(Ilova ikki varoqda)
Sh.Rashidov tumani hokimligi
moliya bo’limi mudiri v.b: I.Nazarov
bajardi: Z.Abdunazarova
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani
Prokurori adliya maslahatchisi A.Sattorovga
I L T I M O S N O M A
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman hokimligi moliya bo’limi sizga shuni yozib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 15 fevraldagi 2974-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha” qoidalarni 11-ilovasida keltirilgan jadval bo‘yicha, tasarrufida 10 tadan 50 tagacha tashkilot bo‘lgan tashkilotlar hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar topshirishlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabrdagi 157-sonli buyrug‘iga binoan mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli topshirish bo’yicha zaruriy barcha chora tadbirlarni amalga oshirish tashkilotning raxbari zimmasiga yuklatilganligi ko’rsatilgan.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi har chorakda harajatlar smetasini ijrosi bo‘yicha tegishli hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuman moliya bo‘limiga taqdim etishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Ogohlantirish olganiga qaramasdan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi surunkali ravishda hisobotlarni juda kech taqdim qilganligi sababli, tuman mahalliy byudjet ijrosi bo’yicha xisobatlar Moliya boshqarmasiga belgilangan muddatlarda taqdim etilmadi va ko’plab e’tirozlarga sabab bo’ldi.
Bundan tashqari Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining 2020 yil 30-dekabrdagi “Sharof Rashidov tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’g’risida”gi 15/03-sonli qarori ijrosi yuzasidan moliya bo’limining 2021-yillning 1-fevraldagi 01-20-212/08-03-32/13-sonli xati orqali ajratilgan mablag’larni to’g’ri rejalashtirgan xolda taqsimlashni unga ko’ra ajratilgan mablag’larni birinchi navbatda kommunal xizmatlariga keyin tashkilotning boshqa zaruriy xarajatlariga to’g’ri taqsimlangan xolda rejalashtirish kerakligi ma’lum qilingan. Unga ko’ra 2020 yil haqiqiy xarajatlarin hisobga olgan holda 2021 yil uchun oyma-oy istemol qilinadigan elektr energiya va tabiiy gaz sarfi uchun zarur mablag’larni to’gri taqsimlanishi kerak edi. Ammo ma’sul shaxslarining e’tiborsizligi natijasida 2021 yil 1 aprel holatiga tuman Maktabgacha ta’lim bo’liming tabiiy gazdan 56232.5 ming.so’m kreditor qarzdorlik yuzaga kelgan bo’lsada ushbu qarzdorlikni yuzaga kelish sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo’yicha tashkilot tomonidan hech qanday ishlar amalga oshirilmagan.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan holatlar bo’yicha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani maktabgacha ta’lim bo’limi rahbariga nisbatan Sharof Rashidov ma’muriy sudga da’vo kiritilishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman adliya bo’limiga chora ko’rish bo’yicha yuborilgan hati ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |