4.Moliya Vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish doirasida davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etilgan. G‘aznachilikning joriy etilishi byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda xarajatlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va pul oqimlarini samarli boshqarish imkonini bermoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, byudjetning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda5.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bu – hisob va axborot texnologiyalari tizimiga asoslangan davlat byudjeti xarajatlariga moliyaviy resurslarni yetarli bo‘lishini ta’minlash hamda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari hisobi olib borilishi borasidagi iqtisodiy munosabatlardir. Byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi. Byudjet jarayonining axborot oqimlari oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qilgani holda, ularni soddalashtirilgan tarzda qayta ishlash va avtomatlashtirish uchun bir tizimga solish va tartibga keltirish talab etiladi. Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan bu muammoning muhim ijtimoiyiqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan va maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu axborotlarni tezlik bilan qayta ishlash uchun mo’ljallangan iqtisodiy-matematik metodlar, modellar, dasturlar va texnologik vositalar yig’indisidir.
“Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi qoidalari” joriy qilinishi asosida tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo’ljallangan axborot tizimi — «O’RMV» AT Davlat byudjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag’larni turli darajali byudjetlar o’rtasida taqsimlab berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi va xarajatlarni amalga oshirilishida g’aznachilik organlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish yoki ma’lumot almashishda ahamiyatga ega tizim sifatida joriy etildi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarnng tegishli hujjatlarini elektron qabul qilish va ma’lumotlarni almashishda byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks
avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy majmua — «UzASBO» DM joriy etilgan. «O’RMV» AT majmuaviy dasturining turli modullari orasida tegishli
informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo mexanizmlar yordamida
amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar paketning o’zak qismida hamda modul tizimining alohida sozlash tizimlarida joylashtirilgan.
Modul paketining o’zak qismi normativ-spravochnik tipidagi informativ blokka ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar klassifikatori, G’aznachilik hamda bank bo’linmalari haqidagi spravochniklarda saqlab qo’yiladi. Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat byudjetiga kelib tushadigan soliq to’lovlari va boshqa xil majburiy to’lovlarning turlari va ularning qaysi byudjet bo’g’iniga tushirilishi lozimligiga qarab ro’yxatga olib borish, belgilab qo’yilgan normativlarga muvofiq turli darajali byudjetlarga tushiriladigan mablag’larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar olish, yagona g’azna hisobraqami (YaG’HR)ga tushayotgan mablag’lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni jamlash, byudjetga kundalik kelib tushgan soliq to’lovlari va ularning taqsimoti haqida ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo’ladi.
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari moddalar bo’yicha amalga oshirilgan kassa operatsiyalariga asoslanib “Bosh kitob” deb nomlangan modul
tomonidan G’aznachilikda yuritiladigan Bosh kitobda qayd etilishi uchun alohida ma’lumot tayyorlanadi. Bu xildagi ma’lumotlar har kuni kun davomida muntazam
ravishda G’aznachilikka yuborib turiladi. G’aznachilik tarkibiga kiruvchi barcha bo’linmalardan kerakli ma’lumotlarni yig’ib olganidan keyin har kun davomida bir marotabadan jamlangan ma’lumotlar Bosh kitobda qayd etiladi va bajarilgan ishlar asosida joylarga tasdiqlangan ma’lumotlar yuboriladi. Yaratilgan modul kommunikatsiya tizimidagi aloqalar nisbatan yomon ishlaganida, G’aznachilikning hududiy bo’linmalaridan yuboriladigan ma’lumotlarning kelishi nisbatan sust kechganida ham bir maromda ishlab turishga qodir.
G’aznachilikning har bir hududiy bo’linmasidan keladigan, u yerda amalga oshirilgan kassa operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib hisobotlarni
generatsiyalovchi alohida modul yordamida har xil hisobotlar (byudjetning
daromad qismiga kelib tushgan tushumlar, daromadlarning turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi, byudjetning xarajat qismi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar, byudjetdan xarajatlari amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, har qanday yig’ma va konsolidatsiyalangan hisobotlar) tayyorlash imkoniyati bo’ladi. Tadbiq etilayotgan informatsion tizim yuqorida aytib o’tilgan asosiy funktsiyalardan tashqari, byudjetdan xarajatlari amalga oshiriladigan tashkilotlarga byudjetdan tashqari manbalardan ajratib beriladigan mablag’larning qabul qilinishi va sarflanishi haqidagi to’liq ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisobga olib keyinchalik nazorat qilib borishga imkoniyat yaratib beradi. Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag’larini shakllantirish va
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
“O’zASBO” Kompyuter dasturi byudjet tashkilotlariga bepullik asosida amalga oshiriladi.
-“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha Yo’riqnoma”ning va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarning talablariga to’liq muvofiqlikni ta’minlaydi;
-Moliya vazirligining ma’lumotlar markazida byudjet tashkilotlari ma’lumotlarining markazlashtirilgan tarzda saqlanishi va yuqori ishonchliligini ta’minlaydi;
-“G’aznachilik-4” Kompyuter dasturi va boshqa mavjud kompyuter dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi;
-Moliya vazirligi va moliya organlari bilan o’zaro ta’sirlashuv asosida byudjet tashkilotlari mablag’larini jiddiy tejaydi;
-byudjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, ular Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “O’zASBO” KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy maydonchasidan foydalanish mumkin. «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini «UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi.. YuMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO»
DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan
holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuboradi. Buyurtmachilarning «UzASBO» DM
orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish
asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki
hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan
holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Byudjet tashkilotlari va Moliya Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro integrasiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati yo’lga qo’yilgan: «Byudjet» ATM, shu jumladan byudjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi «UzASBO» dasturiy majmuasi, davlat byudjetining g’azna ijrosini ta’minlash bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. Hozirgi vaqtda «Byudjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari (qariyb 4500 foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000 dan ziyod byudjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o’rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi 2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» DTI «Byudjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo’llab-quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv-simulyatsiya dasturi” yaratildi. 2015-yilning 24-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi.
Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchunnazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi. Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv-simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham ishlab chiqilib, hozirgi kunda amalga oshirilgan va barcha byudjet tashkilotlarida foydalanib kelinmoqda.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Byudjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi.
Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida byudjetning g’azna ijrosiga o’tilishi shuningdek, byudjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon
andozalari va xalqaro byudjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezonlari
asosida davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning
joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka
asoslangan byudjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi byudjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo'yadi. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini – davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish doirasida davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etilgan. G‘aznachilikning joriy etilishi byudjet daromadalrining to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda xarajatlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va pul oqimlarini samarli boshqarish imkonini bermoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab
qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, byudjetning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida davlat moliyasini boshqarishga oid isloxotlarga mos g‘aznachilik tizimini rivojlantirib borishni talab etmoqda.
Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor
mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat
a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki,
ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik
turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini iqtisodiyijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda qo’llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjetining g’azna ijrosidir. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi tajribasini O’zbekistonda joriy etish va rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Ana shu holatlarning mavjudligi, shuningdek, davlat moliyasini boshqarishning mohiyat jihatdan yangi –byudjetning g’azna ijrosi mexanizimini joriy etish shart-sharoitlari, imkoniyatlari, afzalliklarini, g’aznachilikning ishlash mexanizmlarini o’rganishning zarurligi sababli biz tanishuv amaliyotida bo’ldik.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri –mamlakatda davlat byudjeti g’azna ijrosi mexanizmini joriy qilishdan iborat.
“Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi davlat mablag’larini taqsimlash va
ulardan foydalanishni tartibga solishda navbatdagi muhim qadam bo’ldi. G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to’liq va
o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag’larining maqsadli
sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |