orqali haq to’lanishini ta’minlash» deb belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qaroriga asosan Sizning tashkilotingiz ko’rsatgan yuridik yordam uchun mablag‘ yuqoridagi keltirilgan muddatda hisob raqamingizga o’tkazib berilishini ma’lum qilamiz.
Sh.Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov
Zomin tumani «Dashtobod Mahsus qurilish ta’mir» MCHJ rahbari Z.Primqulovga
Sharof Rashidov tuman hokimligi moliya bo’limi , Sizning 2021 yil 11 maydagi 2021 yil 7 aprel kuni №7098609-sonli lot raqami bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovdagi ishtirokingizda Sharof Rashidov tuman Maktabgacha Ta’lim Bo‘limiga qarashli №11-son maktabgacha ta’lim binosini joriy ta’mirlash ishlari uchun xarid komissiyasining hatti-harakatidan norozi b‘olib yuborilgan murojaatingiz atroflicha o‘rganilib chiqildi.
Bunga ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qununning 19-moddasi talablariga ko‘ra, xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati xarid komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi hamda xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning asosliligi va beg‘arazligi uchun javobgar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Qununning 73-moddasida maxsus axborot portali operatori tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali ko‘rib chiqish maqsadida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanishi, har bir ishtirokchi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar davlat buyurtmachisining, vakolatli organning, xarid komissiyasining, uning a’zolarining, maxsus axborot portali operatorining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa, sud tartibida yoki ushbu bobda belgilangan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga shikoyat qilish huquqiga egaligi qayd qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xarid komissiyasi hatti-harakati yuzasidan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga yoki sudga murojaat qilishingizni maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |